Pattaxova Malika Xusanovnaning
fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy malumotlar:
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “COVID-19 kasalligini o‘tkazgan surunkali gepatit va jigar sirrozlari mavjud bemorlarda klinik-immunologik, funksional-metabolik o‘zgarishlar jihatlari” 14.00.05 – “Ichki kasalliklar” (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2021.4. DSc/Tib625.
Ilmiy maslahatchi: Sherzod Yax’yaevich Zokirxo‘jaev, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent tibbiyot akademiyasi
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent tibbiyot akademiyasi, DSc.04/30.12.2019. Tib30.02.
Rasmiy opponentlar: Abror Asrarovich Xamraev, tibbiyot fanlari doktori, professor; Ilxom Asamovich Qosimov, tibbiyot fanlari doktori, professor; Moxigul Azimjonovna Jo‘raeva, tibbiyot fanlari doktori, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Buxoro davlat tibbiyot instituti
Dissertatsiyaning yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: COVID-19 o‘tkazgan surunkali gepatit va jigar sirrozi mavjud bemorlar klinik, funksional-metabolik va immunologik o‘zgarishlarining o‘ziga xosligi hamda postkovid holatdagi immun-metabolik mezonlarni va ular orasidagi korrelyasion bog‘lanishlarini aniqlashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ilk bor COVID-19 o‘tkazgan surunkali gepatit kasalligi, jigar sirrozi mavjud bemorlar va koronavirus infeksiyasini o‘tkazmagan bemorlar klinik belgilarining differensial tashxisida COVID-19 o‘tkazgan bemorlar guruxida ayrim klinik belgilar: intensiv sariqlik, o‘ng qovurg‘a ostida kuchli og‘riq, diareya, hid va ta’m bilish hissining o‘zgarishi, havotirlik hissi kabi klinik belgilar aniqlangan;
surunkali gepatit va jigar sirrozi kasalligi mavjud va COVID-19 o‘tkazgan bemorlarda koronavirus infeksiyasini o‘tkazmagan bemorlar guruhiga nisbatan xolestatik, sitolitik sindromlar va oqsil sinteziga xos bioximik ko‘rsatkichlarda farqli o‘zgarishlar, ayniqsa, ALT faolligi, xolesterin, trigliseridlar, zichligi past lipoproteidlar va gamma-globulinlar miqdorining keskin oshishi aniqlangan;
surunkali gepatit va jigar sirrozi mavjud va COVID-19 o‘tkazgan bemorlarda postkovid xolatidagi immunometabolik mezonlardan INFα, bilirubin, IL-6 va ALT, IgG va albumin orasidagi korrelyativ bog‘lanishlar aniqlangan.
surunkali jigar kasalliklari mavjud va koronavirus infeksiyasini o‘tkazgan bemorlarda ilk bor xaqqoniy ovqatlanish xolati va NRI indeksi orqali nutrision status baholangan, ovqatlanish holati etishmovchilik darajasi aniqlangan.
o‘rta darajadagi nutritiv etishmovchilik (NRI indeksi 83.5-97.5) surunkali gepatit va jigar sirrozlari mavjud bemorlarda kuzatilib, og‘ir darajadagi nutritiv etishmovchilik xolatlari (NRI indeksi <83,5) COVID-19 o‘tkazgan bemorlar guruxlarida aniqlangan.
IV. Ilmiy yangilikning amaliyotga joriy qilinishi:
Respublika ixtisoslashtirilgan terapiya va tibbiy reabilitatsiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi Xorazm regional filiali, Toshkent tibbiyot akademiyasi Urganch filiali klinikasi amaliyotiga tatbiq etildi (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2022-yil 29-dekabrdagi 8n-z/727-sonli ma’lumotnomasi).
birinchi ilmiy yangilik: ilk bor COVID-19 o‘tkazgan surunkali gepatit kasalligi, jigar sirrozi mavjud bemorlar va koronavirus infeksiyasini o‘tkazmagan bemorlar klinik belgilarining differensial tashxisida Covid-19 o‘tkazgan bemorlar guruxida ayrim klinik belgilar: intensiv sariqlik, o‘ng qovurg‘a ostida kuchli og‘riq, diareya, hid va ta’m bilish hissining o‘zgarishi, havotirlik hissi kabi klinik belgilar aniqlangan; Ilmiy yangilikning amaliyotga joriy qilinishi:Toshkent tibbiyot akademiyasi ko‘p tarmoqli klinikasi, Respublika ixtisoslashtirilgan terapiya va tibbiy reabilitatsiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi Xorazm regional filiali, Toshkent tibbiyot akademiyasi Urganch filiali klinikasi amaliyotiga tatbiq etildi (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2022-yil 29-dekabrdagi 8n-z/727-sonli ma’lumotnomasi). Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi quyidagilardan iborat: taklif etilgan yondoshuv surunkali gepatit kasalligini o‘tkazgan va COVID-19 kasalligi bilan kasallangan bemorlarni erta tashhislash, davo choralari samaradorligini oshirish, hamda kasallik asoratlarini oldini olish imkoniyatini beradi. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi quyidagilardan iborat: COVID-19 kasalligi bilan kasallangan surunkali jigar kasalliklari mavjud bemorlarda kasallik belgilarini erta aniqlash jigarning boshqa kasalliklarining differensial diagnostikasi uchun zarur bo‘lgan laborator markerlar, instrumental tekshiruvlar va tor mutaxassislar ko‘riklari uchun kerak bo‘ladigan ortiqcha sarf-xarajatlar hisobiga iqtisod qilishga erishilgan. Ilmiy yangilikning ahamiyati: ilmiy tadqiqot davomida olingan natijalar koronavirus infeksiyasini o‘tkazgan surunkali jigar kasalligi mavjud bemorlar laborator tekshiruvlarida kasallikni erta aniqlashga va asoratlar oldini olishga yordam beradi. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi quyidagilardan iborat: bemorlarda yuqorida ko‘rsatilgan laborator ko‘rsatkichlarni o‘z vaqtida aniqlash boshqa qo‘shimcha markyorlar aniqlanishi uchun kerak bo‘ladigan sarf harajatlarni cheklaydi hamda bemorlar davolanishi uchun kerak bo‘ladigan shifoxona kunini qisqartiradi. 1 nafar bemor uchun 1 kunga kerak bo‘ladigan kunlik xarajat Toshkent tibbiyot akademiyasi Ko‘p tarmoqli klinikasi bo‘limida o‘rtacha xo‘jalik hisobidan davolanayotgan bemor uchun 250000 so‘m, byudjet hisobidan davolanayotgan bemor uchun esa 200000 so‘mni tashkil etadi. Gospitalizatsiya kunining 10 kundan 8 kunga kamaytirilishi bir bemor uchun xo‘jalik hisobidan 500 ming so‘m, byudjet hisobidan esa 400 ming so‘mning tejalishiga olib keladi. Xulosa: COVID-19 kasalligi bilan kasallangan surunkali jigar kasalliklari mavjud bemorlarga xos bo‘lgan kasallik belgilari aniqlanib, kasallikni erta tashxislash natijasida 1 nafar bemor hisobiga mablag‘ning o‘rtacha 640000 so‘m iqtisod qilish imkonini bergan.
ikkinchi ilmiy yangilik: surunkali gepatit va jigar sirrozi kasalligi mavjud va COVID-19 o‘tkazgan bemorlarda koronavirus infeksiyasini o‘tkazmagan bemorlar guruhiga nisbatan xolestatik, sitolitik sindromlar va oqsil sinteziga xos bioximik ko‘rsatkichlarda farqli o‘zgarishlar, ayniqsa, ALT faolligi, xolesterin, trigliseridlar, zichligi past lipoproteidlar va gamma-globulinlar miqdorining keskin oshishi kuzatildi; Ilmiy yangilikning amaliyotga joriy qilinishi: Toshkent tibbiyot akademiyasi ko‘p tarmoqli klinikasi, Respublika ixtisoslashtirilgan terapiya va tibbiy reabilitatsiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi Xorazm regional filiali, Toshkent tibbiyot akademiyasi Urganch filiali klinikasi amaliyotiga tatbiq etildi (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2022-yil 29-dekabrdagi 8n-z/727-sonli ma’lumotnomasi). Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi quyidagilardan iborat: taklif etilgan yondoshuv surunkali gepatit kasalligini o‘tkazgan va COVID-19 kasalligi bilan kasallangan bemorlarni erta tashhislash, davo choralari samaradorligini oshirish, hamda kasallik asoratlarini oldini olish imkoniyatini beradi. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi quyidagilardan iborat: Bemorlarda yuqorida ko‘rsatilgan laborator ko‘rsatkichlarni o‘z vaqtida aniqlash boshqa qo‘shimcha markyorlar aniqlanishi uchun kerak bo‘ladigan sarf-xarajatlarni cheklaydi, hamda bemorlar davolanishi uchun kerak bo‘ladigan shifoxona kunini qisqartiradi. 1 nafar bemor uchun 1 kunda kerak bo‘ladigan kunlik xarajat Toshkent tibbiyot akademiyasi Ko‘p tarmoqli klinikasi bo‘limida o‘rtacha xo‘jalik xisobidan davolanaetgan bemor uchun 250.000 so‘m, byudjet xisobidan davolanaetgan bemor uchun esa 200.000 so‘mni tashkil etadi. Gospitalizatsiya kunining 10 kundan 8 kunga kamaytirilishi bir bemor uchun xo‘jalik hisobidan 500 ming so‘m, byudjet hisobidan esa 400 ming so‘mning tejalishiga olib keladi. Xulosa: COVID-19 o‘tkazgan surunkali gepatit kasalligi mavjud bemorlarda tashxislash tadbirlarini to‘g‘ri o‘tkazish va ushbu bemorlarda gospitalizatsiya uchun kerak bo‘lgan mablag‘larning 1 nafar bemor hisobiga byudjet mablag‘larini 500.000 so‘mga va byudjetdan tashqari mablag‘larni 400.000 so‘mga iqtisod qilish imkonini bergan.
uchinchi ilmiy yangilik: surunkali gepatit va jigar sirrozi mavjud va COVID-19 o‘tkazgan bemorlarda postkovid xolatidagi immunometabolik mezonlardan INFα, bilirubin, IL-6 va ALT, IgG va albumin orasidagi korrelyativ bog‘lanishlar aniqlangan. Ilmiy yangilikning amaliyotga joriy qilinishi: Toshkent tibbiyot akademiyasi ko‘p tarmoqli klinikasi, Respublika ixtisoslashtirilgan terapiya va tibbiy reabilitatsiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi Xorazm regional filiali, Toshkent tibbiyot akademiyasi Urganch filiali klinikasi amaliyotiga tatbiq etildi (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2022-yil 29-dekabrdagi 8n-z/727-sonli ma’lumotnomasi). Bu ko‘rsatkichlar koviddan keyingi holatga xos immunometabolik mezon hisoblanadi. Ilmiy yangilikning ahamiyati: ilmiy tadqiqot davomida olingan natijalar koronavirus infeksiyasini o‘tkazgan surunkali gepatit kasalligi mavjud bemorlar klinik-laborator tekshiruvlarida kasallikni erta aniqlashga va asoratlar oldini olishga yordam beradi. Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi quyidagilardan iborat: COVID-19 o‘tkazgan surunkali gepatit kasalligi mavjud bemorlarda immunometabolik bog‘liqlikni aniqlash kasallik rivojlanishida kon klinik bioximik tahlili orqali interleykinlar, interferonlar va immunoglobulinlar holati haqida ma’lumot olish imkonini beradi. Bu ko‘rsatkichlar Koviddan keyingi holatga xos immunometabolik mezon hisoblanadi. Kasalliklarni davolash-diagnostika protokollarida keltirilgan laborator diagnostik usullar orqali interleykinlar, sitokinlar va immunoglobulinlar holatiga baho berish va immunokorreksiya o‘tkazish imkoniyati yaratiladi. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi quyidagilardan iborat: immunometabolik bog‘liqlikni aniqlash yordamida har bir bemor IL-6 tahlili uchun kerak bo‘lgan 215000 so‘m, IL-17 tahlili uchun kerak bo‘lgan 200000 so‘m, interferon alfa uchun sarflanadigan 170000 so‘m, interferon gamma uchun sarflanadigan 185000 so‘m, immunoglobulin A, M va G uchun sarflanadigan 420000 so‘m miqdordagi mablag‘ tejaladi. Shuningdek, bu tahlillar natijalarini kutish uchun ketadigan vaqt ham tejaladi. Xulosa: COVID-19 kasalligini o‘tkazgan surunkali gepatit kasalligi mavjud bemorlarda immunometabolik bog‘liqlikni aniqlash natijasida kon klinik bioximik tahlili orqali interleykinlar, interferonlar va immunoglobulinlar sarf xarajati uchun ketadigan mablag‘ va vaqt tejaladi. Bu mablag‘ bir bemor uchun o‘rta hisobda 1190000 so‘mni tashkil etadi.
to‘rtinchi ilmiy yangilik: surunkali jigar kasalliklari mavjud va koronavirus infeksiyasini o‘tkazgan bemorlarda ilk bor xaqqoniy ovqatlanish xolati va NRI indeksi orqali nutrision status baholangan, ovqatlanish holati etishmovchilik darajasi aniqlangan. Toshkent tibbiyot akademiyasi ko‘p tarmoqli klinikasi, Respublika ixtisoslashtirilgan terapiya va tibbiy reabilitatsiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi Xorazm regional filiali, Toshkent tibbiyot akademiyasi Urganch filiali klinikasi amaliyotiga tatbiq etildi (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2022-yil 29-dekabrdagi 8n-z/727-sonli ma’lumotnomasi). Ilmiy yangilikning ahamiyati. COVID-19 kasalligini o‘tkazgan surunkali jigar kasalliklari mavjud bemorlar davo jarayonlarida jigar va o‘t yo‘llari kasalliklari uchun tavsiya etiladigan 5-parhez stoliga rioya qilmaslik kasallik rivojlanishidan asoratlar rivojlanishiga olib keladi. Bu o‘z navbatida bemorning kasalxonada uzoq vaqt davolanishi, ko‘p dori vositalarining qo‘llanilishiga olib keladi. Bemor nutrision statusini aniqlash va parhez yordamida korreksiya qilish ortiqcha dori vositalari sarf xarajatini cheklaydi va shifo jarayonini tezlashtiradi. Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi quyidagilardan iborat: O‘tkazilgan tadqiqotlar natijasida COVID-19 kasalligini o‘tkazgan surunkali jigar kasalligi mavjud bemorlarning sutkalik ovqatlanishi me’yorga mos kelmasligi aniqlandi. Ilmiy tadqiqot davomida olingan ko‘rsatkichlar surunkali jigar kasalliklari mavjud bemorlar ovqatlanishini me’yorlashtirishga, oziq-ovqatlar energetik qiymatini me’yorlashtirish imkonini beradi. Bu chora-tadbirlar bemorlar davolanishi kunlarining qisqarishiga, asoratlarning oldini olishga, bemorlarni sog‘lomlashtirishga yordam beradi. Tavsiya etilayotgan ovqatlanish ko‘rsatmalari davolash chora-tadbirlari bilan birga qo‘llanganida bemorlar umumiy holatini yaxshilaydi, davolash samaradorligini oshiradi va asoratlar yuzaga kelishini oldini oladi. Bu esa asoslanmagan dori darmon va biologik faol moddalarga sarf bo‘ladigan ortiqcha moliyaviy xarajatlarni keskin kamaytirish imkonini beradi. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi quyidagilardan iborat: bemorlar nutrision statusini aniqlash uchun bemor qon zardobidagi albumin (standart klinik tekshiruvlar panelida mavjud) va bemor tana vazni kerak bo‘ladi. Bu usul iqtisodiy jihatdan kamxarajat hisoblanadi. Bemorlar haqqoniy ovqatlanishini JSST tomonidan tavsiya etilgan anketa usulida aniqlash ham ortiqcha xarajat talab etmaydi. Og‘ir, o‘rta yoki engil darajadagi nutrision etishmovchilik aniqlangan holatlarda bemorlar individual parhez taklif etilishi orqali ovqatlanish tartiblari me’yorlashtiriladi. Bemorlar parhezini me’yorlash yo‘li bilan nutrision statusni korreksiya qilish ba’zi dori vositalari, jumladan albumin (bir bemor uchun o‘rtacha 750000 so‘m), polivitaminlar (bir bemor uchun o‘rtacha 40000 so‘m), aminokislotalar kompleksi (bir bemor uchun o‘rtacha 100000 so‘m) kabi dori vositalarining qo‘llanilishini kamaytiradi. Bu o‘z navbatida bemorning kasalxonada davolanish kunini qisqartiradi, byudjet va byudjetdan tashqari mablag‘larning tejalishiga olib keldi. Xulosa: COVID-19 kasalligini o‘tkazgan surunkali jigar kasalligi mavjud bemorlar parhezini me’yorlash yo‘li bilan nutrision statusni korreksiya qilish har bir bemor uchun o‘rta hisobda 890.000 so‘m miqdorida mablag‘ sarflanishi va kasalxonada davolanish kunini qisqartirishga erishiladi.
beshinchi ilmiy yangilik: o‘rta darajadagi nutritiv etishmovchilik (NRI indeksi 83.5-97.5) surunkali gepatit va jigar sirrozlari mavjud bemorlarda kuzatilib, og‘ir darajadagi nutritiv etishmovchilik xolatlari (NRI indeksi<83,5) COVID-19 o‘tkazgan bemorlar guruxlarida aniqlangan. Toshkent tibbiyot akademiyasi ko‘p tarmoqli klinikasi, Respublika ixtisoslashtirilgan terapiya va tibbiy reabilitatsiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi Xorazm regional filiali, Toshkent tibbiyot akademiyasi Urganch filiali klinikasi amaliyotiga tatbiq etildi (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2022-yil 29-dekabrdagi 8n-z/727-sonli ma’lumotnomasi). Ilmiy yangilikning ahamiyati. COVID-19 kasalligini o‘tkazgan surunkali jigar kasalliklari mavjud bemorlarda nutrision etishmovchilik aniqlanishi davo jarayonini murakkablashtiradi va asoratlar yuzaga kelishiga olib keladi. Bu o‘z navbatida bemorning kasalxonada uzoq vaqt davolanishi, ko‘p dori vositalarining qo‘llanilishiga olib keladi. Bemor nutrision statusini aniqlash va parhez yordamida korreksiya qilish ortiqcha dori vositalari sarf xarajatini cheslaydi va shifo jarayonini tezlashtiradi. Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi quyidagilardan iborat: O‘tkazilgan tadqiqotlar natijasida COVID-19 kasalligini o‘tkazgan surunkali jigar kasalligi mavjud bemorlarda nutrision etishmovchilik aniqlandi. Ilmiy tadqiqot davomida olingan ko‘rsatkichlar surunkali jigar kasalliklari mavjud bemorlar ovqatlanishini me’yorlashtirishga, oziq-ovqatlar energetik qiymatini me’yorlashtirish imkonini beradi. Bu chora-tadbirlar bemorlar davolanishi kunlarining qisqarishiga, asoratlarning oldini olishga, bemorlarni sog‘lomlashtirishga yordam beradi. Tavsiya etilayotgan ovqatlanish ko‘rsatmalari davolash chora-tadbirlari bilan birga qo‘llanganida bemorlar umumiy holatini yaxshilaydi, davolash samaradorligini oshiradi va asoratlar yuzaga kelishini oldini oladi. Bu esa asoslanmagan dori darmon va biologik faol moddalarga sarf bo‘ladigan ortiqcha moliyaviy xarajatlarni keskin kamaytirish imkonini beradi. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi quyidagilardan iborat: bemorlar nutrision statusini aniqlash uchun bemor qon zardobidagi albumin (standart klinik tekshiruvlar panelida mavjud) va bemor tana vazni kerak bo‘ladi. Bu usul iqtisodiy jihatdan kamxarj hisoblanadi. Bemorlar haqqoniy ovqatlanishini JSST tomonidan tavsiya etilgan anketa usulida aniqlash ham ortiqcha xarajat talab etmaydi. Og‘ir, o‘rta yoki engil darajadagi nutrision etishmovchilik aniqlangan holatlarda bemorlar individual parhez taklif etilishi orqali ovqatlanish tartiblari me’yorlashtiriladi. Bemorlar parhezini me’yorlash yo‘li bilan nutrision statusni korreksiya qilish ba’zi dori vositalari, jumladan albumin (bir bemor uchun o‘rtacha 750000 so‘m), polivitaminlar (bir bemor uchun o‘rtacha 40000 so‘m), aminokislotalar kompleksi (bir bemor uchun o‘rtacha 100000 so‘m) kabi dori vositalarining qo‘llanilishini kamaytiradi. Bu o‘z navbatida bemorning kasalxonada davolanish kunini qisqartiradi, byudjet va byudjetdan tashqari mablag‘larning tejalishiga olib keldi. Xulosa: COVID-19 kasalligini o‘tkazgan surunkali jigar kasalligi mavjud bemorlar parhezini me’yorlash yo‘li bilan nutrision statusni korreksiya qilish har bir bemor uchun o‘rta hisobda 890.000 so‘m miqdorida mablag‘ sarflanishi va kasalxonada davolanish kunini qisqartirishga erishiladi.