Sarimsaqov Maqsudxon Mo‘sinovichning
fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “O‘zbekistonning sug‘oriladigan mintaqasida intensiv olma bog‘larni sug‘orishning suv tejamkor texnologiyalarini ilmiy-amaliy asoslari (sug‘oriladigan tipik bo‘z va o‘tloqi allyuvial, o‘tloqi bo‘z va och tusli bo‘z tuproqlar sharoitida)”, 06.01.02-Melioratsiya va sug‘orma dehqonchilik (qishloq xo‘jaligi fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam B2022.4.DSc/Qx227.
Ilmiy maslahatchi: Isaev Sabirjan Xusanboevich, qishloq xo‘jaligi fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: TIQXMMI Milliy tadqiqot universtiteti Buxoro tabiiy resurslarni boshqarish instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Paxta seleksiyasi, urug‘chiligi va etishtirish agrotexnologiyalari ilmiy‒tadqiqot instituti, DSc.05/30.12.2019.Qx.42.01.
Rasmiy opponentlar: Nurmatov Sherali Nurmatovich, qishloq xo‘jaligi fanlari doktori, professor; Isashov Anvarjon, qishloq xo‘jaligi fanlari doktori, professor; Fayziev Jamoliddin Nosirovich, qishloq xo‘jaligi fanlari doktori, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Toshkent davlat agrar universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi Toshkent va Andijon viloyatlarining irrigatsiya eroziyasiga moyil, sug‘oriladigan tipik bo‘z, och tusli bo‘z hamda Toshkent va Sirdaryo viloyatlarining o‘tloqi allyuvial, o‘tloqi-bo‘z tuproqlari sharoitida turli sug‘orish usullarida sug‘orish texnikasi elementlari, sug‘orish me’yori va muddatlarini belgilash, intensiv olma bog‘larning mavsumiy suv iste’molini aniqlash hamda sug‘orish me’yorlarini hisoblash usullarini takomillashtirish, turli sug‘orish usullarida tuproqning hisobiy qatlamini namlanish konturi parametrlarini modellashtirish usullarini takomillashtirish va minimal suv sarfini ta’minlovchi sug‘orish texnologiyasining ilmiy asoslarini ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ilk bor Toshkent, Sirdaryo va Andijon viloyatlarining sug‘oriladigan tipik bo‘z va o‘tloqi-allyuvial, o‘tloqi bo‘z va och tusli bo‘z tuproqlari sharoitida intensiv olma bog‘larni sug‘orishda suv tejamkorligini ta’minlovchi sug‘orish texnikasi elementlari ishlab chiqilgan;
intensiv olma bog‘larni tuproqning hisobiy 0,8 m qatlamini namlik bilan ta’minlab, sug‘orishni ChDNS ga nisbatan 75-80-70% tartibida: sug‘oriladigan tipik bo‘z tuproqlar sharoitida sug‘orish me’yorlarini ko‘ndalang to‘siqchali egatlarda 400-560 m3/ga, o‘tloqi allyuvial tuproqlar sharoitida tomchilatib sug‘orish me’yorini 60-90 m3/ga, o‘tloqi-bo‘z tuproqlar sharoitida egatga plyonka to‘shab sug‘orish me’yorini 460-700 m3/ga, och tusli bo‘z tuproqlar sharoitida an’anaviy usulda sug‘orish me’yorini 360-500 m3/ga qilib belgilash maqbul ekanligi aniqlangan;
sug‘oriladigan tipik bo‘z, o‘tloqi allyuvial, o‘tloqi-bo‘z va och tusli bo‘z tuproqlar sharoitida sug‘orish tartibi va texnikasi elementlarining intensiv olma bog‘larni sug‘orish va mavsumiy suv me’yorlariga ta’siri o‘rganilib, intensiv olma bog‘larning mavsumiy suv iste’moli aniqlandi, har qanday sug‘orish usulida tuproqning 0,8 m hisobiy qatlamini namlik bilan ta’minlab, ChDNS ga nisbatan 75-80-70% tartibda sug‘orish, mavsumiy suv sarfini 3,7-25,4% ga iqtisod qilishi aniqlangan;
sug‘oriladigan tipik bo‘z, o‘tloqi allyuvial, o‘tloqi-bo‘z va och tusli bo‘z tuproqlar sharoitida tuproqning hisobiy 0,8 m qatlamini, ChDNS ga nisbatan 75-80-70% tartibda namlik bilan ta’minlanganda, intensiv olma bog‘larining atmosfera yog‘inlaridan foydalanishi nazoratga nisbatan 4,4% ga, sug‘orish suvidan foydalanishi 5,8% ga ortganligi, umumiy suv iste’moli miqdorini 6,3% ga kamayishi, shuningdek, 1,0-9,5 t/ga qo‘shimcha olma hosili etishtirishni ta’minlashi asoslangan;
dala tajribalarini to‘liq faktorli tajriba asosida amalga oshirish uslubi hamda ushbu uslubda sug‘orish me’yorini belgilash uchun tuproqning namlanish dinamikasini aniqlashning matematik modeli yaratilgan va O‘zbekiston Respublikasi intellektual mulk agentligining «Intensiv bog‘larda suv tejamkor texnologiyalarni qo‘llashning afzalliklari» hamda tuproqning namlanish dinamikasini «4 faktor» asosida aniqlash modeli EHM dasturlari uchun DGU 14666–sonli va DGU 15552–sonli guvohnomalari olingan;
intensiv olma bog‘larini tomchilatib sug‘orishda sug‘orish me’yorlarini hisoblashning V.N.Shkura tomonidan taklif etilgan hisoblash usuli stoxastik tizimlar usuliga ko‘ra elliptik parabola shaklidagi hajmni aniqlash ifodasiga asoslangan holda
takomillashtirilgan;
intensiv olma bog‘larini suv bilan ta’minlashning tuproqning so‘rish kuchi (osmos qonuniyati)ga asoslangan sug‘orish texnologiyasining ilmiy-amaliy nazariyasi ishlab chiqilgan;
sug‘orish suvini iqtisod qilishga qaratilgan sug‘orish texnika va texnologiyalarini intensiv olma bog‘larining o‘sishi, rivojlanishi, meva vazni va olma hosildorligiga ta’sirining ilmiy asoslari ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Intensiv olma bog‘larni sug‘orishning suv tejamkor texnologiyalarini takomillashtirish bo‘yicha olib borilgan tadqiqotlar natijalari asosida:
«Intensiv olma bog‘larida sug‘orish me’yorlarini ishlab chiqish bo‘yicha tavsiyalar» tasdiqlangan (Suv xo‘jaligi vazirligining 2023 yil 17 martdagi № 03/37-842-son ma’lumotnomasi). Ushbu tavsiyanoma respublikada intensiv bog‘dorchilik bilan shug‘ullanuvchi xo‘jaliklarda suv resurslarini iqtisod qilish va bog‘larni sug‘orish me’yor va muddatlarini belgilashga xizmat qilmoqda;
sug‘oriladigan tipik bo‘z tuproqlar sharoitida intensiv olma bog‘larni sug‘orishda irrigatsiya eroziyasi oldi olindi, ta’minlangan sug‘orish me’yori Toshkent viloyatining Qibray tumanidagi intensiv bog‘dorchilik xo‘jaligida 10,3 gektar maydonga joriy etilgan (Suv xo‘jaligi vazirligining 2023 yil 17 martdagi № 03/37-842-son ma’lumotnomasi). Natijada tuproq unumdorligini saqlab qolishda, ko‘ndalang to‘siqchali egatlardan foydalanib, ChDNS ga nisbatan 75-80-70% tartibda, tuproqning 0,8 m hisobiy qatlamini namlik bilan ta’minlab sug‘orish, mavsumiy sug‘orish me’yorini o‘rtacha 20,5 foizga iqtisod qilishi, olma hosildorligini o‘rtacha 5,7 t/ga ga yuqori bo‘lish imkonini bergan;
o‘tloqi-allyuvial tuproqlar sharoitida intensiv olma bog‘larning tomchilatib sug‘orish me’yori va texnikasi elementlari ilmiy-amaliy jihatdan asoslangan, Toshkent viloyatining Toshkent tumanidagi intensiv bog‘dorchilik fermer xo‘jaligida 10,7 gektar maydonda joriy etilgan (Suv xo‘jaligi vazirligining 2023 yil 17 martdagi № 03/37-842-son ma’lumotnomasi). Natijada intensiv olma bog‘larni ChDNS ga nisbatan 75-80-70% tartibda, tuproqning 0,8 m hisobiy qatlamini namlik bilan ta’minlab tomchilatib sug‘orish, masumiy sug‘orish me’yorini 18,8 foizga kamaytirish hamda 4,8 t/ga yuqori olma hosili etishtirish imkonini yaratgan;
och tusli bo‘z tuproqlar sharoitida ishlab chiqilgan sug‘orish texnikasi elementlari Andijon viloyatining Asaka tumanidagi intensiv olma bog‘larining 23,4 gektar maydonida joriy etilgan (Suv xo‘jaligi vazirligining 2023 yil 17 martdagi № 03/37-842-son ma’lumotnomasi). Intensiv olma bog‘larni ChDNS ga nisbatan 75-80-70% tartibda, tuproqning 0,8 m hisobiy qatlamini namlik bilan ta’minlab tomchilatib sug‘orish, masumiy sug‘orish me’yorini 16,6 foizga iqtisod qilish hamda olma hosildorligini 2,9 t/ga yuqori bo‘lish imkonini bergan;
o‘tloqi-bo‘z tuproqlar sharoitida ishlab chiqilgan tomchilatib sug‘orish texnikasi elementlari Andijon viloyatining Marhamat tumanidagi intensiv bog‘dorchilik fermer xo‘jaligining 3,5 gektar maydonda joriy etilgan (Suv xo‘jaligi vazirligining 2023 yil 17 martdagi № 03/37-842-son ma’lumotnomasi). Natijada intensiv olma bog‘larni ChDNS ga nisbatan 75-80-70% tartibda, tuproqning 0,8 m hisobiy qatlamini namlik bilan ta’minlab tomchilatib sug‘orish, olma daraxtlarining o‘sib-rivojlanishi uchun qulay sharoit yaratgan hamda mavsumiy sug‘orish me’yorini 13,9 foizga tejash va hosildorlikni 0,8 t/ga gacha oshirish imkonini bergan.