Abduxalikova Nigora Faxriddinovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «O‘simlik fotosensibilizatorlarining yallig‘lanish proliferatsiya bosqichiga stimullovchi ta’sirining patogenetik aspektlari», 14.00.16 – Normal va patologik fiziologiya (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2021.1.PhD/Tib1715.
Ilmiy rahbar: Iriskulov Baxtiyar Uktyamovich, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent tibbiyot akademiyasi.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Toshkent tibbiyot akademiyasi, DSc.04/30.12.2019.Tib.30.03.
Rasmiy opponentlar: Zokirov Yorkin Uzuevich, tibbiyot fanlari doktori, professor; Sharipova Pastumiya Anvarovna, tibbiyot fanlari nomzodi, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Samarqand davlat tibbiyot universiteti.
II. Tadqiqotning maqsadi: o‘simlik fotosensibilizatori psoralenni yangi suvda eruvchi shaklining yallig‘lanish proliferatsiya bosqichiga ta’sirining patogenetik mexanizmlarini baholashni takomillashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
yallig‘lanishning proliferativ bosqichida ilk marotaba davolash maqsadida qo‘llanilgan fotodinamik terapiyada mahalliy psoralenning suvda eruvchi shaklidan foydalanilgan va uning samaradorligi isbotlangan;
tajribaviy tadqiqotda psoralenning suvda eruvchi shakli bilan olib borilgan fotodinamik terapiya qo‘llangan guruhlarda periferik qon ko‘rsatkichlari normal ko‘rsatkichlarga eng yaqinligi aniqlangan;
o‘simlik fotosensibilizatori psoralen moddasining suvda eruvchi shaklining gepatotoksik xususiyatlari qon biokimyoviy tahlillarida isbotlangan;
psoralen moddasining suvda eruvchi shaklini fotodinamik terapiyada qo‘llash mahalliy yallig‘lanish o‘chog‘ida zich biriktiruvchi to‘qima elementlari proliferativ faolligini kamaytirishi va bu jarayon qonda transformatsiyalovchi o‘sish omili β1 miqdorining ortishi bilan birga kechishi isbotlangan;
yallig‘lanishning proliferativ bosqichida psoralen ni turli sxemalarda qo‘llashning gepatotsit mitoxondrial membrana strukturalariga, jumladan, yuqori o‘tkazuvchan megapora va mitoK+ATF-kanal faoliyatiga ta’siri aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Toshkent tibbiyot akademiyasi ekspert kengashining 2023 yil 20 iyundagi 06/009-son xulosasiga ko‘ra (ilmiy yangilikni boshqa sog‘liqni saqlash muassasalariga joriy etish bo‘yicha Toshkent tibbiyot akademiyasi ekspert kengashining 2023 yil 14 iyuldagi 09-05682-sonli xati Sog‘liqni saqlash vazirligiga taqdim etilgan):
birinchi ilmiy yangilik: yallig‘lanishning proliferativ bosqichida ilk marotaba davolash maqsadida qo‘llanilgan fotodinamik terapiyada mahalliy psoralenning suvda eruvchi shaklidan foydalanish va uning samaradorligi Toshkent farmatsevtika institut “Koordinatsion birikmalar va biologik faol moddalarni farmako-toksikologik tahlil” ilmiy tadqiqot laboratoriyasi bo‘yicha (13.06.2023 y.; № 321) hamda Toshkent pediatriya tibbiyot instituti Markaziy ilmiy tadqiqot laboratoriyasi bo‘yicha (08.06.2023 y.; № 18/1070) buyruq bilan amaliyotiga joriy etilgan. Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi quyidagilardan iborat: eksperimental tadqiqotda mahalliy psoralen moddasining suvda eruvchi shaklining fotodinamik terapiyada samaradorligi isbotlanishi amaliy klinik tadqiqotlar uchun asos vazifasini bajaradi. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi quyidagilardan iborat: eksperimental tadqiqotda fotodinamik terapiyada qo‘llangan mahalliy psoralen moddasining suvda eruvchi shaklinining klinik amaliyotga tadbiq etilishi turli genezli yallig‘lanish bilan kechuvchi kasalliklarda davolash samaradorligini oshirishi va davolanish vaqtini qisqartirishi bilan izohlanadi. Xulosa: tajribada mahalliy o‘simliklardan olingan psoralen moddasini fotodinamik terapiyada qo‘llaganda yallig‘lanishga qarshi samaradorligi isbotlanib, psoralen moddasining yangi shaklini klinik amaliyotga tadbiq etilishi fotodinamik terapiya olib boriladigan bemorlarning davolanish mablag‘larini iqtisod qilish imkonini beradi;
ikkinchi ilmiy yangilik: tajribaviy tadqiqotda psoralenning suvda eruvchi shakli bilan olib borilgan fotodinamik terapiya qo‘llangan guruhlarda periferik qon ko‘rsatkichlari normal ko‘rsatkichlarga eng yaqinligi aniqlangani Toshkent farmatsevtika institut “Koordinatsion birikmalar va biologik faol moddalarni farmako-toksikologik tahlil” ilmiy tadqiqot laboratoriyasi bo‘yicha (13.06.2023 y.; № 321) hamda Toshkent pediatriya tibbiyot instituti Markaziy ilmiy tadqiqot laboratoriyasi bo‘yicha (08.06.2023 y.; № 18/1070) buyruq bilan amaliyotiga joriy etilgan. Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi quyidagilardan iborat: olingan natijalar o‘simlik fotosensibilizatori psoralen ning yangi suvda eruvchi shaklining yallig‘lanish jarayonlari patogeneziga ijobiy ta’siridan dalolat beradi va davolash samarasini oshirish uchun asos vazifasini bajaradi hamda mamlakatimizda yangi mahalliy fotosensibilizatsiyalovchi dori vositalarining arsenali kengayishi davolash uchun al`ternativ, rezerv vosita bo‘lib xizmat qiladi. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi quyidagilardan iborat: tajribada yallig‘lanish modelida taqdim qilingan yangi modda bilan davolashning tavsiya etilgan taktikasi samaradorligi diagnostik ko‘rsatkichlar yordamida tashxislash tadbirlarini to‘g‘ri o‘tkazilishi va farmakoterapiya uchun qo‘llaniladigan vositalarni minimal darajada bo‘lishi bilan izohlanadi. Xulosa: tajribada eksperimental yallig‘lanishni davolashda psoralen bilan fotodinamik terapiyaning samaradorligi umumiy gematologik ko‘rsatkichlar bilan isbotlanib, qo‘shimcha tekshiruvlar va davolanish xarajatlarini kamaytirish imkonini beradi;
uchinchi ilmiy yangilik: o‘simlik fotosensibilizatori psoralen moddasining suvda eruvchi shaklining gepatotoksik xususiyatlari qon biokimyoviy tahlillarida isbotlangani Toshkent farmatsevtika institut “Koordinatsion birikmalar va biologik faol moddalarni farmako-toksikologik tahlil” ilmiy tadqiqot laboratoriyasi bo‘yicha (13.06.2023 y.; № 321) hamda Toshkent pediatriya tibbiyot instituti Markaziy ilmiy tadqiqot laboratoriyasi bo‘yicha (08.06.2023 y.; № 18/1070) buyruq bilan amaliyotiga joriy etilgan. Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi quyidagilardan iborat: tajribada yallig‘lanish modelida psoralen bilan davolangan guruhdagi hayvonlarda dorining nojo‘ya ta’siri sifatida jigarda reaktiv gepatit kuzatildi. Bu psoralenni har qanday sharoitda tartibsiz qo‘llamaslik uchun negiz yaratadi. Lekin psoralen ni ul`trabinafsha nurlanish bilan kombinatsiyada qo‘llash jigar va boshqa parenximatoz a’zolar tomonidan kuzatilishi mumkin bo‘lgan asoratlar keskin kamayishiga imkon beradi. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi quyidagilardan iborat: psoralen ni ul`trabinafsha nurlanish bilan kombinatsiyada davolaganda jigarda ro‘y berishi mumkin bo‘lgan nojo‘ya ta’sirlarning davolash uchun qo‘shimcha sarf-harajatlarni bartaraf etilishi bilan izohlanadi. Xulosa: psoralen ni ul`trabinafsha nurlanishi bilan kombinatsiyada qo‘llaganda jigarda ro‘y berishi mumkin bo‘lgan nojo‘ya ta’sirlarning oldi olinib, davolash uchun qo‘shimcha sarf-harajatlarning bartaraf etish imkonini beradi;
to‘rtinchi ilmiy yangilik: psoralen moddasining suvda eruvchi shaklini fotodinamik terapiyada qo‘llash mahalliy yallig‘lanish o‘chog‘ida zich biriktiruvchi to‘qima elementlari proliferativ faolligini kamaytirishi va bu jarayon qonda transformatsiyalovchi o‘sish omili β1 miqdorining ortishi bilan birga kechishi isbotlangani Toshkent farmatsevtika institut “Koordinatsion birikmalar va biologik faol moddalarni farmako-toksikologik tahlil” ilmiy tadqiqot laboratoriyasi bo‘yicha (13.06.2023 y.; № 321) hamda Toshkent pediatriya tibbiyot instituti Markaziy ilmiy tadqiqot laboratoriyasi bo‘yicha (08.06.2023 y.; № 18/1070) buyruq bilan amaliyotiga joriy etilgan. Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi quyidagilardan iborat: eksperimental yallig‘lanish modellarida yangi mahalliy fitomoddaning yallig‘lanishga qarshi ta’sir mexanizmlarini aniqlanayotganda qondagi transformatsiyalovchi o‘sish omili β1 miqdorining ko‘rsatkichlarini aniqlash va davolanish sifatini yaxshilagan. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi quyidagilardan iborat: eksperimental yallig‘lanish modelida o‘rganiladigan diagnostik ko‘rsatkichlari yordamida tashxislash tadbirlarini to‘g‘ri o‘tkazish natijasida byudjet mablag‘larini iqtisod qilish bilan izohlanadi. Xulosa: qonda transformatsiyalovchi o‘sish omili β1 miqdorini bilgan holda yallig‘lanish o‘chog‘ida proliferatsiya jarayonlari qay darajada ketayotganligini, uning sifatini nazorat qilish natijasida davo muolajalarini kamaytirish va natijada xarajatlarni qisqartirish orqali bemorlarning mehnatga layoqatsiz kunlarini qisqartirish imkonini beradi;
beshinchi ilmiy yangilik: yallig‘lanishning proliferativ bosqichida psoralen ni turli sxemalarda qo‘llashning gepatotsit mitoxondrial membrana strukturalariga, jumladan, yuqori o‘tkazuvchan megapora va mitoK+ATF-kanal faoliyatiga ta’siri aniqlangani Toshkent farmatsevtika institut “Koordinatsion birikmalar va biologik faol moddalarni farmako-toksikologik tahlil” ilmiy tadqiqot laboratoriyasi bo‘yicha (13.06.2023 y.; № 321) hamda Toshkent pediatriya tibbiyot instituti Markaziy ilmiy tadqiqot laboratoriyasi bo‘yicha (08.06.2023 y.; № 18/1070) buyruq bilan amaliyotiga joriy etilgan. Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi quyidagilardan iborat: eksperimental yallig‘lanish modellarida yangi mahalliy fitomoddaning yallig‘lanishga qarshi ta’sir mexanizmlarini aniqlayotganda gepatotsit mitoxondrial membrana strukturalariga, jumladan, yuqori o‘tkazuvchan megapora va mitoK+ATF-kanal faoliyatiga ta’sirini o‘rganish bilan boshqa dori preperatlari, biologik faol moddalarning organizmga subhujayraviy va molekulyar darajadagi ta’sir mexanizmlarini o‘rnatish mumkin. Bu psoralenning yangi suvda eruvchi shaklini fotodinamik terapiyada qo‘llash samaradorligini isbotlash imkonini beradi. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi quyidagilardan iborat: eksperimental yallig‘lanish modelida o‘rganilgan fitomoddaning subhujayraviy va molekulyar darajadagi ta’sir mexanizmlarini o‘rnatish orqali yallig‘lanish kasalliklarida fotodinamik terapiyani to‘g‘ri tavsiya qilish, byudjet mablag‘larini iqtisod qilinishi bilan izohlanadi. Xulosa: eksperimental yallig‘lanish modelida o‘rganilgan fitomoddaning subhujayraviy va molekulyar darajadagi ta’sir mexanizmlarini o‘rnatish orqali yallig‘lanish kasalliklarida fotodinamik terapiyani to‘g‘ri tavsiya qilish, byudjet mablag‘larini iqtisod qilish imkonini beradi.