Nasretdenova Dildora Odilovnaning 
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “COVID-19 o‘tkazgan bemorlarda surunkali yurak etishmovchiligining rivojlanishida fibroz biomarkerining prognostik ahamiyati” 14.00.05 – “Ichki kasalliklar” (tibbiyot fanlari). 
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2021.4. PhD/Tib 2230.    
Ilmiy rahbar: Nurillaeva Nargiza Muxtarxanovna, tibbiyot fanlari doktori, professor.
           Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent tibbiyot akademiyasi.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami:Toshkent tibbiyot akademiyasi, DSc.04/30.12.2019Tib30.02.
         Rasmiy opponentlar: Rahimova Dilorom Alimovna, tibbiyot fanlari doktori,  Muhamedova Muyassar Gafurdjanovna, tibbiyot fanlari doktori professori. 
Yetakchi tashkilot: Toshkent pediatriya tibbiyot instituti.
Dissertatsiyaning yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: koronavirus infeksiyasini o‘tkazgan bemorlarda klinik_tashhis ko‘rsatkichlar bilan Galektin-3 fibroz biomarkeri o‘zaro bog‘liqligini va  SYuE rivojlanishidagi rolini aniqlashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi: 
o‘tkazilgan koronavirus infeksiyasi fonida yurak ishemik kasalligi (YuIK) bilan og‘rigan bemorlarda surunkali yurak etishmovchiligining (SYuE) erta rivojlanishi va avj olishiga nisbatan maxsus fibroz biomarkeri – Galektin-3 ning prognostik ahamiyati asoslangan.
SYuE bilan og‘rigan bemorlarda koviddan keyingi davrda Galektin-3 miqdorining oshishi fonida klinik-laborator va gemodinamik ko‘rsatkichlar o‘rtasida korrelyasion aloqa aniqlangan.
bemorlarni davolash-tashxislash taktikasida muhim ahamiyatga ega bo‘lgan fibroz markeri Galektin-3 ning koviddan keyingi davrda SYuE FSning erta avj olishidagi roli va hissasi isbotlangan.
Koviddan keyingi davrda miokard fibrozini erta prognoz qilish uchun Galektin-3 miqdoriga mos ravishda SYuE bilan og‘rigan bemorlarni yuritish taktikasi takomillashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi
Toshkent tibbiyot akademiyasi muvofiqlashtiruvchi ekspert kengashining  2023-yil 20 iyundagi 06/012 son xulosasiga ko‘ra (ilmiy yangiliklarni boshqa sog‘liqni saqlash muassasalariga joriy etish bo‘yicha Sog‘liqni saqlash vazirligiga Toshkent tibbiyot akademiyasining 2021-yil 10-dekabrdagi 03/8779-sonli xati yuborilgan): 
birinchi ilmiy yangilik: o‘tkazilgan koronavirus infeksiyasi fonida yurak ishemik kasalligi (YuIK) bilan og‘rigan bemorlarda surunkali yurak etishmovchiligining (SYuE) erta rivojlanishi va avj olishiga nisbatan maxsus fibroz biomarkeri – Galektin-3 ning prognostik ahamiyati tahlil qilish Toshkent shahar Shayxontoxur  tumani 40-Oilaviy poliklinikasi 2022 yilning 27 avgustdagi 135-sonli buyruq bilan, Xorazm viloyati kardiologiya markazi 2022 yilning 9 sentabrdagi  62-sonli buyruq bilan amaliyotga joriy etilgan. Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi quyidagilardan iborat: taklif etilgan yondoshuv SYuE kasalligini o‘tkazgan va COVID-19 kasalligi bilan kasallangan bemorlarni erta tashxislash, davo choralari samaradorligini oshirish hamda kasallik asoratlarini oldini olishda nazariy va amaliy tibbiyot uchun imkoniyatni  kengaytirgan. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi quyidagilardan iborat: koronovirus infeksiyasini o‘tkazgan YuIK bilan og‘rigan bemorlarda Galektin-3 ni qondagi miqdorini aniqlash, COVID-19 dan keyingi davrda SYuE rivojlanishini erta tashxislash va avj olishini prognozlash usuli sifatida baholash, erta tashxislashni yo‘lga qo‘yish orqali ular qo‘shimcha tekshiruvlardan (exokardiografiya (ExoKG), natriyuretik peptidlar) dan voz kechish hisobiga bir tekshiruvga sarflanadigan 206000 so‘m, bir nafar bemordan 124000 so‘m ortiqcha sarf xarajatlarni iqtisod qilishga erishilgan.  Xulosa: Galektin-3 fibroz markerini qondagi miqdoriy tahlilini baholash COVID-19 dan keyingi davrda SYuE rivojlanishini erta tashxislash va prognozlash usuli sifatida tibbiy, ijtimoiy va iqtisodiy samaradorlikka ega innovatsion ishlanma sarflangan mablag‘larni oqlaydi. Yuqoridagilardan kelib chiqib xulosa qilish mumkinki, koronavirus kasalligini o‘tkazgan asosiy yurak-qon tomir kasalliklari (YuQTK) mavjud bemorlarda Galektin-3 biomarkerini miqdoriy baholash yordamida COVID-19 dan keyingi davrida SYuE rivojlanishini erta tashxislash usuli samarali bo‘lib, 1 nafar bemor hisobiga byudjet mablag‘larini 38100  so‘mga va byudjetdan tashqari mablag‘larni 124000 so‘mga iqtisod qilish imkonini bergan.
ikkinchi ilmiy yangilik: SYuE bilan og‘rigan bemorlarda koviddan keyingi davrda Galektin-3 miqdorining oshishi fonida klinik-laborator va gemodinamik ko‘rsatkichlar o‘rtasida korrelyasion aloqa mavjudligi Toshkent shahar Shayxontoxur  tumani 40-Oilaviy poliklinikasi 2022 yilning 27 avgustdagi 135-sonli buyruq bilan, Xorazm viloyati kardiologiya markazi 2022 yilning 9 sentabrdagi  62-sonli buyruq bilan amaliyotga joriy etilgan. Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi quyidagilardan iborat: SYuE kasalligini o‘tkazgan va COVID-19 kasalligi bilan kasallangan bemorlarni qon bosimi (sistolik qon bosimi (SAB) (r=0,36; p=0,05) va diastolik qon bosimi (DAB)) bilan bevosita korrelyasiyaga ega bo‘ladi (r=0,35; p=0,05)), klinik shkala va sinamalar orqali erta tashxislash hamda kasallik asoratlarini oldini olish imkoniyatini beradi. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi: SYuE bilan og‘rigan bemorlarda koviddan keyingi davrda Galektin-3 miqdori bilan birgalikda qon bosimni o‘lchash, funksional sinamalarni o‘tkazish bepul. Shu bilan birgalikda laborator ko‘rsatkichlardan protrombin indeksi (PTI), qisman faollashtirilgan tromboplastin vaqti (QFTV) va gemodinamik ko‘rsatkichlardan qonni ortib berish funksiyasini aniqlash yuqori samaradorlikka ega. SYuE bilan og‘rigan bemorlarning umumiy tekshiruviga 1478000 so‘m mablag‘ ketadi. Tadqiqotimizda isbotlangan korrelyasion aloqani hisobga olsak bizning tekshiruvlarda (PTI, QFTV, Galektin-3, exokardiografiya (ExoKG)) 322000 so‘m mablag‘ ketadi. Xulosa: COVID-19 o‘tkazgan bemorlarda, tadqiqot natijasida ishlab chiqilgan logistik usulda keng yoritilgan, SYuE erta rivojlanishi va avj olishini erta prognozlashda Galektin-3, PTI, QFTV larni aniqlash umumiy amaliyot shifokori uchun qulay hisoblanadi va 1 nafar bemor uchun byudjetdan tashqari va byudjet mablag‘larni 1156000 so‘mga iqtisod qilish imkonini bergan.
uchinchi ilmiy yangilik: bemorlarni davolash-tashxislash taktikasida muhim ahamiyatga ega bo‘lgan fibroz markeri Galektin-3 ning koviddan keyingi davrda SYuE FSning erta avj olishidagi roli va hissasi Toshkent shahar Shayxontoxur  tumani 40-Oilaviy poliklinikasi 2022 yilning 27 avgustdagi 135-sonli buyruq bilan, Xorazm viloyati kardiologiya markazi 2022 yilning 9 sentabrdagi  62-sonli buyruq bilan amaliyotga joriy etilgan. Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi: Galektin – 3 ning o‘rtacha miqdori 1,3 marta ishonchli darajada yuqori bo‘lib, bu mos holda o‘rtacha 20,4±0,13 ng/ml va 16,1±0,07 ng/ml qiymatlarini tashkil etdi (r<0,05). Shunindek erkaklarda qondagi Galektin - 3 ning o‘rtacha konsentratsiyasi 19,6±0,11 ng/ml ni tashkil etdi, bu esa ayollar qonida Galektin – 3 ning o‘rtacha ko‘rsatkichlaridan, tegishlicha 16,5±0,09 ng/ml statistik ahamiyatli darajada 1,2 barobar oshganligidan dalolat beradi (r<0,05). Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi: SYuE fibroz jarayonini isbotlab beruvchi markerlar ko‘p, ular natriy uretik peptid (NUP) (miya NUP, S-tip, D-tip) va Galektin-3. NUP qonda qisqa muddatda saqlanganligi uchun, Galektin-3 miqdorini aniqlash maqsadga muvofiq. Bundan tashqari NUP ning har bir tipini aniqlash 121000 so‘mdan bo‘lib Galektin-3 aniqlash har bir bemor uchun 82900 so‘mni tashkil qiladi, byudjetda tashqari 38100 so‘mni  tejab qolish imkonini beradi. Xulosa: Galektin-3 COVID-19 o‘tkazgan bemorlarda SYuE rivojlanishini erta aniqlash va avj olinishini prognozlashda ahamiyatli bo‘lib iqtisodiy va ijtimoiy samaradorlikka ega hamda ishlatilgan mablag‘larni oqlaydi. Keksa yoshli erkaklar qonida Galektin-3 ning yuqori darajasi qayd etilishi, bu organizmdagi fibroz va proliferativ jarayonlarni faollashishiga va fibroz jarayonini isbotlab beruvchi markerlarni qo‘shimcha tekshirishdan voz kechish 1 nafar bemor hisobiga byudjet mablag‘larini 38100 so‘m va byudjetdan tashqari mablag‘larni  550000 so‘mga iqtisod qilish imkonini bergan.
