Bekmurotova Shaxnoza Azamatovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmogʻi nomi): “Nemis va o‘zbek tillarida juft so‘zlar va ularning struktur-semantik xususiyatlari”, 10.00.06 – Qiyosiy adabiyotshunoslik, chogʻishtirma tilshunoslik va tarjimashunoslik  (filologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2019.2.PhD/Fil.845.
Ilmiy rahbar: Imyaminova Shuxratxon Salijanovna, filologiya fanlari nomzodi, professor.   
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat texnika universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Mirzo Ulugʻbek nomidagi O‘zbekiston milliy universiteti, DSc.03/30.12.2019.Fil.01.10.
Rasmiy opponentlar: Djumabaeva Jamila Sharipovna, filologiya fanlari doktori, professor; Sodiqov Zoxid Yoqubovich, filologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent.
Yetakchi tashkilot: Qarshi davlat universiteti.
Dissertatsiya yoʻnalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi nemis va o‘zbek tillaridagi juft so‘zlarning leksik-semantik, struktur-funksional xususiyatlarini o‘zaro chogʻishtirgan holda ochib berishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
nemis va o‘zbek tillarida juft so‘zlarning yasalishi, juft so‘z tarkibiy komponentlarida  ot, sifat, fe’l, ravish so‘z turkumlari kabi o‘xshashliklar va  nemis tilidagi juft so‘zlarning fonologik hamda juft so‘zlar uchun tuzilgan modellarida o‘zbek tilidan farqli ravishda nemis tilida juft so‘zlar bogʻlovchi va predloglar orqali hosil bo‘lishi kabi farqlanish va nemis tilida juft so‘zlarning turli xil lingvistik terminlar bilan nomlanishida esa terminologik nomutanosibliklar mavjudligi asoslangan;
nemis tilida juft so‘zlarga doir terminlardagi turli xil lingvistik terminlar bilan nomlanishi terminologik chalkashlikning ishda o‘zbek tiliga maʻnosi jihatidan mos keladigan muqobil “Wortpaare” leksikasi tanlandi hamda chogʻishtirilayotgan ikki tildagi juft so‘zlarning struktur-semantik jihatdan affiksatsiya, konversiya va kompozisiya usullari orqali yasalishi isbotlangan;
nemis va o‘zbek tillaridagi juft so‘zlar tarkibidagi o‘xshashlik va farqli jihatlar va ular ikki tilda chogʻishtirilganda komponentlar hisobga olinishi umumiy morfologik va semantik-kategorial tavsifni berishi ikki tilda ham izomorfik xususiyatga ega ekanligi asoslangan;
badiiy asarlarda nemis va o‘zbek tillaridagi juft so‘zlarning struktur-semantik jihatdan farqlari aniqlanib, ot va sifat so‘z turkumlari (eng katta turkum guruhlar) ko‘p qo‘llaniladigan gap bo‘laklari ekanligi ko‘chma yoki o‘z maʻnosida qo‘llanilish holatlari asoslangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Dissertatsiyada ishlab chiqilgan nazariy va amaliy xulosa, tavsiya va ishlanmalar asosida quyidagilar keltiriladi:
nemis va o‘zbek tillarida juft so‘zlarning yasalishi, juft so‘z tarkibiy komponentlarida  ot, sifat, fe’l, ravish so‘z turkumlari kabi o‘xshashliklar va  nemis tilidagi juft so‘zlarning fonologik hamda juft so‘zlar uchun tuzilgan modellarida o‘zbek tilidan farqli ravishda nemis tilida juft so‘zlar bogʻlovchi va predloglar orqali hosil bo‘lishi kabi farqlanish va nemis tilida juft so‘zlarning turli xil lingvistik terminlar bilan nomlanishida esa terminologik nomutanosibliklarga olingan taklif, tavsiya va gʻoyalardan O‘zbekiston Respublikasi Fanlar Akademiyasi Qoraqalpogʻiston bo‘limi Qoraqalpoq gumanitar fanlar ilmiy-tadqiqot institutida 2012-2016 yillarda bajarilgan F1-FA-0-43429, FA-F1, GOO2 raqamli  „Qoraqalpoq folklori va adabiyoti janrlarining nazariy masalalarini tadqiq etish“ mavzusidagi fundamental tadqiqot loyihasi va O‘zRFA QQA Qoraqalpoq gumanitar fanlar ilmiy-tadqiqot institutida 2017-2020 yillarda amalga oshirilgan FA-F1-OO5  raqamli „Qoraqalpoq folklorshunosligi va adabiyotshunosligi tarixini tadqiq etish“ nomli loyiha doirasida belgilangan vazifalarning ijrosini taʻminlashda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Fanlar Akademiyasi Qoraqalpogʻiston bo‘limi Qoraqalpoq gumanitar fanlar ilmiy-tadqiqot institutining 2022 yil 26 avgustdagi 172/1/1-son maʻlumotnomasi). Natijada nemis va o‘zbek  tillaridagi juft so‘zlarga oid terminlarning o‘zaro munosabatlari ochib berilishi orqali kasbiy taʻlimning sifatini oshirish va rivojlantirishga erishilgan;
nemis tilida juft so‘zlarga doir terminlardagi turli xil lingvistik terminlar bilan nomlanishi terminologik chalkashlikning ishda o‘zbek tiliga maʻnosi jihatidan mos keladigan muqobil “Wortpaare” leksikasi tanlandi hamda chogʻishtirilayotgan ikki tildagi juft so‘zlarning struktur-semantik jihatdan affiksatsiya, konversiya va kompozisiya usullari orqali yasalishi xulosalardan Ozarbayjon fanlar akademiyasi Nizomiy nomidagi Adabiyot institutining 2018-2019  yillarda  bajarilgan 4-57 raqamli  „Ozarbayjon-O‘zbekiston:  adabiy aloqalarning o‘rni va ahamiyati“  mavzusidagi xalqaro amaliy loyihada foydalanilgan (Ozarbayjon fanlar akademiyasi Nizomiy nomidagi Adabiyot institutining  2022 yil 26 avgustdagi 47-son  maʻlumotnomasi). Natijada nemis tilidagi juft so‘zlarning strukturaviy ahamiyati,  shuningdek, bevosita o‘zbek tiliga berilish jarayonida lingvistik muqobilini tanlash muhim ekanligi, bu orqali mukammal ekvivalent tanlashga erishish mumkinligi aniqlab berilgan;
nemis va o‘zbek tillaridagi juft so‘zlar tarkibidagi o‘xshashlik va farqli jihatlarni o‘rganish va ular ikki tilda chogʻishtirilganda, komponentlar hisobga olinishi va birinchi komponent ikkinchisini belgilashi, ikkinchisi umumiy morfologik va semantik-kategorial tavsifni berishi ikki tilda ham izomorfik xususiyatga ega ekanligi O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasining „O‘zbekiston tarixi“ telekanalining „Taqdimot“, „Fan va tarix“ ko‘rsatuvlarining  senariysini tayyorlashda foydalanilgan (O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasining 2022 yil 5 oktyabrdagi 787-423-562-son maʻlumotnomasi). Natijada turli tizimli tillarda juft so‘zlar insonlarning muloqot jarayoniga kirib kelishi, ishlatilishi hamda soha leksikasining tartibga solinishida berilgan tavsiyalar tinglovchilar bilimlarining boyishiga xizmat qilgan;
badiiy asarlarda  nemis va o‘zbek tillaridagi juft so‘zlarning struktur-semantik jihatdan ko‘chma yoki o‘z maʻnosida qo‘llanilishiga oid xulosalardan  Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetining 2021-2023 yillarga mo‘jallangan F3-201912258- raqamli „O‘zbek adabiyotining ko‘p tilli (o‘zbek, rus, ingliz tillarida) elektron platformasini yaratish“ mavzusidagi amaliy loyihada foydalanilgan (Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti univesitetining 2023 yil 24 fevraldagi 03/1-401-son maʻlumotnomasi).  Natijada badiiy asarlarni va maqolalarni o‘zbek tilidan xorijiy tillarga yoki xorijiy tillardan o‘zbek tiliga tarjima qilishda foydalanilgan.

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish