Turaev Farid Shuxratovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Soya izolyati bilan boyitilgan yangi oziq-ovqat mahsulotlarining zamonaviy muammolari», 14.00.07 – Gigiena (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.4.PhD/Tib3147.
Ilmiy rahbar: Shayxova Guli Islamovna, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent tibbiyot akademiyasi.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Toshkent tibbiyot akademiyasi, DSc.04/30.12.2019.Tib.30.03.
Rasmiy opponentlar: Iskandarov Tulkin Iskandarovich, akademik, tibbiyot fanlari doktori, professor; Zaredinov Damir Arifovich tibbiyot fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: S.D.Asfendiyarov nomidagi Qozoq milliy universiteti (Qozog‘iston Respublikasi).
II. Tadqiqotning maqsadi: soya izolyati va soya izolyati bilan boyitilgan yangi oziq-ovqat mahsulotlardan foydalanishni gigienik asoslash va takomillashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ilk bor ALFA SOY 001 soya oqsili izolyatining ozuqaviy va biologik qiymati isbotlangan;
ilk bor ALFA SOY 001 soya oqsili izolyatining biotibbiy xavfsizligi isbotlangan;
ilk bor ALFA SOY 001 soya oqsili izolyati bilan boyitilgan yangi makaron mahsulotining ozuqaviy va biologik qiymati aniqlangan;
ALFA SOY 001 soya oqsili izolyati va ALFA SOY 001 soya oqsili izolyati bilan boyitilgan makaron uchun texnik shartlar va texnologik yo‘riqnoma ishlab chiqilgan.
IV.Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Toshkent tibbiyot akademiyasi muvofiqlashtiruvchi ekspert kengashining 2023 yil 4 maydagi 04-23/11-x-son xulosasiga ko‘ra (ilmiy yangilikni boshqa sog‘liqni saqlash muassalariga joriy etish bo‘yicha Sog‘liqni saqlash vazirligiga Toshkent tibbiyot akademiyasining 2023 yil 5 maydagi 01-4/255-A-sonli xati taqdim etilgan):
ilk bor ALFA SOY 001 soya oqsili izolyatining ozuqaviy va biologik qiymati isbotlangani O‘zbekiston Respublikasi Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi qo‘mitasining Xorazm viloyati boshqarmasi bo‘yicha (27.04.2023 y.; № 127-I) hamda Samarqand viloyati boshqarmasi bo‘yicha (03.04.2023 y.; № 139-u) buyruq bilan amaliyotiga joriy etilgan. Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi quyidagilardan iborat: soya oqsili izolyati eksperimental sharoitda oqsil tanqislik holatlarini oldini olish, kunlik ratsionni oqsil bilan boyitish orqali ovqatlanish sifatini yaxshilagan. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi quyidagilardan iborat: «ALFA SOY 001» soya oqsili izolyati turli toifadagi baliq, go‘sht, sut, non va unli qandolat mahsulotlari, sho‘rvalar, souslar, yogurtlarni ishlab chiqarishda ishlatilishi natijasida ushbu mahsulotlarning biologik va ozuqaviy qiymatini oshirish, ularni oqsil, A, V1, V2, RR vitaminlari hamda lesitin bilan boyitish orqali oqsil etishmovchiligini bartaraf qilishga ko‘ra inson immunitetini oshirish va oqibatida mehnat qobiliyatiga ijobiy ta’sir ko‘rsatishi bilan izohlanadi. Xulosa: ALFA SOY 001 soya oqsili izolyatining ozuqaviy va biologik qiymati ko‘rsatkichlarini yaxshilash orqali eksperimental sharoitda oqsil tanqislik holatini oldini olish natijasida inson salomatligi holatini yaxshilash va xayot sifatini oshirish imkonini beradi;
ilk bor eksperimental sharoitda ALFA SOY 001 soya oqsili izolyatining biotibbiy xavfsizligini baholash ko‘rsatkichlari isbotlangani O‘zbekiston Respublikasi sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi qo‘mitasining Xorazm viloyati boshqarmasi bo‘yicha (27.04.2023 y.; № 127-I) hamda Samarqand viloyati boshqarmasi bo‘yicha (03.04.2023 y.; № 139-4) buyruq bilan amaliyotiga joriy etilgan. Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi quyidagilardan iborat: ALFA SOY 001 soya oqsili izolyatining biotibbiy xavfsizligi, kumulyativ va toksikologik ko‘rsatkichlarini baholash orqali oziq-ovqat mahsulotining xavfsizligi isbotlangan. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi quyidagilardan iborat: ALFA SOY 001 soya oqsili izolyatining eksperimental sharoitda samaradorligini baholashga ko‘ra inson organizmiga salbiy ta’sir ko‘rsatmasligi va oqibatida hayot sifatiga ijobiy ta’sir ko‘rsatishi bilan izohlanadi. Xulosa: eksperimental sharoitda ALFA SOY 001 soya oqsili izolyatining xavfsizligi, kumulyativ va toksikologik ko‘rsatkichlari baholash natijasida inson salomatligi holatini yaxshilash va xayot sifatini oshirish imkonini beradi;
ALFA SOY 001 soya oqsili izolyati bilan boyitilgan yangi makaron mahsulotining ozuqaviy va biologik qiymati isbotlangani O‘zbekiston Respublikasi sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi qo‘mitasining Xorazm viloyati boshqarmasi bo‘yicha (27.04.2023 y.; № 127-I) hamda Samarqand viloyati boshqarmasi bo‘yicha (03.04.2023 y.; № 139-4) buyruq bilan amaliyotiga joriy etilgan. Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi quyidagilardan iborat: ALFA SOY 001 soya oqsili izolyati bilan boyitilgan yangi makaron mahsulotining ozuqaviy va biologik qiymatini oshirish orqali xavfsiz va sifatli mahsulotlar tarkibi boyitilgan. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi quyidagilardan iborat: ALFA SOY 001 soya oqsili izolyati qo‘shilgan ozuqaviy va biologik qiymati oshgan yangi ishlab chiqilgan makaron mahsulotlari umumiy ovqatlanish tarmog‘iga foydalanish uchun tavsiya etish natijada ALFA SOY 001 soya oqsili izolyati bilan boyitilgan yangi makaron mahsulotining ozuqaviy va biologik qiymati aholida alimentar kasalliklarni oldini olish va oqsil tanqisligi oqibatida yuzaga keladigan xastaliklarni davolashga sarflanadigan xarajatlarni tejash imkonini berishi bilan izohlanadi. Xulosa: ALFA SOY 001 soya oqsili izolyati bilan boyitilgan yangi makaron mahsulotining ozuqaviy va biologik qiymatini baholash natijasida inson salomatligi holatini yaxshilash va xayot sifatini oshirish imkonini beradi;
ALFA SOY 001 soya oqsili izolyati va ALFA SOY 001 soya oqsili izolyati bilan boyitilgan makaron uchun ilk bor texnik shartlar va texnologik yo‘riqnoma ishlab chiqilgani O‘zbekiston Respublikasi sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi qo‘mitasining Xorazm viloyati boshqarmasi bo‘yicha (27.04.2023 y.; № 127-I) hamda Samarqand viloyati boshqarmasi bo‘yicha (03.04.2023 y.; № 139-4) buyruq bilan amaliyotiga joriy etilgan. Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi quyidagilardan iborat: soya oqsili izolyatidan foydalangan holda yangi oziq - ovqat mahsulotlari – makaronning sifat ko‘rsatkichlari to‘g‘risida ilmiy ma’lumotlar olingan, shuningdek yuqoridagi mahsulotlarni joriy etish va ishlab chiqarish yo‘lga qo‘yilgan. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi quyidagilardan iborat: yangi ishlab chiqilgan ALFA SOY 001 soya oqsili izolyati va ALFA SOY 001 soya oqsili izolyati bilan boyitilgan makaron mahslotlari aholida oqsil tanqisligi yuzaga kelishini olidini oladi va aminokislotalar kompleksi kabi dori vositalari qo‘llanilishini kamaytirishi bilan izohlanadi. Xulosa: ALFA SOY 001 soya oqsili izolyati va soya oqsili izolyati bilan boyitilgan makaronni ishab chiqarish natijasida aholida oqsil tanqisligini oldini olish va oqsil tanqisligi bilan bog‘liq kasalliklarni kamaytirish imkonini beradi.