to‘rtinchi ilmiy yangilik: koviddan keyingi davrda miokard fibrozini erta prognoz qilish uchun Galektin-3 miqdoriga mos ravishda SYuE bilan og‘rigan bemorlarni yuritish taktikasi optimallashtirish Toshkent shahar Shayxontoxur  tumani 40-Oilaviy poliklinikasi 2022 yilning 27 avgustdagi 135-sonli buyruq bilan, Xorazm viloyati kardiologiya markazi 2022 yilning 9 sentabrdagi  62-sonli buyruq bilan amaliyotga joriy etilgan. Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi quyidagilardan iborat: har ikkala guruhdagi bemorlarda Galektin-3 konsentratsiyasini qayta tahlil qilish natijasida olingan ma’lumotlar ushbu biomarker miqdorining koronavirus o‘tkazilgandan so‘ng bir oy o‘tgach olingan o‘rtacha ko‘rsatkichlarga nisbatan deyarli 2 marta kamayganligini ko‘rsatdi. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi: COVID-19 ga chalingan 50% (24 nafar) va kovid infeksiyasisiz 53,7% (29 nafar) bemorda klinik simptomlarni baholash shkalasi (KXBSh) va ODYuS bo‘yicha ijobiy dinamika (o‘rtacha asosiy guruhda 2,2 ball va 402 m; kovid infeksiyasini o‘tkazmagan SEYu bilan og‘rigan bemorlarda - 2,3 ball va 430 m), oyoqlarda shishlar, yurakning qisqarish chastotasi (o‘rtacha 72,3) va jismoniy zo‘riqishda nafas qisishining kamayishi qayd etildi.  Ushbu ma’lumotlar mos ravishda NYHA tasnifi bo‘yicha SYuEning ijobiy dinamikasini ko‘rsatdi, ya’ni koronavirus infeksiyasidan so‘ng qayta tekshiruvdan o‘tkazilgan 24 bemordan 22 (91,6%) nafarida va kovid infeksiyasisiz 29 bemordan 23 (74%) nafarida SYuE ning I va II FS gacha pasayishi aniqlandi. Olingan ma’lumotlar kovid infeksiyasi o‘tkazilgandan so‘ng 6 oy o‘tgach SYuE bilan og‘rigan bemorlar qonida Galektin-3 miqdorining saqlanganligini ko‘rsatdi. Galektin-3 konsentratsiyasining ijobiy dinamikasi bemorlarning deyarli yarmida SYuE FSni pasaytirish imkonini berdi. Bunda bemorlarning vrach tomonidan tayinlangan standart terapiyaga rioya qilishi va koviddan keyingi davrda ularning klinik holati monitoringini yuritilishi muhim ahamiyatga egaligini ko‘rsatdi. SYuE og‘rigan bemorlar uchun logistik usul ishlab chiqarildi. Unga asosan koviddan keyingi davrida SYuE asoratlangan bemorlarda baholash prognozini aniqlash mumkin. Ushbu usul bir nechta qadamlardan iborat bo‘lib, 5 yildan ortiq YuIK va AG xastalangan bemorlarda klinik-anamnestik (tez charchash, xansirash, yurak tez urushi va hokazo simptomlar), baholash shkalalari va instrumental tekshirishlar asosida SYuE ni monitoring qilish zarur. Buning negizida  qonda Galektin-3 konsentratsiyasi baland va havfi yuqori guruhidagi bemorlar, ayniqsa keksa yoshdagi erkaklar, yaqin 1 yil ichida standart terapiya fonida - prognoz qoniqarsiz hisoblangani sababli ushbu markerni aniqlash orqali bemorlarning tekshiruviga qaratilgan pullik harajatlari 1156000 so‘mga kamaytirilgan (SYuE  tashxislashda  tekshiruvlarni (ExoKG, PTI, KFTV, NUP,Galektin-3,EChT, QBT, QUT, SUT) o‘tkazish  1478000 so‘mni tashkil qiladi, natijada bir bemor hisobidan 322000 so‘m mablag‘ iqtisod qilinadi). Xulosa: Bemorda qonda Galektin-3 miqdorini aniqlash SYuE tashxislash uchun ketadigan (instrumental tekshiruvlar – ExoKG 85000so‘m, laborator ko‘rsatkichlar – NUP 121000so‘m, qon umumiy va bioximik tahlillari uchun  950000 so‘m ) ortiqcha sarf xarajatlardan voz kechishga olib keldi, ya’ni 1 nafar bemor hisobiga byudjet mablag‘larini 1156000 so‘mga va byudjetdan tashqari mablag‘larni kasalxonada davolanish kunlarining qisqarish hisobiga iqtisod qilish imkonini bergan.
 

Yangiliklarga obuna bo‘lish