Gayupova Saodat Xamidovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I.Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtissoslikshifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): “Zamonaviy talaba shaxsini shakllantirishning pedagogik-psixologik xususiyatlari(pedagogik oliy ta’lim muassasalari misolida)”, 13.00.01. – Pedagogika nazariyasi. Pedagogik ta’limotlar tarixi (pedagogikafanlari).
Dissertatsiya mavzusiro‘yxatgaolinganraqam: B2023.3.PhD/Ped4686.
Ilmiy tadqiqot ishi bajarilgan muassasa nomi: Chirchiq davlat pedagogika  universiteti.
Ilmiy rahbar: Qoraev Samariddin Barakaevich, pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD),dotsent.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK  raqami: Chirchiq davlat pedagogika universiteti, DSc.03/30.04.2021.Ped.82.01.
Rasmiy oponentlar: Qodirov Quvondiq Aytbaevich, pedagogika fanlari doktori, dotsent; Mavlanova Saidaxon Umarovna, pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD),dotsent.
Yetakchi tashkilot: Guliston davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi pedagogik oliy ta’lim muassasalarida zamonaviy talaba shaxsini shakllantirishning pedagogik-psixologik xususiyatlarini aniqlashtirishga oid taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan  iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
pedagogik oliy ta’lim muassasalarida zamonaviy talaba shaxsini shakllantirishning ijtimoiy omillari hamda pedagogik-psixologik funksiyasi mazmuni globallashuv jarayonining yaxlitlashuv, zamon va makon birligi tamoyillarini zamonaviy talaba shaxsiga qo‘yilayotgan malakalar (tashkilotchilik, kommunikativ, gnostik) hamda qobiliyatlar (kognitiv, didaktik, akademik, perseptiv) bilan integrasiyalash asosida aniqlashtirilgan;
zamonaviy talaba shaxsini shakllantirishning funsional modeli davlat va jamiyatning ta’lim oldiga qo‘ygan talablarini ijtimoiy buyurtma bilan muvofiqligini ilmiy prognozlashtirish, ta’limiy moslashtirish va metodik rivojlantirish orqali zamonaviy talaba professiogrammasini joriy etish asosida takomillashtirilgan;
talaba shaxsiga individual yondashuv orqali ta’lim-tarbiya sifatini oshirishning amaliy mexanizmlarita’lim va tarbiya integrasiyasini ta’minlash hamda talabaning rivojlanish vektorini to‘g‘ri yo‘naltirishga qaratilgan zamonaviy fanlarni (ART, TIME menejment, xalqaro baholash dasturlari, CLIL, mnemonika) o‘qitishni yo‘lga qo‘yish orqali takomillashtirilgan;
klaster yondashuvining zamonaviy talaba shaxsini shakllantirishdagi pedagogik imkoniyatlari individual yondashuvga asoslangan zamonaviy darslarni tashkil etish tizimini o‘qitish strategiyasiga talabalar bilan ishlashning individual traektoriyasini belgilash asosida singdirish orqali rivojlantirilgan.
IV.Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Oliy pedagogik ta’lim tizimida zamonaviy talaba shaxsini shakllantirishning pedagogik-psixologik xususiyatlarini aniqlashtirishbo‘yicha olib borilgan tadqiqot natijalari asosida:
globallashuv jarayonining yaxlitlashuv, zamon va makon birligi tamoyillarini zamonaviy talaba shaxsiga qo‘yilayotgan malakalar (tashkilotchilik, kommunikativ, gnostik) hamda qobiliyatlar (kognitiv, didaktik, akademik, perseptiv) bilan integrasiyalash asosida aniqlashtirilgan pedagogik oliy ta’lim muassasalarida zamonaviy talaba shaxsini shakllantirishning ijtimoiy omillari hamda pedagogik-psixologik funksiyasi mazmuni, ta’lim va tarbiya integrasiyasini ta’minlash hamda talabaning rivojlanish vektorini to‘g‘ri yo‘naltirishga qaratilgan zamonaviy fanlarni (ART, TIME menejment, xalqaro baholash dasturlari, CLIL, mnemonika) o‘qitishni yo‘lga qo‘yishni ilmiy asoslash orqali takomillashtirilgan talaba shaxsiga individual yondashuv orqali ta’lim-tarbiya sifatini oshirishning amaliy mexanizmlari bo‘yicha taklif va tavsiyalardan «Umumiy pedagogika» nomli o‘quv qo‘llanmasini yaratishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy  ta’lim, fan va innovasiyalar vazirligining 2023 yil 17 iyuldagi 314-buyrug‘i, ro‘yxat raqami 314-91). Natijada, zamonaviy talaba shaxsiga qo‘yilayotgan davlat va jamiyat talabalarini aniqlashtirishga erishilgan;
davlat va jamiyatning ta’lim oldiga qo‘ygan talablarini ijtimoiy buyurtma bilan muvofiqligini ilmiy prognozlashtirish, ta’limiy moslashtirish va metodik takomillashtirish orqali zamonaviy talaba professiogrammasini ishlab chiqish asosida takomillashtirilgan zamonaviy talaba shaxsini shakllantirishning funsional modeli, oliy pedagogik ta’limda zamonaviy talaba shaxsini kasbiy tarbiyalash tizimi bo‘yicha ilmiy xulosa va tavsiyalar O‘zbekiston pedagogika ilmiy-tadqiqot instituti Qoraqalpoq filialida bajarilgan A1-XT-0-92997 raqamli “Yoshlarni umuminsoniy, milliy va tarixiy qadriyatlar uyg‘unligi asosida ma’naviy – axloqiy tarbiyalashning muammolari” mavzusidagi amaliy loyihada doirasida belgilangan vazifalarni bajarishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi O‘zbekiston pedagogika ilmiy-tadqiqot instituti Qoraqalpoq filialining 2023 yil 20 iyuldagi  416/1-son dalolatnomasi). Natijada, pedagogik ta’lim mazmuni, individual ta’lim texnologiyasini ta’lim amaliyotiga tatbiq etish mexanizmlari  takomillashtirilgan;
individual yondashuvga asoslangan zamonaviy darslarni tashkil etish tizimini klaster yondashuvi asosida o‘qitish strategiyasiga talabalar bilan ishlashning individual traektoriyasini belgilash asosida singdirish orqali aniqlashtirilgan klaster yondashuvining zamonaviy talaba shaxsini shakllantirishdagi pedagogik imkoniyatlari, oliy pedagogik ta’lim muassasalarida zamonaviy talaba shaxsi professiogrammasi, zamonaviy talaba shaxsining kasbiy-psixologik portreti bo‘yicha taklif va tavsiyalardan “O‘zbekiston” teleradiokompaniyasi “Madaniy-ma’rifiy, badiiy eshittirishlar” muharririyatining “Tong nafasi” eshittirishining ssenariysini tayyorlashda foydalanilgan (O‘zbekiston milliy teleradiokompaniyasi “O‘zbekiston” teleradiokanalining 2023 yil 20 iyuldagi O‘z/R-02-02/155-son ma’lumotnomasi). Natijada, talabalar bilan tarbiyaviy ishlarni tashkil qilish mexanizmlarini takomillashtirishga erishilgan.

 

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish