Boltaev A’zam Akramovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Maktab  o‘quvchilariga voleybol texnikasini tezkor o‘rgatish uchun maxsus mashqlardan foydalanish”, 13.00.04–Jismoniy tarbiya va sport mashg‘ulotlari nazariyasi va metodikasi (pedagogika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2019.1.PhD/Ped823.
Ilmiy rahbar: Bakiev Zafar Abdushukurovich, pedagogika fanlari nomzodi, dotsent.  
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti.
Ilmiy Kengash faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti, DSc.03/30.12.2019.Ped.28.01.
Rasmiy opponentlar: Tajibaev Soyib Samijonovich, pedagogika fanlari doktori (DSc), professor; Niyazov Soxipjon Sobirjonovich, pedagogika fanlari nomizodi, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Guliston davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi o‘quvchilarga voleybol o‘yin texnikasini maxsus mashqlar yordamida o‘rgatishga qaratilgan samarali vosita va usullarni ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
maktab o‘quvchilariga voleybol texnikasini tezkor o‘rgatish uchun ishlab chiqilgan “Moving ball” sport texnologiyasi yordamida tezkorlik sifati va sakrovchanlik qobiliyatini harakatlanuvchi to‘pga sakrab o‘z vaqtida zarba berishni mashg‘ulotga kiritish hisobiga to‘pni his qilish imkoniyati kengaytirilgan;     
yosh voleybolchilarning musobaqa faoliyatining o‘ziga xos xususiyatlaridan kelib chiqib o‘yin harakatlarining o‘zaro muvofiqligini yaxshilash uchun bir vaqtning o‘zida reaksiya ko‘rsatish va muvozanat saqlash xususiyatiga qaratilgan “birlashtirma uslubi” ni 2, 3, 4, va 4, 3, 2 pozisiyalardan bajarish hisobiga koordinatsion qobiliyatlari takomillashtirilgan;
yosh voleybolchilarning individual va funksional imkoniyatlarini oshirish uchun voleybol o‘yin elementlaridan iborat bo‘lgan “to‘siqlardan o‘tib to‘pga zarba berish” mashqlar majmuasini dastlabki o‘rgatish bosqichida qo‘llash  hisobiga to‘pga zarba berish texnikasining aniqligi imkoniyati kengaytirilgan;  
voleybol o‘yinidagi texnik harakatlarni amalga oshirish vaqtida faollashuvchi muskullar kuchini oshirishga yo‘naltirilgan maxsus sport rezinalarni to‘p bilan bajaradigan texnik-taktik komponentlarni bajarish vaqtida qo‘llash hisobiga o‘quvchilarning maxsus harakat tayyorgarligi oshirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Tadqiqotda yosh o‘quvchilarning o‘yin texnikasini shakllantirish bo‘yicha o‘tkazilgan tajribalar asosida:
yosh voleybolchilarning tezkorlik sifati va  sakrovchanlik hususiyatini inobatga olib ishlab chiqilgan “Moving ball” sport uskunada bajariladigan mashqlar Toshkent shahar Shayxontoxur tumani 40-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabi voleybol to‘garagi o‘quvchilarning mashg‘ulot jarayonida foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Turizm va sport vazirligining 2021 yil 25 dekabrdagi 03-17-02/12622-son ma’lumotnomasi). Natijada to‘pni his qilish imkoniyati 18% ga o‘sgan;
voleybolchilarning o‘yin qobiliyatlarini baholash uchun voleybol sport turiga muvofiq saralab olingan maxsus mashqlar Toshkent shahar Shayxontoxur tumani 40 sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabi voleybol to‘garagi tarbiyalanuvchilarning mashg‘ulot jarayonida foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Turizm va sport vazirligining 03-17-02/12622-son ma’lumotnomasi). Natijada to‘pni qabul qilish va uzatish texnikasi 14% ga oshgan;
voleybol o‘yini texnikasi elementlarini inobatga olib ishlab chiqilgan maxsus mashqlar majmuasi Toshkent shahar Olmazor tumani 278-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabi voleybol to‘garagi tarbiyalanuvchilarning mashg‘ulot jarayonida foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Turizm va sport vazirligining 03-17-02/12622-son ma’lumotnomasi). Natijada o‘quvchilarning o‘yin ko‘nikmalari 16% ga o‘sgan;
voleybol o‘yinida texnik harakatlarni amalga oshirish vaqtida faollashuvchi muskullar kuchini oshirishga yo‘naltirilgan “maxsus sport  rezinalarda mashqlar” bo‘yicha amaliy tavsiyalar «Sport va harakatli o‘yinlarni o‘qitish uslubiyati (voleybol)» nomli o‘quv qo‘llanma mazmuniga singdirilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2020 yil 06 oktyabrdagi 522-son buyrug‘iga asosan
 522-120 raqamli guvohnomasi). Natijada o‘yinchilarning harakat samaradorligi 16% ga oshgan.

 

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish