Xaydarov Islomjon Maxmutali o‘g‘lining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiya himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): «Ichki ishlar organlari xodimlari kasbiy motivatsiyasining psixologik xususiyatlari (IIV Akademiyasi magistratura tinglovchilari misolida)», 19.00.06 – Yosh va pedagogik psixologiya. Rivojlanish psixologiyasi (psixologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.3.PhD/P126.
Ilmiy rahbar: Abdullaeva Barno Sayfiddinovna, psixologiya fanlar doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat pedagogika universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Toshkent davlat pedagogika universiteti, PhD.03/30.12.2021.P.26.02.
Rasmiy opponentlar: Abdurasulov Rustam Abduraimovich, psixologiya fanlari doktori, professor; Nurimbetova Elmira Jumamuratovna psixologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent.
Yetakchi tashkilot: Qarshi davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: ichki ishlar organlari xodimlari kasbiy motivatsiyasining psixologik xususiyatlarini ochib berish asosida ilmiy-amaliy taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
 ichki ishlar organlari xodimlaridagi kasbiy motivatsiyaning darajaviy ifodalanishiga ko‘ra, kommunikativlik, muvaffaqiyasizlikdan qochish, ijtimoiy motivlarning “favqulodda holatdagi” faoliyatga integrativ  namoyon bo‘lishi tufayli jamoat tartibini saqlashning “ichki ishlar organlari hodimi – fuqaro – jinoyatchi shaxsi” munosabatlar tizimida shaxsiy xavfsizlikni ta’minlashning psixologik determinantlari asoslangan;
ichki ishlar organlari xodimlarining faoliyatga tayyorgarligida professionallikka erishishning irodaviy-kognitiv to‘ldiruvchisi sifatida uning tarkibiy qismlari orasida ahamiyatli farqlanishlar (siljishlar) yuzaga kelganligi tufayli kasbiy motivatsiya bazaviy komponent ekanligi dalillangan;
ichki ishlar organlari xodimlarining kasbiy tayyorgarligiga shaxs xususiyatlarini ta’siri natijasida  xizmat faoliyatini tezkor boshqaruvini ta’minlovchi “jismoniy himoyaning texnik mahoratini shakllantirish”, “yaqin masofada o‘zini huquqbuzarlardan himoya qilish” ko‘nikmalarining ijtimoiy axloqqa o‘zaro integrativ shakllanishi tufayli  fuqaroviy-jamoaviy motiv ustuvor harakterga ega ekanligi isbotlangan;
ichki ishlar organlari xodimlarining kasbiy tayyorgarligida g‘azabni tiyish, nafratni cheklash, muhim vazifani ajratib olish xususiyatlarining o‘zini o‘zi rag‘batlantirish motivlarini dinamik shakllanishiga ta’siri tufayli o‘zaro qo‘llab-quvvatlash, psixoemotsional holatlar regulyasiyasini ta’minlovchi yoshga oid psixologik omillarning ustuvorligi asoslangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy etilishi. Ichki ishlar organlari xodimlari kasbiy motivatsiyasining psixologik xususiyatlari (IIV Akademiyasi magistratura tinglovchilari misolida)ni tadqiq etishga doir tadqiqotdan olingan ilmiy natijalar asosida:
ichki ishlar organlari xodimlaridagi kasbiy motivatsiyaning darajaviy ifodalanishiga ko‘ra, kommunikativlik, muvaffaqiyasizlikdan qochish, ijtimoiy motivlarning “favqulodda holatdagi” faoliyatga integrativ  namoyon bo‘lishi tufayli jamoat tartibini saqlashning “ichki ishlar organlari hodimi – fuqaro – jinoyatchi shaxsi” munosabatlar tizimida shaxsiy xavfsizlikni ta’minlashning psixologik determinantlari asoslangan xulosalar Toshkent davlat pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv-ilmiy  markazining 2023 yil 5 iyuldagi PM-42-sonli buyrug‘i bilan «Differensial psixologiya» moduliga kiritilgan (Toshkent davlat pedagogika universiteti qoshidagi Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2023 yil 5 iyuldagi PM-42-M-son ma’lumotnomasi). Natijada ichki ishlar hodimlarining kasbiy motivatsiyasini nazariy-metodologik jihatdan tahlil qilib, bunda kasbiy tayyorgarlik omilini “ichki ishlar xodimi – fuqaro – qurollangan jinoyatchi – tezkor faoliyat – jamoat xavfsizligini ta’minlash” tarzida belgilash imkoniyati yaratilgan;
ichki ishlar organlari xodimlarining faoliyatga tayyorgarligida professionallikka erishishning irodaviy-kognitiv to‘ldiruvchisi sifatida uning tarkibiy qismlari orasida ahamiyatli farqlanishlar (siljishlar) yuzaga kelganligi tufayli kasbiy motivatsiya bazaviy komponent ekanligi dalillangan xulosalar Toshkent davlat pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv-ilmiy  markazining 2023 yil 5 iyuldagi PM-42-sonli buyrug‘i bilan «Ontogenez psixologiyasi. Pedagogik psixologiya» moduliga kiritilgan (Toshkent davlat pedagogika universiteti qoshidagi Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2023 yil 5 iyuldagi PM-42-M-son ma’lumotnomasi). Natijada ichki ishlar xodimlari kasbiy tayyorgarligida professionallashuvi bosqichlarini ijtimoiy-psixologik jihatdan o‘rganib, ularning kasbiy layoqatlilik darajasini tadqiq etish imkoniyati yaratilgan.
ichki ishlar organlari xodimlarining kasbiy tayyorgarligiga shaxs xususiyatlarini ta’siri natijasida  xizmat faoliyatini tezkor boshqaruvini ta’minlovchi “jismoniy himoyaning texnik mahoratini shakllantirish”, “yaqin masofada o‘zini huquqbuzarlardan himoya qilish” ko‘nikmalarining ijtimoiy axloqqa o‘zaro integrativ shakllanishi tufayli  fuqaroviy-jamoaviy motiv ustuvor harakterga ega ekanligi isbotlangan xulosalar Toshkent davlat pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv-ilmiy  markazining 2023 yil 5 iyuldagi PM-42-sonli buyrug‘i bilan «Differensial psixologiya» moduliga kiritilgan (Toshkent davlat pedagogika universiteti qoshidagi Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2023 yil 5 iyuldagi PM-42-M-son ma’lumotnomasi). Natijada ichki ishlar xodimlarining kasbiy motivatsiyasi va kasbiy tayyorgarlik tizimida xodimga qo‘yiladigan talablarni tizimli ravishda o‘rganish imkoniyati yaratilgan.
ichki ishlar organlari xodimlarining kasbiy tayyorgarligida g‘azabni tiyish, nafratni cheklash, muhim vazifani ajratib olish xususiyatlarining o‘zini o‘zi rag‘batlantirish motivlarini dinamik shakllanishiga ta’siri tufayli o‘zaro qo‘llab-quvvatlash, psixoemotsional holatlar regulyasiyasini ta’minlovchi yoshga oid psixologik omillarning ustuvorligi asoslangan xulosalar Toshkent davlat pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv-ilmiy  markazining 2023 yil 5 iyuldagi PM-42-sonli buyrug‘i bilan «Ontogenez psixologiyasi. Pedagogik psixologiya» moduliga kiritilgan (Toshkent davlat pedagogika universiteti qoshidagi Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2023 yil 5 iyuldagi PM-42-M-son ma’lumotnomasi). Natijada ichki ishlar xodimlari uchun muhim kasbiy sifatlardan bo‘lmish yuqori kasbiy tayyorgarlikka ega bo‘lish hamda uning namoyon bo‘lishini talab darajasida saqlab turishni ta’minlovchi motivatsiyasini o‘rganish, bu jarayonda namoyon bo‘luvchi ijtimoiy-psixologik xususiyatlarni tadqiq etish va baholash mezonlari ishlab chiqilgan.

 

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish