Yusupaliev Umid Ganievichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiya himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Avtomobil yo‘llarining to‘shamalarini sement va bitum emulsiyasi bilan ishlov berish asosida qurish texnologiyalarini takomillashtirish”, 05.09.02 - “Geotexnika” (YO‘llar, yo‘llarni raqamlashtirish va yo‘l harakati xavfsizligi. YO‘l telematikasi yo‘nalishlari bo‘yicha) (texnika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.2.PhD/T3770
Ilmiy rahbar: Amirov Tursoat Jummaevich, texnika fanlari bo‘yicha falsafa doktori, dotsent
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat transport universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent davlat transport universiteti, PhD.15/31.08.2022.T.73.05
Rasmiy opponentlar: texnika fanlari doktori, professor Kasimov Irkin Umaralievich (Toshkent arxitektura-qurilish instituti); texnika fanlari doktori, professor Kayumov Abdubaki Djalilovich (Toshkent davlat texnika universiteti).
Yetakchi tashkilot: Jizzax politexnika instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: Texnika yo‘nalishi. Nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi eksperimental tadqiqotlar asosida yo‘l to‘shamalari uchun bitum emulsiyasi qo‘shilgan sement bilan ishlov berilgan shag‘al-qum aralashmalaridan foydalanishning afzalligini asoslash, mavjud qurish texnologiyasini takomillashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
organik bog‘lovchini noorganik bog‘lovchiga qo‘shish bilan ishlov berilgan shag‘al - qum qorishmasining kristall va koagulatsiyon bog‘lanishlar orqali struktura hosil bo‘lish mexanizmi aniqlangan;
ikki turdagi bog‘lovchi bilan ishlov berish asosida kristall (qattiq) va koagulyasion (moslashuvchan) strukturaviy bog‘lanishlar yuzaga kelishi natijasida quriladigan qatlamlarning zarbaga bardoshliligi va yoriqbardoshliligi yuqori bo‘lishi amaliy asoslangan;
qorishma mineral skeletining bo‘shliqlarini hisobga olgan holda sement va bitum emulsiyasining maqbul miqdori g‘ovakliklarni egallashi va buning asosida suv shimuvchanligini kamayishi va muzlashga chidamliligining oshishi aniqlangan;
ko‘p sonli namunalarning siqilishga bo‘lgan mustahkamligini 7 va 28 sutkalik yoshida laboratoriya sinovlari orqali aniqlash natijasida loyihaviy mustahkamlikni prognozlashning o‘zaro bog‘liqlik qonuniyatlarini matematik modeli ishlab chiqilgan;
qorishma tarkibidagi bitum emulsiyasi, sement miqdori va maksimal quruq zichliklarning o‘zaro bog‘liqliklaridan foydalanib siqilishga bo‘lgan mustahkamlik ko‘rsatkichini prognozlovchi matematik model ishlab chiqilgan;
avtomobil yo‘lining to‘shamalarini bitum emulsiyasi qo‘shilgan sement bilan ishlov berilgan shag‘al - qum aralashmalaridan foydalanib qorishma tayyorlashni va qatlam yotqizishni optimallashtirish orqali qurish texnologiyasi takomillashtirilgan.
IV.Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi: Avtomobil yo‘llarining to‘shamalarini sement va bitum emulsiyasi bilan ishlov berish asosida qurish texnologiyalarini takomillashtirish bo‘yicha olib borilgan tadqiqot natijalari asosida:
avtomobil yo‘llarini qurishda organik va noorganik bog‘lovchi bilan ishlov berilgan shag‘al-qum qorishmasining kristall va koagulyasion bog‘lanishlar orqali struktura hosil bo‘lish mexanizmi “Avtomobil yo‘llari qo‘mitasi” ga qarashli korxonalarda amaliyotga joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Transport vazirligi huzuridagi Avtomobil yo‘llari qo‘mitasining 2023-yil 3-maydagi 03-1202-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, ikki turdagi bog‘lovchilar orqali qorishmalar tayyorlash va xizmat muddati yuqori bo‘lgan asos qatlamlarni qurish imkoniyati yaratilgan;
shagaʻl-qum aralashmasiga sement va bitum emulsiyasi bilan ishlov berish asosida qattiq va moslashuvchan strukturaviy bog‘lanishlar yuzaga kelishi asoslangan va bu Avtomobil yo‘llari qo‘mitasiga qarashli korxonalarda amaliyotga joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Transport vazirligi huzuridagi Avtomobil yo‘llari qo‘mitasining 2023-yil 3-maydagi 03-1202-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, quriladigan qatlamlarning yoriqbardoshliligi ortishi va zarbabardoshliligi 10-15% yuqori bo‘lishi imkoniyati yaratilgan;
bog‘lovchilarning maqbul miqdori qorishma mineral skelet bo‘shliqlarini egallashi aniqlangan va bu Avtomobil yo‘llari qo‘mitasiga qarashli korxonalarda amaliyotga joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Transport vazirligi huzuridagi Avtomobil yo‘llari qo‘mitasining 2023-yil 3-maydagi 03-1202-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, avtomobil yo‘llari asosi suv shimuvchanligini 15%-20% ga kamayishi va muzlashga chidamliligini 8-10% ga ortishi imkoniyati yaratilgan;
qorishma tarkibidagi bitum emulsiyasi va sement miqdoridan foydalanib siqilishga bo‘lgan mustahkamlik ko‘rsatkichini prognozlovchi matematik model ishlab chiqilgan va bu “Avtomobil yo‘llari qo‘mitasi” ga qarashli korxonalarda amaliyotga joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Transport vazirligi huzuridagi Avtomobil yo‘llari qo‘mitasining 2023-yil 3-maydagi 03-1202-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, qorishmalarning 7-sutkalik natijalari yoki qorishma tarkibidagi bog‘lovchilar miqdoridan foydalanib, loyihaviy siqilishga bo‘lgan mustahkamlik ko‘rsatkichini aniqlash imkoniyati yaratilgan;
avtomobil yo‘lining to‘shamalarini bitum emulsiyasi qo‘shilgan sement bilan ishlov berilgan shag‘al-qum aralashmalaridan foydalanib asos qatlamlarini qurishning takomillashgan texnologiyasi “Avtomobil yo‘llari qo‘mitasi” ga qarashli korxonalarda amaliyotga joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Transport vazirligi huzuridagi Avtomobil yo‘llari qo‘mitasining 2023-yil 3-maydagi 03-1202-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, mavjud qurilish texnikalaridan hamda mahalliy xom ashyolardan foydalangan holda samarali qurish jarayonini tashkil etish, turli kimyoviy qo‘shimchalarga bo‘lgan import qaramlikni bartaraf etish imkoniyati yaratilgan va sarflanayotgan mablag‘larni 12-18% gacha iqtisod qilishga erishilgan.