Turg‘unov Muxriddin Mo‘ydinjon o‘g‘lining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar. Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Oziq-ovqat sanoat korxonalari faoliyatida boshqaruv mexanizmlarini takomillashtirish”, 08.00.13–“Menejment” (iqtisodiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.1.PhD/Iqt1971
Ilmiy rahbar: Mirzaev Abdullajon Topilovich, iqtisodiyot fanlari doktori, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Farg‘ona politexnika instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Andijon davlat universiteti, DSc 03/30.12.2019.I.60.03
Rasmiy opponentlar: Umarov Ilhom Yuldashevich, iqtisodiyot fanlari doktori, dotsent; Saidov Mash’al Samadovich, iqtisodiyot fanlari doktori, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Andijon qishloq xo‘jaligi va agrotexnologiyalar instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi oziq-ovqat sanoati korxonalari faoliyatida boshqaruv mexanizmlarini takomillashtirish bo‘yicha taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
oziq-ovqat sanoati korxonalari faoliyati boshqaruvining yig‘ma koeffisienti ( ) qiymatlarini aniqlash orqali mahalliy oziq-ovqat mahsulotlarining raqobatbardoshligini oshirish va ularni diversifikatsiya qilish  asoslangan;
oziq-ovqat sanoati korxonalarini barqaror rivojlantirish mexanizmida asosiy turdagi oziq-ovqat mahsulotlari narxlarini barqarorlashtirish, mavsumiylik omili ta’sirini e’tiborga olish hamda barqarorlik darajasini baholashni kiritish orqali takomillashtirilgan;
oziq-ovqat sanoati korxonalari klasteri tarkibida davlat-xususiy sherikchilik mexanizmi asosida yangi tashkil etilayotgan istiqbolli loyihalarning infratuzilmasini yaratish bilan bog‘liq xarajatlarning 50 foiziga subsidiya ajratish  va oziq-ovqat xavfsizligining maxsus nazoratini kiritish orqali takomillashtirilgan;
boshqaruv xodimlari soni, boshqaruv xarajatlari va kapital qo‘yilmalar hajmining o‘zgarishi hisobiga oziq-ovqat sanoati korxonalari sof foyda hajmining 2026-yilga qadar prognoz ko‘rsatkichlari ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Oziq-ovqat sanoati
korxonalarida boshqaruvning tashkiliy-iqtisodiy mexanizmini takomillashtirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
oziq-ovqat sanoati korxonalari faoliyati boshqaruvining yig‘ma koeffisienti ( ) qiymatlarini aniqlash orqali mahalliy oziq-ovqat mahsulotlarining raqobatbardoshligini oshirish va ularni diversifikatsiya qilish  asoslangan bo‘yicha ilmiy yangilik O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi faoliyatiga joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligining 2023-yil 6-yanvardagi 05-28-1-10/-7383-sonli ma’lumotnomasi). Mazkur ilmiy yangilikning amaliyotga joriy etilishi natijasida oziq-ovqat sanoati korxonalari boshqaruv raqobatbardoshligini baholash aniqligi 14-17 foizga ortgan;
oziq-ovqat sanoati korxonalarini barqaror rivojlantirish mexanizmida asosiy turdagi oziq-ovqat mahsulotlari narxlarini barqarorlashtirish, mavsumiylik omili ta’sirini e’tiborga olish hamda barqarorlik darajasini baholashni kiritish orqali takomillashtirilgan bo‘yicha ilmiy yangilik O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi faoliyatiga joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligining 2023-yil 6-yanvardagi 05-28-1-10/-7383-sonli ma’lumotnomasi). Mazkur ilmiy yangilikning amaliyotga joriy etilishi natijasida oziq-ovqat sanoati korxonalarining barqaror rivojlantirish optimalligi hamda mahsulot ishlab chiqarishning mavsumiyligini keltirib chiqaruvchi omillar ta’sirida kelib chiqadigan tafovut darajasining tekislanish darajasi 12-15 foizga ortgan;
oziq-ovqat sanoati korxonalari klasteri tarkibida davlat-xususiy sherikchilik mexanizmi asosida yangi tashkil etilayotgan istiqbolli loyihalarning infratuzilmasini yaratish bilan bog‘liq xarajatlarning 50 foiziga subsidiya ajratish  va oziq-ovqat xavfsizligining maxsus nazoratini kiritish orqali takomillashtirilgan bo‘yicha ilmiy yangilik O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi faoliyatiga joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligining 2023-yil 6-yanvardagi 05-28-1-10/-7383-sonli ma’lumotnomasi). Mazkur ilmiy yangilikning amaliyotga joriy etilishi natijasida oziq-ovqat klasteri tarkibidagi sanoat korxonalari faoliyat samaradorligi 8-13 foizga ortgan;
boshqaruv xodimlari soni, boshqaruv xarajatlari va kapital qo‘yilmalar hajmining o‘zgarishi hisobiga oziq-ovqat sanoati korxonalari sof foyda hajmining 2026-yilga qadar prognoz ko‘rsatkichlari ishlab chiqilgan bo‘yicha ilmiy yangilik O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi faoliyatiga joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligining 2023-yil 6-yanvardagi 05-28-1-10/-7383-sonli ma’lumotnomasi). Mazkur ilmiy yangilikning amaliyotga joriy etilishi natijasida oziq-ovqat sanoati tarmog‘ida faoliyat ko‘rsatayotgan korxonalar samaradorligiga ta’sir etuvchi omillarni boshqarish ssenariylari ishlab chiqish imkoniyati kengaydi hamda amaliyotda foydalanish mumkin bo‘lgan o‘rta muddatli davr uchun tarmoqning maqsadli ko‘rsatkichlari ishlab chiqildi.

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish