Kayumova Visola Raimovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «COVID-19 reabilitatsiya davridagi bemorlarda so‘lak bezlari patologiyasini davolashni takomillashtirish», 14.00.21-Stomatologiya (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2021.4.PhD/Tib2283.
Ilmiy rahbar: Bekjanova Olga Esenovna, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat stomatologiya instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Toshkent davlat stomatologiya instituti, DSc04/30.12.2019.Tib.59.01.
Rasmiy opponentlar: Antonova Aleksandra Anatol`evna, tibbiyot fanlari doktori, professor (Rossiya Federatsiyasi); Kamilov Xaydar Pazilovich, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: keng qamrovli klinik va laboratoriya tekshiruvi asosida COVID-19 reabilitatsiya davridagi bemorlarda so‘lak bezlari patologiyasini tashxislash va davolash samaradorligini oshirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
COVIDdan keyingi davrdagi bemorlarda stomatologik patologiyani (kserostomiya, og‘iz bo‘shlig‘ining klinik quruqligi va hayot sifatining pasayishi) COVIDdan keyingi davrning og‘irlik darajasi bilan bog‘liqligi aniqlangan;
klinik va laboratoriya tadqiqotlari natijalariga ko‘ra, COVIDdan keyingi davrning klinik kechishi salivatsiya darajasining pasayishiga, aralash so‘lakning fizik-kimyoviy ko‘rsatkichlari va LPO-AOS tizimi balansining o‘zgarishiga ta’siri aniqlangan;
ultratovush tekshirish usuli yordamida tizimli yallig‘lanish darajasi va qon giperkoagulyasiyasining parenximadagi struktur o‘zgarishlarning og‘irligi bilan bog‘liqligi isbotlangan;
so‘lak bezlari patologiyasining paydo bo‘lishi va og‘irlik darajasini bashorat qilish uchun anamnestik, klinik va laboratoriya ko‘rsatkichlari majmuasi yordamida aniqlanadigan, COVIDdan keyingi holat bilan bog‘liq bo‘lgan so‘lak bezlari patologiyasini aniqlash va davolash imkonini beradigan usul ishlab chiqilgan;
COVIDdan keyingi davrdagi bemorlarda so‘lak bezlari patologiyasini davolashda antioksidant Tiatriozolin va Longidaza ferment preparati yordamida salivatsiyani stimulyasiyalash, LPO-AOS muvozanatini tartibga solish va so‘lak bezlari parenximasini tiklashga yordam beradigan kompleks davolash usuli ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Toshkent davlat stomatologiya instituti muvofiqlashtiruvchi ekspert kengashining 2023 yil 12 iyul` №04-x/11-son xulosasiga ko‘ra:
birinchi ilmiy yangilik: COVIDdan keyingi davrdagi bemorlarda stomatologik patologiyani (kserostomiya, og‘iz bo‘shlig‘ining klinik quruqligi va hayot sifatining pasayishi) COVIDdan keyingi davrning og‘irlik darajasi bilan bog‘liqligi aniqlangan. COVID-19 bilan kasallangan bemorlarning shikoyatlari, umumiy holati, bu kasalliklarning namoyon bo‘lish chastotasi, ularning COVID-19 kasalligi o‘rtasidagi bog‘liqligini hisobga olgan holda klinik baholash imkonini beruvchi, stomatologik patologiyaning og‘irligi va yuzaga kelishini baholashning klinik mezonlarini ishlab chiqish va amalga oshirishga qaratilgan natijalar asosida ishlab chiqilgan «Klinicheskaya xarakteristika chastoti vstrechaemosti i tyajesti stomatologicheskoy patologii u patsientov, perenesshix COVID-19» nomli uslubiy tavsiyanoma tasdiqlangan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2022 yil 5 iyuldagi 8n-r/762-son ma’lumotnomasi) va olingan ilmiy natijalar sog‘liqni saqlash amaliyotiga, xususan, Toshkent shahri 1-stomatologiya poliklinikasi (20.07.2022 y.; №39) hamda Samarqand shahar Stomatologiya poliklinikasi (11.07.2022 y.; №52) Terapevtik stomatologiya bo‘limlarining amaliy faoliyatiga tadbiq etilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2023 yil 6 yanvardagi 8n-r/15-son xulosasi). Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi quyidagilardan iborat: COVIDdan keyingi davrda bemorlarda kserostomiyaning paydo bo‘lishi va mavjudligi xavfini, ularni tashhislash, davolash va kuzatish usullarini bilishlari muhimdir; olingan natijalar stomatolog tomonidan o‘rganilayotgan bemorlarni dispanser kuzatuv zarurligi to‘g‘risida xulosa qilish uchun asos bo‘ldi. Og‘iz bo‘shlig‘i kserostomiyasining og‘irligini baholash, davolash va oldini olish bilan bir qatorda COVID-19 ning reabilitatsiya tadbirlari tizimiga kiritish zarurligi asoslandi. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi quyidagilardan iborat: amaliy stomatologiyada og‘irlik darajasini baholashning yarim miqdoriy usulidan foydalanish va COVID dan keyingi holat bilan bog‘liq so‘lak bezlari patologiyasini bashorat qilish usuli kasallikning og‘irlik darajasini va davolash samaradorligini baholashning ob’ektiv vositasi bo‘lib, patologiyani tashxislashga, kasallikni to‘xtatish va rivojlanish xavfini kamaytirishga qaratilgan terapevtik va profilaktika choralarini o‘z vaqtida amalga oshirishga yordam beradi. O‘z vaqtida va to‘g‘ri tashhis qo‘yish bemorning hayot sifati yaxshilanishiga, kasallik varaqasi kunlari sonining kamayishiga va tartibsiz dori vositalarini ishlatilishini oldini olishga yordam beradi.
ikkinchi ilmiy yangilik: klinik va laboratoriya tadqiqotlari natijalariga ko‘ra, COVIDdan keyingi davrning klinik kechishi salivatsiya darajasining pasayishiga, aralash so‘lakning fizik-kimyoviy ko‘rsatkichlari va LPO-AOS tizimi balansining o‘zgarishiga ta’siri aniqlangan. Bu esa COVID-19 bilan kasallangan bemorlarda co‘lak bezlari patologiyasini rivojlanish xavfini erta aniqlashga, kasallikni to‘xtatish va profilaktika choralarini o‘z vaqtida amalga oshirishga yordam beruvchi, stomatologik patologiyaning og‘irligi va yuzaga kelishini baholashga qaratilgan natijalar asosida ishlab chiqilgan «Klinicheskaya xarakteristika chastoti vstrechaemosti i tyajesti stomatologicheskoy patologii u patsientov, perenesshix COVID-19» nomli uslubiy tavsiyanoma tasdiqlangan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2022 yil 5 iyuldagi 8n-r/762-son ma’lumotnomasi) va olingan ilmiy natijalar sog‘liqni saqlash amaliyotiga, xususan, Toshkent shahri 1-stomatologiya poliklinikasi (20.07.2022 y.; №39) hamda Samarqand shahar Stomatologiya poliklinikasi (11.07.2022 y.; №52) Terapevtik stomatologiya bo‘limlarining amaliy faoliyatiga tadbiq etilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2023 yil 6 yanvardagi 8n-r/15-son xulosasi). Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi quyidagilardan iborat: og‘iz bo‘shlig‘ida koronovirus infeksiyasini o‘tkazgan bemorlarda intoksikatsiya va somatik kasalliklarning organizmga umumiy ta’siri bilan boshlangan patologiyaning tarqalishini aniqlandi. Tashxis qo‘yish, etarli terapiya va kuzatuvni shakllantirish uchun stomatologlarni ushbu holat haqida xabardor qilish muhimdir; so‘lak bezlarining tizimli kasalliklardagi gipofunksiyasini aniqlashda ushbu kasalliklardan kelib chiqadigan asoratlarni oldini olish uchun so‘lak bezlarining funksional faolligi va disfunksiyasini baholash muhim axamiyatga ega. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi quyidagilardan iborat: Amaliy stomatologiyada og‘irlik darajasini baholashning yarim miqdoriy usulidan foydalanish va COVIDdan keyingi holat bilan bog‘liq so‘lak bezlari patologiyasini bashorat qilish usuli kasallikning og‘irlik darajasini va davolash samaradorligini baholashning ob’ektiv vositasi bo‘lib, patologiyani tashxislashga, kasallikni to‘xtatish va rivojlanish xavfini kamaytirishga qaratilgan terapevtik va profilaktika choralarini o‘z vaqtida amalga oshirishga yordam beradi. O‘z vaqtida amalga oshirilgan tashxis va davo chorasi iqtisodiy jihatdan harajatlarning kamayishiga yordam beradi.
uchinchi ilmiy yangilik: ul`tratovush tekshirish usuli yordamida tizimli yallig‘lanish darajasi va qon giperkoagulyasiyasining parenximadagi struktur o‘zgarishlarning og‘irligi bilan bog‘liqligi isbotlangan va OMERACT yarim miqdoriy baholashga asoslangan so‘lak bezlarining ul`tratovush tekshiruvi natijasida, COVIDdan keyingi davrda so‘lak bezlari disfunksiyasining og‘irlik darajasini bashoratlash uchun tashhislash sifatini oshiradigan va davolash samaradorligini baholaydigan usul ishlab chiqildi. Olingan ilmiy natijalar sog‘liqni saqlash amaliyotiga, xususan, Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Toshkent shahri 1-stomatologiya poliklinikasi (20.07.2022 y.; №39) hamda Samarqand shahar Stomatologiya poliklinikasi (11.07.2022 y.; №52) Terapevtik stomatologiya bo‘limlarining amaliy faoliyatiga tadbiq etilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2023 yil 6 yanvardagi 8n-r/15-son xulosasi). Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi quyidagilardan iborat: UTT MRT yoki MSKT tekshiruviga nisbatan noinvaziv; tekshiruvga maxsus tayyorgarlikni talab qilmaydi; tekshiruv narxi ancha arzon; deyarli xamma DPM larida mavjud. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi quyidagilardan iborat: amaliy stomatologiyada og‘irlik darajasini baholashning yarim miqdoriy usulidan foydalanish va COVID dan keyingi holat bilan bog‘liq so‘lak bezlari patologiyasini bashorat qilish usuli kasallikning og‘irlik darajasini va davolash samaradorligini baholashning ob’ektiv vositasi bo‘lib, patologiyani tashhislashga, kasallikni to‘xtatish va rivojlanish xavfini kamaytirishga qaratilgan terapevtik va profilaktika choralarini o‘z vaqtida amalga oshirishga yordam beradi. O‘z vaqtida amalga oshirilgan tashhis va davo chorasi iqtisodiy jihatdan harajatlarning kamayishiga yordam beradi.
to‘rtinchi ilmiy yangilik: So‘lak bezlari patologiyasining paydo bo‘lishi va og‘irlik darajasini bashorat qilish uchun anamnestik, klinik va laboratoriya ko‘rsatkichlari majmuasi yordamida aniqlanadigan, COVIDdan keyingi holat bilan bog‘liq bo‘lgan so‘lak bezlari patologiyasini aniqlash va davolash imkonini beradigan usul ishlab chiqilgan, bu esa nafaqat patologiyaning paydo bo‘lishi va og‘irlik darajasini, balki davolash taktikasi va strategiyasini oldindan belgilash va uning samaradorligini nazorat qilish imkonini beruvchi bashorat qilish usuli va so‘lak bezi patologiyasining og‘irlik darajasini baholash usuli ishlab chiqilgan. Usulning sezgirligini 93,59%; o‘ziga xoslik - 91,04% va umumiy sezuvchanlik - 92,41% ni tashkil qiladi. So‘lak bezlari patologiyasi va stomatologik patologiyaning og‘irligini bashorat qilishga qaratilgan ilmiy natijalar asosida «Prognoz klinicheskogo techeniya patologii slyunnix jelez u patsientov, perenesshix COVID-19» nomli uslubiy tavsiyanoma tasdiqlangan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2022 yil 5 iyuldagi 8n-r/763-son ma’lumotnomasi). Olingan ilmiy natijalar sog‘liqni saqlash amaliyotiga, xususan, Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Toshkent shahri 1-stomatologiya poliklinikasi (20.07.2022 y.; №39) hamda Samarqand shahar Stomatologiya poliklinikasi (11.07.2022 y.; №52) Terapevtik stomatologiya bo‘limlarining amaliy faoliyatiga tadbiq etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligining 2023 yil 6 yanvardagi 8n-r/15-son xulosasi). Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi: COVID-19 bilan kasallangan bemorlarda so‘lak bezlari patologiyasini rivojlanish xavfini aniqlaydigan klinik va anamnestik ko‘rsatkichlarni tahlil qilish, kasallik xafvini kamaytirishga qaratilgan davolash va profilaktika choralarini o‘z vaqtida amalga oshirishga yordam beradi. COVIDdan keyingi holat bilan bog‘liq so‘lak bezlari patologiyasini aniqlash va davolashga yordam beruvchi, ishlab chiqilgan bashoratlash usuli klinik amaliyotda foydalanish samarasi aniqlandi. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi quyidagilardan iborat: amaliy stomatologiyada og‘irlik darajasini baholashning yarim miqdoriy usulidan foydalanish va COVIDdan keyingi holat bilan bog‘liq so‘lak bezlari patologiyasini bashorat qilish usuli kasallikning og‘irlik darajasini va davolash samaradorligini baholashning ob’ektiv vositasi bo‘lib, patologiyani tashxislashga, kasallikni to‘xtatish va rivojlanish xavfini kamaytirishga qaratilgan terapevtik va profilaktika choralarini o‘z vaqtida amalga oshirishga yordam beradi. O‘z vaqtida amalga oshirilgan tashxis va davo chorasi iqtisodiy jihatdan harajatlarning kamayishiga yordam beradi.
beshinchi ilmiy yangilik: COVIDdan keyingi davrdagi bemorlarda so‘lak bezlari patologiyasini davolashda antioksidant Tiatriozolin va Longidaza ferment preparati yordamida salivatsiyani stimulyasiyalash, LPO-AOS muvozanatini tartibga solish va so‘lak bezlari parenximasini tiklashga yordam beradigan kompleks davolash usuli ishlab chiqilgan va uning yuqori samaradorligi og‘iz bo‘shlig‘ining kserostomiya hissi va og‘iz bo‘shlig‘ining klinik quruqligini kamaytirish, so‘lak bezlari parenximasini, LPO-AOS balansi va aralash so‘lakning funksional va fizik-kimyoviy parametrlarini tiklashga ijobiy ta’siri bilan isbotlangan. Davolashning umumiy samaradorligi 48,00% dan oshgan. COVIDdan keyingi davrda so‘lak bezlari patologiyasini og‘irligini ekspress rejimda miqdoriy baholash dasturi ishlab chiqildi va og‘irlik darajasiga ko‘ra davolash sxemasi qo‘llanildi («Kolichestvenniy metod otsenki tyajesti patologii slyunnix jelez u patsientov v reabilitatsionnom periode COVID-19. Olingan ilmiy natijalar sog‘liqni saqlash amaliyotiga, xususan, Toshkent shahri 1-stomatologiya poliklinikasi (20.07.2022 y.; №39) hamda Samarqand shahar Stomatologiya poliklinikasi (11.07.2022 y.; №52) Terapevtik stomatologiya bo‘limlarining amaliy faoliyatiga tadbiq etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligining 2023 yil 6 yanvardagi 8n-r/15-son xulosasi). Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi quyidagilardan iborat: salivatsiyaning o‘ziga xos xususiyatlari, og‘iz suyuqligidagi LPO-AOS jarayonlari holati bo‘yicha tadqiqot natijasida olingan ma’lumotlar COVIDdan keyingi davrda so‘lak bezlari patologiyasi patogenezini tushunishni sezilarli darajada kengaytiradi. COVIDdan keyingi davrning turli og‘irlik darajasiga ega bemorlarda og‘iz suyuqligining gomeostatik tizimini buzilishining og‘irlik darajasi to‘g‘risidagi ma’lumotlar davolash va profilaktika chora-tadbirlarini amalga oshirish uchun asosdir. COVID-19 bilan kasallangan bemorlarda so‘lak bezlari patologiyasini davolash bo‘yicha ishlab chiqilgan sxemaning yuqori samaradorligi og‘iz bo‘shlig‘ining kserostomiya hissi va og‘iz bo‘shlig‘ining klinik quruqligini kamaytirish, so‘lak bezlari parenximasini, LPO-AOS balansi va aralash so‘lakning funksional va fizik-kimyoviy parametrlarini tiklashga ijobiy ta’siri bilan isbotlangan; asosiy guruhdagi bemorlarda aralash so‘lakning LPO – AOS balansini normallashish samaradorligi nazorat guruhiga nisbatan 56,94% dan oshdi. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi quyidagilardan iborat: amaliy stomatologiyada og‘irlik darajasini baholashning yarim miqdoriy usulidan foydalanish va COVIDdan keyingi holat bilan bog‘liq so‘lak bezlari patologiyasini bashorat qilish usuli kasallikning og‘irlik darajasini va davolash samaradorligini baholashning ob’ektiv vositasi bo‘lib, patologiyani tashxislashga, kasallikni to‘xtatish va rivojlanish xavfini kamaytirishga qaratilgan terapevtik va profilaktika choralarini o‘z vaqtida amalga oshirishga yordam beradi. O‘z vaqtida va to‘g‘ri tashhis qo‘yish bemorning hayot sifati yaxshilanishiga, kasallik varaqasi kunlari sonining kamayishiga va tartibsiz dori vositalarini ishlatilishini oldini olishga yordam beradi.