Qodirov Bobur Qodirovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): “Talabalarning ma’lumotlar bazasini yaratish kompetentligini takomillashtirishda raqamli ta’lim texnologiyasidan foydalanish metodikasi (kompyuter injiniringi ta’lim yo‘nalishlari misolida)”, 13.00.02 - Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (informatika) (pedagogika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2021.4.PhD/Ped2859.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Qarshi filiali.
Ilmiy rahbar: Kayumova Nasiba Ashurovna, pedagogika fanlari doktori, professor.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Toshkent davlat pedagogika universiteti, DSc.03/30.01.2020.Ped.26.01.
Rasmiy opponentlar: Karlibaeva Guljaxon Ermekbaevna, pedagogika fanlari doktori, professor; Abdullaev Botir Baxtiyorovich, pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent.
Yetakchi tashkilot: Guliston davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi talabalarning ma’lumotlar bazasini yaratish kompetentligini takomillashtirishda raqamli ta’lim texnologiyalaridan foydalanish metodikasi bo‘yicha tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
talabalarning ma’lumotlar bazasini yaratish kompetentligini takomillashtirishda raqamli ta’lim texnologiyasidan foydalanish metodikasi kasbga yo‘naltirib o‘qitish parametrlarini raqamli ta’lim texnologiyasi indikatorlarini maqsadli uyg‘unlashtirish hamda sub’ekt-sub’ekt munosabatlarining uslubiy-didaktik mazmunini vektorli-dinamik ravishda kengaytirish asosida takomillashtirilgan;
talabalarning ma’lumotlar bazasini yaratish kompetentligini takomillashtirishning metodik modeli maqsadli-mazmunli, jarayonli-kognitiv va natijali-baholash komponentalarining integrativ yaxlitligini bosqichma-bosqich ta’minlash hamda kasbga yo‘naltirilganlik tamoyillarining izchilli-mobil uzviyligini ta’minlash asosida takomillashtirilgan;
talabalarning ma’lumotlar bazasini yaratish kompetentligini takomillashtirish samaradorligi Flipped Classroom, Projecs, Remote Labs, Context-Based learning, Peer-to-Peer Teaching, Guided Discovery Problems o‘qitish texnologiyalaridan foydalanish effektivligini intensiv oshirish hamda CSS, PHP, Bootstrap, Sass, JavaScript axborotli-didaktik veb ilovalar yaratish asosida takomillashtirilgan;
talabalarda ma’lumotlar bazasini yaratish kompetentligini takomillashtirish samaradorligi reproduktiv-faoliyati va produktiv-ijodiy natijadorlikni ta’minlashga qaratilgan tahliliy prognoz parametrlarining miqdoriy-sifat ko‘rsatkichlarini qiyosiy aniqlashtirish asosida takomillashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Talabalarning ma’lumotlar bazasini yaratish kompetentligini takomillashtirishda raqamli ta’lim texnologiyasidan foydalanish metodikasi bo‘yicha olingan natijalar asosida:
talabalarning ma’lumotlar bazasini yaratish kompetentligini takomillashtirishda raqamli ta’lim texnologiyasidan foydalanish metodikasi kasbga yo‘naltirib o‘qitish parametrlarini raqamli ta’lim texnologiyasi indikatorlarini maqsadli uyg‘unlashtirish hamda sub’ekt-sub’ekt munosabatlarining uslubiy-didaktik mazmunini vektorli-dinamik ravishda kengaytirish asosida takomillashtirishga oid ma’lumotlar “Ma’lumotlar bazasi” nomli o‘quv qo‘llanma mazmuniga singdirilgan (Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2022-yil 30-dekabrdagi 429-son buyrug‘iga asosan berilgan 429-505 raqamli nashr ruxsatnomasi). Natijada talabalarning ma’lumotlar bazasini yaratish kompetentligini mazmunan takomillashtirishga sharoit yaratilgan;
talabalarning ma’lumotlar bazasini yaratish kompetentligini takomillashtirishning metodik modeli maqsadli-mazmunli, jarayonli-kognitiv va natijali-baholash komponentalarining integrativ yaxlitligini bosqichma-bosqich ta’minlash hamda kasbga yo‘naltirilganlik tamoyillarining izchilli-mobil uzviyligini ta’minlash asosida takomillashtirishga oid ma’lumotlar “Ma’lumotlar bazasi” nomli o‘quv qo‘llanma mazmuniga singdirilgan (Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2022-yil 30-dekabrdagi 429-son buyrug‘iga asosan berilgan 429-505 raqamli nashr ruxsatnomasi). Natijada talabalarning ma’lumotlar bazasini yaratish kompetentligini metodik modelini takomillashitish samaradorligi oshgan;
talabalarning ma’lumotlar bazasini yaratish kompetentligini takomillashtirish samaradorligi Flipped Classroom, Projecs, Remote Labs, Context-Based learning, Peer-to-Peer Teaching, Guided Discovery Problems o‘qitish texnologiyalaridan foydalanish effektivligini intensiv oshirish hamda CSS, PHP, Bootstrap, Sass, JavaScript axborotli-didaktik veb ilovalar yaratish asosida takomillashtirishga oid tavsiyalar “Ma’lumotlar bazasi” nomli o‘quv qo‘llanma mazmuniga singdirilgan (Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2022-yil 30-dekabrdagi 429-son buyrug‘iga asosan berilgan 429-505 raqamli nashr ruxsatnomasi). Natijada talabalarning ma’lumotlar bazasini yaratish kompetentligini raqamli ta’lim va oqitish texnologiyalari hamda dasturiy vositalardan foydalanish orqali takomillashtirish imkoni kegaytirilgan;
talabalarda ma’lumotlar bazasini yaratish kompetentligini takomillashtirish samaradorligi reproduktiv-faoliyati va produktiv-ijodiy natijadorlikni ta’minlashga qaratilgan tahliliy prognoz parametrlarining miqdoriy va sifatiy ko‘rsatkichlarini qiyosiy aniqlashtirish asosida takomillashtirishga oid takliflar “Ma’lumotlar bazasi” nomli o‘quv qo‘llanma mazmuniga singdirilgan (Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2022-yil 30-dekabrdagi 429-son buyrug‘iga asosan berilgan 429-505 raqamli nashr ruxsatnomasi). Natijada talabalarning ma’lumotlar bazasini yaratish kompetentligini raqamli ta’lim texnologiyasidan foydalanib takomillashtirilganlik darajalarini aniqlashga erishilgan.

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish