Jumanov Tulkinboy Sattarovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Ichki ishlar organlarida kadrlar siyosatining huquqiy va tashkiliy asoslarini takomillashtirish”, 12.00.02 – Konstitutsiyaviy huquq. Ma’muriy huquq. Moliya va bojxona huquqi (yuridik fanlar).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.1.PhD/Yu918.
Ilmiy rahbar: Kulmatov Sharof Asadovich, yuridik fanlar doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Akademiyasi.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Akademiyasi, DSc.31/30.12.2019.Yu.25.02.
Rasmiy opponentlar: Mamatov Xudoyor Teshaevich, yuridik fanlar doktori, professor; Yusupov Sardorbek Bahodirovich, yuridik fanlar doktori, dotsent.
Yetakchi tashkilot: O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi qoshidagi Yuristlar malakasini oshirish markazi.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi ichki ishlar organlari tizimida kadrlar siyosatini tashkiliy va huquqiy jihatdan takomillashtirishga qaratilgan taklif va tavsiyalarni ishlab chiqishdan iboratdir.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ichki ishlar organlari faoliyatining ochiqligi va shaffofligini ta’minlash maqsadida xizmatga va o‘quv muassasalariga nomzodlarni tanlab olish tadbirlarini tashkil etish jarayonida jamoatchilik vakillari tanlovlarni real vaqt rejimida (onlayn) kuzatib borishlari uchun tanlov tadbirlari videokuzatuv (onlayn translyasiya) ostida o‘tkazish lozimligi asoslantirilgan;
ichki ishlar organlariga xizmatga va o‘quv muassasalariga nomzodlarni tanlash, xodimlarning anketa hamda xizmat faoliyatiga oid ma’lumotlarini yuritish, ularni lavozimga tayinlash, lavozimdan ozod etish, rotatsiya qilish, xizmat muddatini uzaytirish, xizmatdan bo‘shatish, ularga maxsus unvonlar berish
“E-nomzod” va “E-kadr” yagona yopiq elektron platformalari orqali yuritilishi zarurligi asoslantirilgan;
ichki ishlar organlari uchun professional kadrlarni tayyorlash va qayta tayyorlash, xodimlarning malakasini oshirish ishlari O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligiga qarashli ta’lim muassasalari tomonidangina amalga oshirilishi, mazkur muassasalarda o‘qitilmaydigan ixtisosliklar boshqa ta’lim muassasalari tomonidan amalga oshirilishi lozimligi asoslantirilgan;
ichki ishlar organlarida ta’lim tizimining uzlyuksizligini ta’minlash, soha uchun etuk malakali ilmiy-pedagog kadrlarni tayyorlash maqsadida Ichki ishlar vazirligi Akademiyasi magistraturasida “ilmiy-pedagogik faoliyat” mutaxassisligini joriy etish zarurati asoslantirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Ichki ishlar organlarida kadrlar siyosatining huquqiy va tashkiliy asoslarini takomillashtirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
ichki ishlar organlarida xizmatga nomzodlarni tanlab olish tadbirlarini tashkil etish jarayonida jamoatchilik vakillari tanlovlarni real vaqt rejimida (onlayn) kuzatib borishlari uchun tanlov tadbirlarini videokuzatuv (onlayn translyasiya) ostida o‘tkazish lozimligiga doir takliflardan ichki ishlar vazirining 2022-yil 5-martdagi
52-son buyrug‘i bilan tasdiqlangan “Ichki ishlar organlarida xizmatga nomzodlarni tanlab olish tadbirlarini tashkil etish va o‘tkazish tartibi to‘g‘risida”gi Yo‘riqnomaning 10-bandini ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Tashkiliy departament Yuridik ta’minlash boshqarmasining 2023-yil
1-martdagi 33/469-son ma’lumotnomasi). Mazkur taklifning inobatga olinishi ichki ishlar organlariga nomzodlarni tanlab olishda jamoatchilik ishtiroki bilan bog‘liq jarayonlarning oshkora tarzda tashkil etilishini ta’minlashga xizmat qilgan;
