Juraeva Gulxayo Baxodir qizining
falsafa doktori (PhD) himoyasi haqida e’lon

I.Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): “Nofilologik yo‘nalishlarda ingliz tilini o‘rganishda lingvo-kouchingga asoslangan yondashuvning nazariy va amaliy asoslari” 13.00.02 - Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (ingliz tili) (pedagogika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2021.2.PhD/Ped2539.
Ilmiy tadqiqot ishi bajarilgan muassasa nomi: Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universiteti.
Ilmiy rahbar: Arustamyan Yana Yurevna, filologiya fanlari doktori (DSc), dotsent.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Chirchiq davlat pedagogika universiteti, DSc.03/30.04.2021.Ped.82.01.
Rasmiy opponentlar: Nurmanov Abdinazar Tashbaevich, pedagogika fanlari doktori, professor; Asqarova Shaxnoza Kamalidinovna, filologiya fanlari nomzodi (PhD), dotsent.
Yetakchi tashkilot: Shahrisabz davlat pedagogika instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II.Tadqiqotning maqsadi nofilologik yo‘nalishlarda ingliz tilini o‘rganishda lingvo-kouchingga asoslangan  yondashuvning nazariy va amaliy asoslarini takomillashtirish yuzasidan taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
nofilologik yo‘nalish talabalarining lingvistik kompetensiyasi “o‘qituvchi - kouch - talaba” o‘quv munosabatlariga ta’lim imkoniyatlari yangi tekisligini kiritish hamda integrallashgan, motivatsiyali, muammoli yondashuvlarni til va nutq kompetensiyalariga nisbatan komplekslash natijasida takomillashtirilgan;  
talabalarning kommunikativ til ko‘nikmalarini rivojlantirish modeli o‘qitishning dialogik xarakteri vositasida nutqiy idrok etishning integrativ shakllarini pedagogik jarayonni jadallashtirishning analitik, diagnostik va prognostik usullariga nisbatan vertikal integratsiyalashda lingvokouching texnologiyalardan foydalanish usullarini qo‘llash asosida  takomillashtirilgan;  
talabalar lingvistik kompetensiyasini individual-psixologik differensiyalashdagi o‘rni lingvokouching texnologiyalarini qo‘llashning motivatsion, kognitiv, faoliyatga doir, aksiologik, akmeologik, refleksiv komponentlarini real sharoitda ta’lim muhitini dinamik tarzda o‘zgartirib borish tamoyillarining maxsus vositalarini kiritish asosida aniqlashtirilgan;
talabalarga ingliz tilini o‘qitishning lingvokouching yondashuvi orqali ulardagi ichki salohiyatni namoyish etishga qaratilgan muloqotga kirishishda demotivatorlarni bartaraf etish, fikrni ifodalay olish, kognitiv faoliyatni oshirishga qaratilgan usullarni integrativ ta’lim muhitida qo‘llash samaradorligi asoslangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Nofilologik yo‘nalishlarda ingliz tilini lingvo-kouching yondashuvi asosida samarali o‘rganish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar va amaliy takliflar asosida:
nofilologik yo‘nalish talabalarining lingvistik kompetensiyasi o‘qituvchi - kouch - talaba o‘quv munosabatlariga ta’lim imkoniyatlari yangi tekisligini kiritish hamda integrallashgan, motivatsiyali, muammoli yondashuvlarni til va nutq kompetensiyalariga nisbatan komplekslash natijasida olingan xulosalardan Qoraqalpoq gumanitar fanlar ilmiy-tadqiqot institutida bajarilgan FA-F1-G003 – “Hozirgi qoraqalpoq tilida funksional so‘z yasalishi” nomli amaliy grant loyihasida foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Fanlar Akademiyasi Qoraqalpog‘iston bo‘limi Qoraqalpoq gumanitar fanlar ilmiy-tadqiqot institutining 2023 yil 27 fevraldagi  17.01/32-son ma’lumotnomasi). Natijada, ingliz tili mashg‘ulotlarida talabalarning leksik va grammatik kompetensiyalari  lingvakouching yondashuvi asosida rivojlanishi ta’minlangan;
o‘qitishning dialogik xarakteri vositasida nutqiy idrok etishning integrativ shakllarini pedagogik jarayonni jadallashtirishning analitik, diagnostik va prognostik usullariga nisbatan vertikal integratsiyalashda lingvokouching texnologiyalardan foydalanish usullarini qo‘llash asosida  takomillashtirilgan talabalarning kommunikativ til ko‘nikmalarini rivojlantirish modeliga oid taklif va tavsiyalardan Qoraqalpoq gumanitar fanlar ilmiy-tadqiqot institutida bajarilgan FA-A1-G007 “Qoraqalpoq naql-maqollari lingvistik tadqiqot obekti sifatida” nomli amaliy grant loyihasida foydalanilgan. (O‘zbekiston Respublikasi Fanlar Akademiyasi Qoraqalpog‘iston bo‘limi Qoraqalpoq gumanitar fanlar ilmiy-tadqiqot institutining 2023 yil 27 fevraldagi  17.01/32-son ma’lumotnomasi). Natijada, talabalarning ingliz tilini o‘rganish qobiliyatlari, hamda kommunikativ ko‘nikmlari rivojlangan;
lingvokouching texnologiyalarini qo‘llashning motivatsion, kognitiv, faoliyatga doir, aksiologik, akmeologik, refleksiv komponentlarini real sharoitda ta’lim muhitini dinamik tarzda o‘zgartirib borish tamoyillarining maxsus vositalarini kiritish asosida aniqlashtirilgan talabalar lingvistik kompetensiyasini individual-psixologik differensiyalashdagi o‘rni va ahamiyati borasidagi takliflatdan Qoraqalpoq gumanitar fanlar ilmiy-tadqiqot institutida bajarilgan FA-A1-G005 raqamli “Qoraqalpoq folklorshunisligi va adabiyotshunisligi tarixini tadqiq etish” nomli amaliy grant loyihasida foydalanilgan. (O‘zbekiston Respublikasi Fanlar Akademiyasi Qoraqalpog‘iston bo‘limi Qoraqalpoq gumanitar fanlar ilmiy-tadqiqot institutining 2023 yil 27 fevraldagi  17.01/30-son ma’lumotnomasi). Natijada, talabalarning bilim darajasi oshishiga erishilgan va zamonaviy til o‘rgatish vositalarini o‘quv jarayoniga kiritishga xizmat qilgan;
 talabalarga ingliz tilini o‘qitishning lingvokouching yondashuvi orqali ulardagi ichki salohiyatni namoyish etishga qaratilgan muloqotga kirishishda demotivatorlarni bartaraf etish, fikrni ifodalay olish, kognitiv faoliyatni oshirishga qaratilgan usullarni integrativ ta’lim muhitida qo‘llashga doir metodik tavsiyalar O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasini “O‘zbekiston” teleradiokanalida efirga uzatilgan “Ta’lim va taraqqiyot”, “O‘zbekiston yoshlari” nomli dasturlar senariysini tayyorlashda foydalanilgan (2023yil 10 iyuldagi 04-36-1070-son ma’lumotnomasi). Natijada, talabalarning bilim darajasining oshishiga va zamonaviy til o‘qitish va o‘rganish vositalaridan foydalanish metodilasini rivojlanishiga xizmat qilgan.

 

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish