Yo‘lchieva Nafizaxon Tajidinovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan tarmog‘i nomi): «Amarant o‘simligi asosida oziq-ovqat qo‘shilmalari olish va ularni sinflash» 02.00.09 – Tovarlar kimyosi, 14.00.41 – Xalq tabobati (kimyo fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.4.PhD/K571.
Ilmiy rahbarlar: Asqarov Ibrohim Rahmonovich kimyo fanlari doktori, professor; To‘xtaboev Nozimjon Xoshimjonovich texnika fanlari nomzodi, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasalar nomi: Andijon davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Andijon davlat universiteti, DSc.03/29.10.2021.K/T.60.05.
Rasmiy opponentlar: Xojimatov Maxsadbek Mo‘ydinovich, kimyo fanlari doktori, dotsent; Dexqonov Raxmatilla Sultonovich, kimyo fanlari nomzodi, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Farg‘ona davlat universitati.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: Amarantning “Andijon” navi bargi, to‘pgullaridan biologik faol birikmalar va bo‘yoq moddalarni  ajratib olish, ular asosida yangi oziq-ovqat qo‘shilmalari yaratish, hamda kimyoviy tarkibi asosida TIF TN bo‘yicha sinflashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
Amarantning “Andijon” navidan pigment ajratib olish usullari takomillashtirilgan;
olingan ekstraktlarning antioksidantlik faolligi spektofotometrik usulda aniqlangan;
Amarant asosida olingan fitochoy va ozuqaviy bo‘yoqlarni kimyoviy tarkibi va xossalari YuSSX ,  IQ-spektroskopiya va UB-spektrofotometriya tahlil metodlari yordamida aniqlangan;
yangi yaratilgan “As-Nafis” ozuqaviy bo‘yoq va “As-diabet” fitochoy mahsulotlarining xossalari aniqlangan va ularni kimyoviy tarkibi bo‘yicha TIF TN bo‘yicha tovar kodlari ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Amarantning mahalliy “Andijon” navi asosida shifobaxsh fitochoy va oziq-ovqat bo‘yog‘i  olish va ularni sinflash bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
“As-Nafis” ozuqaviy bo‘yog‘i va “As-diabet” fitochoyi uchun texnik shart (Ts 304571521-01:2022)  O‘zbekiston Respublikasi Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi xizmati tomonidan tasdiqlangan (O‘zbekiston Respublikasi Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi xizmatining 2022 yil 2 avgustdagi 31-8/5126-son xati va O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligining 2022 yil 17 noyabrdagi 409336-son sanitariya-epidemiologik xulosasi). Natijada, zararsiz oziq-ovqat bo‘yoqlari va qandli diabet kasalligini davolash xususiyatiga ega bo‘lgan tabiiy mahsulotlarni ishlab chiqarish imkonini bergan;
tashqi iqtisodiy faoliyat tovarlar nomenklaturasi bo‘yicha “As-Nafis” ozuqaviy bo‘yog‘iga “amarant o‘simligi ekstrakti asosida tayyorlangan, tarkibida amarantin birikmasi saqlagan qizil rangli oziq-ovqat bo‘yogʻi” uchun – 3203 00 100 1 va “As-diabet” fitochoyiga “amarant o‘simligi asosida tayyorlangan, boshqa shifobaxsh o‘simliklar bilan boyitilgan damlamalar va oziq-ovqat qo‘shilmalari” uchun – 1212 99 950 4 tovar kod raqamlari ishlab chiqilgan va davlat bojxona amaliyotiga joriy qilingan (O‘zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo‘mitasining 2022  yil 23 dekabrdagi 16/05-22-0741-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, amarant o‘simligi asosida olingan fitichoy va oziq-ovqat bo‘yoqlarini sinflash imkonini bergan.

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish