Raxmatullaev Bobir Chorshamievichning
falsafa doktori (PhD) Dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I.Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Hududlar investisiya jozibadorligini oshirish istiqbollari»,
08.00.07 – «Moliya, pul muomalasi va kredit».
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.4.PhD/Iqt1235.
Ilmiy rahbar: Shomirov Azizbek Abdurashidovich, iqtisodiyot fanlari bo‘yicha falsafa doktori, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent moliya instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent moliya instituti, DSc.03/30.12.2019.I.17.01. Rasmiy opponentlar: Jumaev Nodir Xosiyatovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor; Xaydarov Nizomiddin Xamraevich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: G.V. Plexanov nomidagi Rossiya iqtisodiyot universiteti Toshkent shahri filiali. Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: innovatsion iqtisodiyot sharoitida hududlar investisiya jozibadorligini oshirishga qaratilgan ilmiy taklif va amaliy tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III.Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
investisiyalardan samarali foydalanish va eksport hajmlarini oshirish chora-tadbirlarini tuman (shahar), viloyat hamda respublika darajalarida 3 bosqichga ajratish orqali hududlar investisiya jozibadorligini oshirish taklif etilgan;
har bir hududning o‘ziga xos investision salohiyatidan kelib chiqib investision resurslarni jalb qilish va rag‘batlantirishni nazarda tutuvchi maxsus strategiyani ishlab chiqishda maqsad va vazifalar hamda ustuvor yo‘nalishlarni qamrab olgan asosiy mezonlar taklif etilgan;
bo‘lib-bo‘lib to‘lash sharti bilan sotilgan davlat aktivlari va qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallanmagan er uchastkalari bo‘yicha kamida 35 foiz miqdoridagi dastlabki to‘lovni bir yo‘la amalga oshirgan xaridorlarga mazkur davlat aktivlari va er uchastkalarini kredit ta’minoti sifatida garovga qo‘yish huquqini berish taklif etilgan;
mamlakatda investisiyaviy muhit jozibadorligini yanada oshirish va hududlarda tadbirkorlik faoliyatini rivojlantirishga ko‘maklashish maqsadida texnopark rezidentlarini barcha turdagi soliqlar va davlat maqsadli jamg‘armalariga majburiy ajratmalar (ijtimoiy soliqdan tashqari) to‘lashdan ozod qilish taklif etilgan.
IV.Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. O‘zbekistonda hududlar investisiya jozibadorligini oshirish bo‘yicha ishlab chiqilgan ilmiy taklif va amaliy tavsiyalar asosida:
investisiyalardan samarali foydalanish va eksport hajmlarini oshirish chora-tadbirlarini tuman (shahar), viloyat hamda respublika darajalarida 3 bosqichga ajratish orqali hududlar investisiya jozibadorligini oshirish taklifidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022 yil 28 yanvardagi PF-60-son «2022-2026 yillarga mo‘ljallangan yangi O‘zbekistonning taraqqiyot strategiyasi to‘g‘risida»gi farmonida “Milliy iqtisodiyotni jadal rivojlantirish va yuqori o‘sish sur’atlarini ta’minlash” deb nomlangan uchinchi ustuvor yo‘nalishining ishlab chiqilishida foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Investisiyalar, sanoat va savdo vazirligining 2023 yil 22 fevraldagi 03-08-1-01770-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, 2022 yilda 11,9 milliard dollarlik xorijiy investisiyalar o‘zlashtirildi. Shundan 10,1 milliard dollari to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investisiyalarni tashkil etgan;
har bir hududning o‘ziga xos investision salohiyatidan kelib chiqib investision resurslarni jalb qilish va rag‘batlantirishni nazarda tutuvchi maxsus strategiyani ishlab chiqishda maqsad va vazifalar hamda ustuvor yo‘nalishlarni qamrab olgan asosiy mezonlar haqidagi tavsiyasi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022 yil 28 yanvardagi PF-60-son «2022-2026 yillarga mo‘ljallangan yangi O‘zbekistonning taraqqiyot strategiyasi to‘g‘risida»gi farmonida “Milliy iqtisodiyotni jadal rivojlantirish va yuqori o‘sish sur’atlarini ta’minlash” deb nomlangan uchinchi ustuvor yo‘nalishining ishlab chiqilishida foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Investisiyalar, sanoat va savdo vazirligining 2023 yil 22 fevraldagi 03-08-1-01770-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, 2022 yilda xorijiy investisiyalarning o‘tgan yilga nisbatan o‘sish sur’ati 107 foizni tashkil etgan;
bo‘lib-bo‘lib to‘lash sharti bilan sotilgan davlat aktivlari va qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallanmagan er uchastkalari bo‘yicha kamida 35 foiz miqdoridagi dastlabki to‘lovni bir yo‘la amalga oshirgan xaridorlarga mazkur davlat aktivlari va er uchastkalarini kredit ta’minoti sifatida garovga qo‘yish huquqini berish to‘g‘risidagi taklifi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022 yil 8 apreldagi PF-101-son «Tadbirkorlik muhitini yaxshilash va xususiy sektorni rivojlantirish orqali barqaror iqtisodiy o‘sishni uchun shart-sharoitlar yaratish borasidagi navbatdagi islohotlar to‘g‘risida»gi farmoni ishlab chiqilishida foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Investisiyalar, sanoat va savdo vazirligining 2023 yil 22 fevraldagi 03-08-1-01770-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, xususiylashtirish jarayonlarini jadallashtirish, investisiyaviy muhit jozibadorligini oshirish hamda davlat aktivlarini (davlat aksiya paketlari, ulushlari, ko‘chmas mulk ob’ektlari) sotib olgan investorlarga qo‘shimcha qulayliklar yaratilgan;
mamlakatda investisiyaviy muhitning jozibadorligini yanada oshirish va hududlarda tadbirkorlik faoliyatini rivojlantirishga ko‘maklashish maqsadida texnopark rezidentlarini barcha turdagi soliqlar va davlat maqsadli jamg‘armalariga majburiy ajratmalar (ijtimoiy soliqdan tashqari) to‘lashdan ozod qilish haqidagi taklif O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022 yil 15 oktyabrdagi 606-son «Respublika hududlarida innovatsiya va investisiya faoliyatini jadallashtirishning qo‘shimcha chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi qarori ishlab chiqilishida foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Investisiyalar, sanoat va savdo vazirligining 2023 yil 22 fevraldagi 03-08-1-01770-sonli ma’lumotnomasi).