xodimlarning anketa hamda xizmat faoliyatiga oid ma’lumotlarini yuritish, ularni lavozimga tayinlash, lavozimdan ozod etish, rotatsiya qilish, xizmat muddatini uzaytirish, xizmatdan bo‘shatish, ularga maxsus unvonlar berish haqidagi taqdimnomalarni ko‘rib chiqish uchun kiritish ishlarining “E-kadr” yopiq axborot tizimi orqali amalga oshirilishini ta’minlash lozimligiga doir takliflardan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 20-yanvardagi PQ-10-son qarori bilan tasdiqlangan “O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Ma’naviy-ma’rifiy ishlar va kadrlar bilan ta’minlash departamenti to‘g‘risida”gi nizomning 7-bandi “v” qismi 10-xatboshisini ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Tashkiliy departament Yuridik ta’minlash boshqarmasining 2023-yil
2-martdagi 33/478-son ma’lumotnomasi). Mazkur taklifning inobatga olinishi ichki ishlar organlaridagi xizmatga, shuningdek idoraviy ta’lim muassasalariga nomzodlarning tanlov asosida qabul qilinishini tashkil etish, kadrlar siyosatini amalga oshirishni ta’minlash, xizmatni o‘tash tartibining qoidalari va mehnat munosabatlariga rioya etilishini, uzlyuksiz o‘quv-karera jarayoniga doir talablarning bajarilishini nazorat qilish jarayonini to‘laqonli raqamlashtirish, shuningdek ortiqcha ovoragarchiliklarga chek qo‘yilishi va hujjat almashinuv jarayonining tezlashishiga xizmat qilgan;
ichki ishlar organlarida ta’lim tizimining uzlyuksizligini ta’minlash, soha uchun etuk malakali ilmiy-pedagog kadrlarni  tayyorlash maqsadida Ichki ishlar vazirligi Akademiyasi magistraturasida “ilmiy-pedagogik faoliyat” mutaxassisligini joriy etish lozimligiga doir takliflardan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil
20-yanvardagi PQ-10-son qarori bilan tasdiqlangan “Ichki ishlar organlarida kadrlar salohiyati darajasini oshirish bo‘yicha kompleks chora-tadbirlarning «yo‘l xaritasi»” 18-bandini ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Tashkiliy departament Yuridik ta’minlash boshqarmasining
2023-yil 8-maydagi 33/1035-son ma’lumotnomasi). Mazkur taklifning inobatga olinishi IIV Akademiyasining ilmiy-pedagogik faoliyat bilan shug‘ullanish niyatida bo‘lgan bitiruvchilari, shuningdek tayanch yuridik ma’lumotga ega bo‘lgan boshqa xodimlarning ushbu yo‘nalishda ta’lim olishni davom ettirishlari uchun imkon yaratgan;
ichki ishlar organlari uchun professional kadrlarni tayyorlash va qayta tayyorlash, xodimlarning malakasini oshirish ishlari O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligiga qarashli ta’lim muassasalari tomonidangina amalga oshirilishi, mazkur muassasalarda o‘qitilmaydigan ixtisosliklar boshqa ta’lim muassasalari tomonidan amalga oshirilishi lozimligiga doir takliflardan O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 23-maydagi “O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga jinoyat protsessi ishtirokchilarining huquqlari himoya qilinishini ta’minlash bilan bog‘liq o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi
O‘RQ-542-son Qonuni 31-moddasiga asosan, O‘zbekiston Respublikasining 2016-yil 16-sentyabrdagi “Ichki ishlar organlari to‘g‘risida”gi Qonuni 31-moddasi 2-qismini ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Mudofaa va xavfsizlik masalalari qo‘mitasining 2023-yil 20-iyuldagi 04/5-10-34-son ma’lumotnomasi). Mazkur taklifning inobatga olinishi ichki ishlar organlari uchun professional kadrlarni tayyorlash va qayta tayyorlash, xodimlarning malakasini oshirish bilan bog‘liq munosabatlarning tizimliligi va yagonaligini ta’minlashga, Ichki ishlar vazirligi ta’lim muassasalarining mavqeini yuksaltirishga, boshqa ta’lim muassasalari bilan hamkorlikning kuchayishishga xizmat qilgan.

 

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish