Sadullaev Rasulbek Palvanbaevichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “O‘zbekistonda soliq nazorati mexanizmlarini takomillashtirish yo‘llari”, 08.00.07 – Moliya, pul muomalasi va kredit.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2020.2.PhD/Iqt1317.
Ilmiy rahbar: Niyazmetov Islambek Masharipovich, iqtisodiyot fanlari doktori, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Davlat soliq qo‘mitasi huzuridagi Fiskal institut.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti, DSc.03/10.12.2019.I.16.01.
Rasmiy opponentlar: Burxanov Aktam Usmanovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor; Rajapov Shuxrat Zaripboevich, iqtisodiyot fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD).
Yetakchi tashkilot: Toshkent moliya instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi O‘zbekistonda soliq nazorati mexanizmlarini takomillashtirishga qaratilgan taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
sotilgan tovarlar (ishlar, xizmatlar) uchun xaridorlarga beriladigan onlayn-NKM va virtual kassa cheklarida xarid uchun to‘lovning qo‘shilgan qiymat solig‘i jami summasi aks ettirilishi tartibini qo‘llash orqali xaridorlarni tegishli soliq to‘lovi miqdori to‘g‘risida qo‘shimcha ma’lumot bilan ta’minlash hamda soliq nazoratini takomillashtirish asoslangan;
kameral soliq tekshiruvidan oldingi tahlil soliq organi rahbarining buyrug‘isiz amalga oshirilishi va xatolar aniqlanganda soliq to‘lovchi tomonidan soliq to‘lovchining shaxsiy kabineti orqali soliq hisobotiga tegishli tuzatishlar kiritish imkonini taqdim etish taklifi asoslangan;
savdo va xizmat ko‘rsatish shoxobchalarida aholi tomonidan naqd pulda yoki bank plastik kartalari orqali amalga oshirilgan to‘lovlar to‘g‘risidagi ma’lumotni davlat soliq xizmati organlariga onlayn rejimida uzatib borish funksiyasiga ega bo‘lgan virtual kassa hamda onlayn nazorat kassa mashinalari vositasida amalga oshirish taklifi ishlab chiqilgan;
kameral soliq tekshiruvi natijalari bo‘yicha aniqlangan huquqbuzarliklar, tadbirkorlik subektlari tomonidan soliq hisobotini belgilangan muddatlarda taqdim etmaganlik uchun moliyaviy sanksiyalarni bekor qilish orqali tadbirkorlik subektlariga soliq majburiyatlarini bajarishda qulaylik yaratish taklifi asoslangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
O‘zbekistonda soliq nazorati mexanizmlarini takomillashtirish yo‘llari bo‘yicha bo‘yicha ishlab chiqilgan ilmiy takliflar va amaliy tavsiyalar asosida:
sotilgan tovarlar (ishlar, xizmatlar) uchun xaridorlarga beriladigan onlayn-NKM va virtual kassa cheklarida xarid uchun to‘lovning qo‘shilgan qiymat solig‘i jami summasi aks ettirilishi to‘g‘risidagi taklifi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Onlayn nazorat-kassa mashinalari va virtual kassa tizimi qo‘llanilishini ta’minlash chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 2019-yil 23-noyabrdagi 943-son qarorida o‘z aksini topgan (O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasining 2022-yil 21-apreldagi 18/2-52912-sonli ma’lumotnomasi). Mazkur ilmiy yangilikning amaliyotga joriy etilishi natijasida xaridorlarga tovar va xizmatlar uchun to‘lov tarkibidagi qo‘shilgan qiymat solig‘i miqdori to‘g‘risida xarid cheklari orqali ma’lumotga ega bo‘lish imkoni yaratilgan;
soliq tekshiruvdan oldingi tahlil soliq organi rahbarining (rahbar o‘rinbosarining) buyrug‘isiz amalga oshirish va xatolar aniqlanganda soliq to‘lovchiga soliq to‘lovchining shaxsiy kabineti orqali soliq hisobotiga tegishli tuzatishlar kiritish to‘g‘risidagi xabarnoma yuborish to‘g‘risidagi taklifi O‘zbekiston Respublikasining “O‘zbekiston Respublikasining Soliq kodeksiga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi O‘RQ-741-sonli Qonuni bilan Soliq kodeksining 138-moddasida o‘z aksini topgan (O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasining 2022-yil 21-apreldagi 18/2-52912-sonli ma’lumotnomasi). Mazkur ilmiy yangilikning amaliyotga joriy etilishi natijasida davlat soliq organlari va xo‘jalik yurituvchi subektlar ma’lumotlaridagi tafovutlarni bartaraf etish orqali soliq nazorati samaradorligini oshirish imkoni yaratilgan;
savdo va xizmat ko‘rsatish shoxobchalarida aholi tomonidan naqd pulda yoki bank plastik kartalari orqali amalga oshirilgan to‘lovlar to‘g‘risidagi ma’lumotni davlat soliq xizmati organlariga onlayn rejimida uzatib borish funksiyasiga ega bo‘lgan virtual kassa hamda onlayn nazorat kassa mashinalari vositasida amalga oshirish taklifi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Savdo va xizmat ko‘rsatish sohasidagi hisob-kitoblar tizimiga zamonaviy axborot texnologiyalarini joriy qilish hamda ushbu sohada jamoatchilik nazoratini kuchaytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 2019-yil 6-sentyabrdagi PF-5813-son Farmonida o‘z aksini topgan (O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasining 2022-yil 21-apreldagi 18/2-52912-sonli ma’lumotnomasi). Mazkur ilmiy yangilikning amaliyotga joriy etilishi natijasida savdo va xizmat ko‘rsatish jarayonida isteʼmolchi tomonidan amalga oshirilgan to‘lov summasi bir vaqtning o‘zida soliq organlari ma’lumotlar bazasida o‘z aksini topishi orqali nazorat samaradorligini oshirish imkoni yaratilgan;
kameral soliq tekshiruvi natijalari bo‘yicha aniqlangan huquqbuzarliklar, tadbirkorlik subektlari tomonidan soliq hisobotini belgilangan muddatlarda taqdim etmaganlik uchun moliyaviy sanksiyalarni bekor qilish orqali tadbirkorlik subektlariga soliq majburiyatlarini bajarishda qulaylik yaratish taklifi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Soliq majburiyatlarini bajarishda tadbirkorlik subektlariga yanada qulay shart-sharoitlar yaratish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 2021-yil 7-sentyabrdagi PF-6307-son Farmonida o‘z aksini topgan (O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasining 2022-yil 21-apreldagi 18/2-52912-sonli ma’lumotnomasi). Mazkur ilmiy yangilikning amaliyotga joriy etilishi natijasida soliq to‘lovchilarga o‘z kamchiliklarini ixtiyoriy ravishda bartaraf etish orqali ularning kelgusi faoliyatida soliq majburiyatlarini to‘g‘ri olib borishga rag‘batlantirish imkoni yaratilgan.