Kadirova Istora Bobirovnaning
falsafa doktori (PhD) Dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I.Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Milliy iqtisodiyotni rivojlantirishda investisiyalarning rolini oshirish masalalari (erkin iqtisodiy zonalar misolida)», 08.00.07 – «Moliya, pul muomalasi va kredit».
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.4.PhD/Iqt2412.
Ilmiy rahbar: Rajabov Sherzod Umurzoqovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent moliya instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent moliya instituti, DSc.03/30.12.2019.I.17.01. Rasmiy opponentlar: Jumaev Nodir Xosiyatovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor; Sharifxodjaev Usmon Ulfatovich, iqtisodiyot fanlari doktori, dosent.
Yetakchi tashkilot: G.V.Plexanov nomidagi Rossiya iqtisodiyot universiteti Toshkent Shahar filiali.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: respublikamiz iqtisodiyotini rivojlantirishda investisiyalarni rolini erkin iqtisodiy zonalar orqali oshirish, ularning iqtisodiy o‘sishiga qaratilgan ilmiy taklif va amaliy tavsiyalarlar ishlab chiqishdan iborat.
III.Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
investisiya loyihasining ishlab chiqarish maydonigacha tashqi infratuzilmasini qurish va moliyalashtirish talabgorlar tomonidan investisiya loyihasining kamida 50 foizi o‘zlashtirilgan taqdirda boshlash taklif etilgan;
50 milliard so‘mdan 200 milliard so‘mgacha bo‘lgan investisiya loyihalarining tashqi muhandislik-kommunikatsiya tarmoqlari bilan ta’minlash bilan bog‘liq xarajatlar ushbu loyihalar qiymatining 20 foizidan oshmasligi taklif etilgan;
maxsus iqtisodiy zonalar ishtirokchilarining bojxona imtiyozlari qo‘llanilgan holda import qilinadigan xomashyo, materiallar va butlovchi qismlar ro‘yxati bo‘yicha murojaati maxsus iqtisodiy zonalar direksiyasi tomonidan murojaat kelib tushganidan boshlab 7 ish kunida tasdiqlash taklif etilgan;
«Navoiy» erkin iqtisodiy zonasiga kiritilgan investisiyalarning hajmi 300 ming AQSh dollaridan 3 million AQSh dollarigacha bo‘lganda, 3 yil muddatga bojxona to‘lovlari bo‘yicha imtiyozlar qo‘llash taklif etilgan.
IV.Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Erkin iqtisodiy zonalarda investision faollikni oshirish istiqbollari yuzasidan olingan ilmiy natijalar asosida:
investisiya loyihasining ishlab chiqarish maydonigacha tashqi infratuzilmasini qurish va moliyalashtirish talabgorlar tomonidan investisiya loyihasining kamida 50 foizi o‘zlashtirilgan taqdirda boshlash taklifi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022 yil 7 iyundagi VMQ-306-son «Xorijiy va mahalliy investorlarning investisiya loyihalari tashqi infratuzilmasini yaratish xarajatlarini davlat tomonidan qoplab berish tartibi to‘g‘risidagi nizomini tasdiqlash haqida»gi qarorida inobatga olingan. (O‘zbekiston Respublikasi Investisiyalar va tashqi savdo vazirligining 2022 yil 28 dekabrdagi 15239-son ma’lumotnomasi). Mazkur taklifning amaliyotga joriy qilinishi natijasida, investisiya loyihasining ishlab chiqarish maydonigacha tashqi infratuzilma xarajatlarini davlat byudjeti mablag‘lari hisobidan qoplab berish mexanizmi takomillashtirilgan;
50 milliard so‘mdan 200 milliard so‘mgacha bo‘lgan investisiya loyihalarining tashqi muhandislik-kommunikatsiya tarmoqlari bilan ta’minlash bilan bog‘liq xarajatlar ushbu loyihalar qiymatining 20 foizidan oshmasligi taklifi «O‘zbekiston Respublikasida erkin iqtisodiy zonalarni 2020–2025 yillarda rivojlantirish konsepsiyasi»ni ishlab chiqishda inobatga olingan. (O‘zbekiston Respublikasi Investisiyalar va tashqi savdo vazirligining 2022 yil 28 dekabrdagi 15239-son ma’lumotnomasi). Mazkur taklifning amaliyotga joriy qilinishi natijasida, EIZlarning investision jozibadorligini ta’minlashga erishilgan;
maxsus iqtisodiy zonalar ishtirokchilarining bojxona imtiyozlari qo‘llanilgan holda import qilinadigan xomashyo, materiallar va butlovchi qismlar ro‘yxati bo‘yicha murojaati maxsus iqtisodiy zonalar direksiyasi tomonidan murojaat kelib tushganidan boshlab 7 ish kunida tasdiqlash taklifi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022 yil 13 iyundagi PF-153-son «Maxsus iqtisodiy, kichik sanoat, yoshlar sanoat va tadbirkorlik zonalari faoliyati samaradorligini oshirishning qo‘shimcha chora-tadbirlari to‘g‘risida»dagi farmonida o‘z aksini topgan. (O‘zbekiston Respublikasi Investisiyalar va tashqi savdo vazirligining 2022 yil 28 dekabrdagi 15239-son ma’lumotnomasi). Mazkur taklifning amaliyotga joriy qilinishi natijasida, maxsus iqtisodiy zonalardagi investisiya loyihalarini ishga tushirish mexanizmi takomillashtirilgan;
«Navoiy» erkin iqtisodiy zonasiga kiritilgan investisiyalarning hajmi 300 ming AQSh dollaridan 3 million AQSh dollarigacha bo‘lganda, 3 yil muddatga bojxona to‘lovlari bo‘yicha imtiyozlar qo‘llash taklifi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 15 maydagi PF-5719-son «Navoiy viloyatini innovatsion, yuqori texnologiyalarga asoslangan, eksportga yo‘naltirilgan va import o‘rnini bosadigan ishlab chiqarishlar uchun erkin iqtisodiy zona sifatida belgilash chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi farmonida inobatga olingan. (O‘zbekiston Respublikasi Investisiyalar va tashqi savdo vazirligining 2022 yil 28 dekabrdagi 15239-son ma’lumotnomasi). Mazkur taklifning amaliyotga joriy etilishi natijasida, «Navoiy» maxsus iqtisodiy zonalar investision jozibadorligi oshishiga erishilgan.