Tashmatova Kamola Abdurashidovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): “Umumiy o‘rta ta’lim maktabi o‘quvchilarida nomoddiy madaniy merosga oid tushunchalarni rivojlantirish (“Tarbiya” fani misolida)”, 13.00.01 – Pedagogika nazariyasi. Pedagogik ta’limotlar tarixi (pedagogika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2019.2PhD/Ped1001.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston davlat san’at va madaniyat instituti.
Ilmiy rahbar: Isakulova Nilufar Janiqulovna, pedagogika fanlari doktori, professor.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Toshkent davlat pedagogika universiteti, DSc.03/30.01.2020.Ped.26.01.
Rasmiy opponentlar: Haydarov Mamat Eshqulovich, pedagogika fanlari doktori, professor; Azizova Qizlarxon Mashrabovna, pedagogika fanlari boyicha falsafa doktori (PhD).
Yetakchi tashkilot: Qo‘qon davlat pedagogika instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi umumiy o‘rta ta’lim maktabi o‘quvchilarining nomoddiy madaniy merosga oid tushunchalarini rivojlantirish bo‘yicha tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
umumiy o‘rta ta’lim maktabi o‘quvchilarining nomoddiy madaniy merosga oid tushunchalarini rivojlantirish imkoniyatlari o‘zlikni namoyon qilishning og‘zaki shakl va an’analari, ijrochilik san’ati durdonalari, jamiyatning urf-odat va marosimlari, an’anaviy hunarmandchilik bilan bog‘liq bilim va ko‘nikmalarini rivojlantirish, tabiat va koinotga oid bilimlarni hamda manbashunoslik turlarini didaktik paradigmalarga mos ravishda mazmunli uyg‘unlashtirish asosida aniqlangan;
umumiy o‘rta ta’lim maktabi o‘quvchilarining nomoddiy madaniy merosga oid tushunchalarini rivojlantirish texnologiyalari etnografik-lingvistik manbalarni ommalashtirish, etnofolkloristik tarixiy afsonalar genezisini xronologik, geografik, struktural tasniflash hamda miflarni turlarga bo‘lishning didaktik-natijador infratuzilmasini bosqichma-bosqich shakllantirish asosida takomillashtirilgan; ‎
umumiy o‘rta ta’lim maktabi o‘quvchilarining nomoddiy madaniy merosga oid tushunchalarini rivojlantirish modeli oila-mahalla hamkorligini rivojlantirishga yo‘naltirilgan “Tarbiya” fanida “Keys-stadi” texnologiyasi va manbashunoslik turlarini integrativ o‘qitishga intensiv ustuvorlik berish hamda kreativ ta’lim va shaxslararo muloqot madaniyatini rivojlantirish texnologiyalarini mazmunli uyg‘unlashtirish asosida takomillashtirilgan;
umumiy o‘rta ta’lim maktabi o‘quvchilarining nomoddiy madaniy merosga oid tushunchalarini rivojlantirish mezoni shaxs aqliy va jismoniy kamoloti mutanosibligini izchil ta’minlash, nomoddiy madaniy merosning mavjud shakllarini ta’limiy-didaktik prinsiplarning talablariga effektiv moslashtirish hamda konseptual tushunchalar tipologiyasini aniqlash asosida takomillashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Umumiy o‘rta taʼlim maktabi o‘quvchilarining nomoddiy madaniy merosga oid tushunchalarini rivojlantirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
umumiy o‘rta ta’lim maktabi o‘quvchilarining nomoddiy madaniy merosga oid tushunchalarini rivojlantirish imkoniyatlari o‘zlikni namoyon qilishning og‘zaki shakl va an’analari, ijrochilik san’ati durdonalari, jamiyatning urf-odat va marosimlari, an’anaviy hunarmandchilik bilan bog‘liq bilim va ko‘nikmalarini rivojlantirish, tabiat va koinotga oid bilimlar hamda manbashunoslik turlarini didaktik paradigmalarga mos ravishda mazmunli uyg‘unlashtirish asosida aniqlashga oid takliflar “O‘zbekiston nomoddiy madaniy merosi” nomli o‘quv qo‘llanma mazmuniga singdirilgan (Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2022-yil 13-maydagi 166-son buyrug‘iga asosan berilgan 166-354 raqamli nashr ruxsatnomasi). Natijada umumiy o‘rta ta’lim maktabi o‘quvchilarining nomoddiy madaniy merosga oid tushunchalarini rivojlantirish imkoniyatlari kengaytirilgan;
umumiy o‘rta ta’lim maktabi o‘quvchilarining nomoddiy madaniy merosga oid tushunchalarini rivojlantirish texnologiyalari etnografik-lingvistik manbalarni ommalashtirish, etnofolkloristik tarixiy afsonalar genezisini xronologik, geografik, struktural tasniflash hamda miflarni turlarga bo‘lishning didaktik-natijador infratuzilmasini bosqichma-bosqich shakllantirish asosida takomillashtirishga oid takliflar “O‘zbekiston nomoddiy madaniy merosi” nomli o‘quv qo‘llanma mazmuniga singdirilgan (Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2022-yil 13-maydagi 166-son buyrug‘iga asosan berilgan 166-354 raqamli nashr ruxsatnomasi). Natijada umumiy o‘rta ta’lim maktabi o‘quvchilarining nomoddiy madaniy merosga oid tushunchalarini rivojlantirish texnologiyalari takomillashtirish imkoni kengaytirilgan; ‎
umumiy o‘rta ta’lim maktabi o‘quvchilarining nomoddiy madaniy merosga oid tushunchalarini rivojlantirish modeli oila-mahalla hamkorligini rivojlantirishga yo‘naltirilgan “Tarbiya” fanida “Keys-stadi” texnologiyasi va manbashunoslik turlarini integrativ o‘qitishga intensiv ustuvorlik berish hamda kreativ ta’lim va shaxslararo muloqot madaniyatini rivojlantirish texnologiyalarini mazmunli uyg‘unlashtirish asosida takomillashtirishga oid takliflar “O‘zbekiston nomoddiy madaniy merosi” nomli o‘quv qo‘llanmada foydalanilgan (Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2022-yil 13-maydagi 166-son buyrug‘iga asosan berilgan 166-354 raqamli nashr ruxsatnomasi). Natijada “O‘quvchilarda nomoddiy madaniy merosga oid tushunchalarni rivojlantirish” nomli multimediali elektron ta’limiy dastur ishlab chiqilgan;
umumiy o‘rta ta’lim maktabi o‘quvchilarining nomoddiy madaniy merosga oid tushunchalarini rivojlantirish mezoni shaxsning aqliy va jismoniy kamoloti mutanosibligini izchil ta’minlash, nomoddiy madaniy merosning mavjud shaklarini ta’limiy-didaktik prinsiplarning talablariga effektiv moslashtirish hamda konseptual tushunchalar tipologiyasini tahliliy aniqlash asosida takomillashtirishga oid takliflar “O‘zbekiston nomoddiy madaniy merosi” nomli o‘quv qo‘llanma mazmuniga singdirilgan (Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2022-yil 13-maydagi 166-son buyrug‘iga asosan berilgan 166-354 raqamli nashr ruxsatnomasi). Natijada nomoddiy madaniy merosning beshta shakli orqali konseptual tushunchalar tipologiyasi aniqlashtirilgan.

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish