Ruzuddinov Nurmuxamet Saurbekovich
fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “raqamli texnologiya yordamida bemorlarni olinaligan tish protezlari bilan davolash sifatini oshirish”, 14.00.21-Stomatologiya (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.1.PhD/Tib2512.
Ilmiy rahbar: Gafforov Sunnatullo Amrulloevich, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Tibbiyot xodimlarini kasbiy malakasini rivojlantirish markazi.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Toshkent davlat stomatologiya instituti, DSc.04/30.12. 2019.Tib.59.01.
Rasmiy opponentlar: Xabilov Nugmon Lukmonovich,  tibbiyot fanlari doktori, professor; Kalbaev Abibulla Akburaevich, tibbiyot fanlari doktori, professor (Kirg‘iziston), Gulyamov Surat Saidvalievich, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Rossiya xalklar do‘stligi universiteti (Rossiya Federatsiyasi).
Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: raqamli texnologiyalardan foydalangan holda zamonaviy, samarali materiallar, texnika va texnologiyalarni qo‘llab klinik, funksional, fizik va mexanik jixatidan ortopedik stomatologiya klinikasi uchun yuqori sifatli olinadigan protezlarni ishlab chiqarish usullarini takomillashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
 ilk bor tish qatoridagi nuqsonlar yoshi kattalar; shahar va (79,3%) va qishloq (90,6%) aholisi uchun yuqori ko‘rsatkichlarda tashkil qilindi, to‘liq tishsizlik shahar (22,6%) va qishloq (24,2%) aholisida ahamiyatli farqi aniqlandi, shuningdek, ortopedik stomatologik yordamga ehtiyoj shahar (79,3%) va qishloq (90,6%) aholisi orasida o‘ziga xos bog‘liqliklarda kuzatilishi asoslandigan;
sun’iy qoplama tishlar shahar (45,4%) va qishloq (14,8%) aholisida sezilarli farklarda, ko‘priksimon tish protezlari shahar (37,2%) va qishloq (35,2%) aholisida, to‘liq olib ko‘yiladigan protezlar shaharda (17,3%) va qishloq aholisida (15,1%) axamiyatsiz farklanishi, asosiy omillar -shaxsiy ortopedik stomatologik parvarish darajasi pastligi va shaxsning protez sifatidan qoniqmasligi isbotlangan;
ilk bor silikon bilan izolatsiya yordamida qisman olinadigan protezlar ishlab chiqarishda milk so‘rg‘ichi shikastlanishi oldini olishi va chaynash harakatlari paytida ularning shikastlanishini bartaraf qilinganligi to‘g‘risida foydali model ishlab chiqilgan;
ilk bor OB yuqori tanglay soxasi – torusda og‘riq sezuvchanligi klinik tasnif yaratildi va OBShQning og‘riq sezish chegaralariga asos solindi; 1-turdagi torus chegarasi qalinligi 0,4-0,6 mm, 2-turdagi torusni yumshoq taglik chegarasi qalinligi 0,6 - 0,8 mm, 3- turda - torus bilan suyak xosilasini 1,2-1,4 mm chegarasi va protez asosi torus bilan 1,0 mm oraliq belgilanib differensial yondashuvda klinik aniqlik isbotlandigan;
ilk bor olib ko‘yiladigan tish protezlarini tayyorlashda ko‘llanilayotgan xom-ashyoning fizik-mexanik, tarkibiy-sifatiy xususiyatlarini axamiyati asoslandi, kompleks yondashuv – protezning gigienik va texnologik, shillik qavatning klinik va topografik omillari protezlashning samaradorligini belgilovchi ko‘rsatkichlari ekanligi asoslangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Tibbiyot xodimlarini kasbiy malakasini rivojlantirish markazi ekspert kengashining 2023 yil 6 iyundagi №5 son xulosasiga ko‘ra:
epidemiologik, klinik, funksional, fizik-mexanik tadqiqotlar asosida bemorlar hayot sifatini yaxshilanishi, olib qo‘yiladigan plastinkali protezlarni tayyorlashda yangi xom-ashyolarni, yangicha torus klinik klassifikatsiyasi, OBShQning og‘riq sohalarining yangicha nuqtalari hamda davolash sifatini oshiruvchi kompleks yondashuvda, raqamli texnologiyalar keng foydalanish asoslangan. Ilmiy yangilikning amaliyotga joriy qilinishi: ikkilamchi adentiya mavjud bemorlarni erta tashxislash va parodont to‘qimalari holatini o‘rganish Buxoro viloyat Vobkent tuman tibbiyot birlashmasi, Toshkent shahar Uchtepa bolalar stomatologiya poliklinikasi Kozogiston respublikasi, Almati shaxar TOO “Dr. Bibi clinic” va “Intersity” klinikalar amaliyotiga (16.01.2023y. № 8n-r/89, 8n-r/90) joriy etilgan va QR 6592 sonli 19.08.2021 yildagi model patenti olingan (3-ilova). Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi quyidagilardan iborat: ikkilamchi adentiyani samarali tashxislash, davolash, bemor extiyojini to‘la qondirish uchun raqamli texnologiyalar imkoniyatidan keng foydalanib, og‘iz bo‘shlig‘i shilliq qavatining qattiq tanglaydagi torus sohasi va OBShQning tanglaydagi og‘riqni sezish sohasining sinflanishi, olib qo‘yiladigan tish protezlari xom-ashyolarining texnologik sifatini baholovchi modellar taklif qilinib, mualliflik patentlari olinganligi bilan asoslanadi. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi quyidagilardan iborat: 1 nafar bemor uchun qisman ikkilamchi adentiya mavjud bemorlarni tashxislash va davolash bilan bog‘liq bo‘lib, ishlab chiqilgan diagnostik va davolash amaliyoti davolash harajatlarining quyidagicha iqtisod bo‘lishiga olib keldi: bitta bemorni davolash davomiyligi – 10 kun; kisman ikkilamchi adentiyani tashxislash bo‘yicha tavsiya etilgan usullarning narxi – 2 403 200so‘m; hisoblash paytida ambulatoriya sharoitida 1 bemor uchun xarajatlar – 2 105 000so‘m (umumiy iqtisodiy samaradorlik 1 bemor uchun 298 200 so‘mni tashkil qildi). Xulosa: qisman ikkilamchi adentiya mavjud bemorlarni tashxislash va davolash amaliyotining joriy qilinishi 1 nafar bemor hisobiga byudjet mablag‘larini 298 200 so‘mga iqtisod qilish imkonini berdi.
kompleks tadqiqotlar natijalarini tahlil qilish asosida milk so‘rg‘ichi jarohatlarining oldini olish va ortopedik davolovchi uskunalarni loyihalashda torusni chegaralash ta’minlangan. Raqamli texnologiyalardan foydalangan holda olib qo‘yiladigan tish protezlarini ishlab chiqarish texnikasini amaliyotga joriy etish amaliy stomatologiyada yangi zamonaviy protezlarni qo‘llash uchun yangi usul yaratilgan. Ilmiy yangilikning amaliyotga joriy qilinishi: ikkilamchi adentiya mavjud bemorlarni erta tashxislash va parodont to‘qimalari holatini o‘rganish Buxoro viloyat Vobkent tuman tibbiyot birlashmasi, Toshkent shahar Uchtepa bolalar stomatologiya poliklinikasi, Kozogiston respublikasi, Almati shaxar TOO “Dr. Bibi clinic” va “Intersity” klinikalar amaliyotiga (16.01.2023y. № 8n-r/89, 8n-r/90) joriy etilgan va QR 6592 sonli 19.08.2021 yildagi model patenti olingan (2-ilova). Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi quyidagilardan iborat: to‘liq ikkilamchi adentiyani tiklashda bemorlar hayot sifatini yaxshilashni ta’minlaydigan olib kuyiladigan plastinkali protezlarni tayyorlovchi yangi xom-ashyolar va torusning klinik klassifikatsiyasi hamda OBShQning og‘riq sohalari ilmiy asoslanib model patenti bilan tasdiqlandi. Davolash sifatini oshiruvchi kompleks yondashuvga amal qilish ilmiy samaradorlikni oshirdi. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi quyidagilardan iborat: 1 nafar bemor uchun qisman ikkilamchi adentiya mavjud bemorlarni tashxislash va davolash bilan bog‘liq bo‘lib, ishlab chiqilgan diagnostik va davolash amaliyoti davolash xarajatlarining quyidagicha iqtisod bo‘lishiga olib keldi: bir bemorni davolash davomiyligi – 10 kun; qisman ikkilamchi adentiya tashxislash bo‘yicha tavsiya etilgan usullarning narxi umumiy – 2 403 200 so‘m; hisoblash paytida ambulatoriya sharoitida 1 bemor uchun xarajatlar – 2 005 000 so‘m (umumiy iqtisodiy samaradorlik 1 bemor uchun 398 200 so‘mni tashkil qildi) tashkil qilgan. Xulosa: qisman ikkilamchi adentiya mavjud bemorlarda, samarali protezlash usulini va protezlashdagi xom-ashyolarning sifatini, OBShQdagi qattiq tanglaydagi torus sohasining og‘riqni sezishi bo‘yicha nuqtalarni sinflash usullarining yaratilishi va davolash amaliyotida joriy qilinishi bemorlar ijtimoiy yashash tarzini yaxshilashi, iqtisodiy jihatdan har-bir bemor hisobiga byudjet mablag‘larining 398 200 so‘m tejalishiga imkon beradi.
shundan iboratki, epidemiologik, klinik, funksional, fizik-mexanik tadqiqot materiallari asosida bemorlar hayot sifatini yaxshilanishini ta’minlaydigan olib qo‘yiladigan plastinkali protezlarni tayyorlovchi yangi xom-ashyolar va torusning klinik klassifikatsiyasi hamda OBShQning og‘riq sohalari ilmiy asoslanib model patenti bilan tasdiqlandi hamda davolash sifatini oshiruvchi kompleks yondashuvga amal qilish ilmiy asoslandi. Ilmiy yangilikning amaliyotga joriy qilinishi: ikkilamchi adentiya mavjud bemorlarni erta tashxislash va parodont to‘qimalari holatini o‘rganish  Buxoro viloyat Vobkent tuman tibbiyot birlashmasi, Toshkent shahar Uchtepa bolalar stomatologiya poliklinikasi Kozogiston respublikasi, Almati shaxar TOO “Dr. Bibi clinic” va “Intersity” klinikalar amaliyotiga (16.01.2023y. № 8n-r/90, 8n-r/90) joriy etilgan (2-ilova). Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi quyidagilardan iborat: to‘liq ikkilamchi adentiyani tiklashda bemorlar hayot sifatini yaxshilashni ta’minlaydigan olib qo‘yiladigan plastinkali protezlarni tayyorlovchi yangi xom-ashyolar va torusning klinik klassifikatsiyasi hamda OBShQning og‘riq sohalari ilmiy asoslanib model patenti bilan tasdiqlandi hamda davolash sifatini oshiruvchi kompleks yondashuvga amal qilish ilmiy samaradorlikni oshirdi, qisman ikkilamchi adentiyani tashxislash bo‘yicha tavsiya etilgan sinflanishning yaratilishi ilmiy-amaliy jihatdan tashxislash va davolash samaradorligini oshirishga, bemorlar OB gigienasining yaxshilanishiga, ularning ijtimoiy talablarining qondirilishidek samaradorlikka erishishga asos bo‘ladi. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi quyidagilardan iborat: 1 nafar bemor uchun qisman ikkilamchi adentiya mavjud bemorlarni tashxislash va davolash bilan bog‘liq ishlab chiqilgan diagnostik va davolash amaliyoti davolash xarajatlarining quyidagicha iqtisod bo‘lishiga olib keldi: bitta bemorni davolash davomiyligi – 10 kun; qisman ikkilamchi adentiya tashxislash bo‘yicha tavsiya etilgan usullarning narxi – 2 403 200 so‘m; hisoblash paytida ambulatoriya sharoitida 1 bemor uchun xarajatlar – 2 075 000 so‘m (umumiy iqtisodiy samaradorlik 1 bemor uchun 328 200 so‘m) tashkil kildi. Xulosa: qisman ikkilamchi adentiya mavjud bemorlarni tashxislash va davolashda qo‘llanilayotgan xom-ashyoning texnologik tavsifini, OBShQ qattiq tanglaydagi og‘riq sezuvchanlik sohasini torus maydoni bo‘yicha sinflanishi, oqibatda OB gigienasining yaxshilanishiga erishishda zamonaviy texnologik uskunalar va yondashuvlardan keng foydalanish imkoniyatlarining amaliyotga to‘g‘ri tadbiq qilinishi, davlat byujetini, birinchi navbatda bemorlarning ijtimoiy ham iktisodiy mablag‘larini 328 200 so‘m tejash imkoniyatini yaratadi.
kompleks tadqiqotlar natijalarini tahlil qilish asosida milk so‘rg‘ichi jarohatlarining oldini olish va ortopedik davolovchi uskunalarni loyihalashda torusni chegaralash ta’minlanadi. Raqamli texnologiyalardan foydalangan holda olib qo‘yiladigan tish protezlarni ishlab chiqarish texnikasini amaliyotga joriy etish amaliy stomatologiyada yangi zamonaviy protezlarni qo‘llash uchun yangi eshiklarni ochadi. Ilmiy yangilikning amaliyotga joriy qilinishi: ikkilamchi adentiya mavjud bemorlarni erta tashxislash va parodont to‘qimalari holatini o‘rganish Buxoro viloyat Vobkent tuman tibbiyot birlashmasi, Toshkent shahar Uchtepa bolalar stomatologiya poliklinikasi Kozogiston respublikasi, Almati shaxar TOO “Dr. Bibi clinic” va “Intersity” klinikalar amaliyotiga (16.01.2023y. № 8n-r/90, 8n-r/90)) joriy etilgan  (2-ilova). Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi quyidagilardan iborat: 1 nafar bemor uchun kisman ikkilamchi adentiya mavjud bemorlarni tashxislash va davolashda OBShQ qattiq tanglay sohasi sezuvchanligi bo‘yicha sinflanishing yaratilishi, kqo‘llanilayotgan xom-ashyoning texnologik tavsifini aniqlash va ko‘rsatmalarga tayanib qo‘llanilishi, OB gigienasining yaxshilanishiga olib keldi hamda tish qatorlari nuqsonlarini samarali bartaraf qilib, ovqat chaynash faoliyatini tiklanishi orqali aholi orasida ijtimoiy extiyojni qondirilishiga erishish imkonini beradi. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi quyidagilardan iborat: 1 nafar bemor uchun qisman ikkilamchi adentiya mavjud bemorlarni tashxislash va davolash bilan bog‘liq ishlab chiqilgan diagnostik va davolash amaliyoti davolash xarajatlarining davlat byujeti va bemorlar shaxsiy mablag‘ini tejalishiga, ya’ni tez-tez sun’iy tish protezlarini yangilashga, OB gigienasini yaxshilanishi sabab-besabab vrachga qatnovini kamayishiga, tashxislashdagi zamonaviy usulning qo‘llanilishi orqali, samarali va o‘z vaqtida tibbiy stomatologik yordam tashkillashtirish orqali umumiy xisobda ambulatoriya sharoitida 1 bemor uchun umumiy iqtisodiy samaradorlik 308 200 so‘mgacha kamayishiga erishildi. Xulosa: qisman ikkilamchi adentiya mavjud bemorlarni tashxislash va davolash amaliyotining joriy qilinishi uchun samarali yutuqlar; OBShQdagi og‘riq sezish sohalari sinfining yaratilishi, protez xom-ashyosining texnologik tarkibini inobatga olib qo‘llanilishi orqali, OB gigienik holatini yaxshilanishi, tashxislash va davolash bosqichlarida zamonaviy avtomatlashtirilgan tizimdan keng foydalanish imkoniyatlaridan samarali foydalanish ilmiy-amaliy jihatidan asoslanadi va amaliyotga tadbiq etish uchun ishlanmalar, takliflar yaratilib patentlangan. Bemorlar uchun stomatologiya amaliyotida ijtimoiy-iqtisodiy samaradorligi aniq manbalarining har bir bemor uchun 308 200 so‘mgacha iqtisod qilish imkoniyati yaratilgan. N.S. Ruzuddinov «Raqamli texnologiya yordamida bemorlarni olinadigan tish protezlari bilan davolash sifatini oshirish» mavzusidagi dissertatsion tadqiqotida olingan yuqoridagi 4 ta ilmiy yangilikni boshqa sog‘liqni saqlash muassasalariga joriy etish bo‘yicha Tibbiyot xodimlarining kasbiy malakasini rivojlantirish markazining 2023 yil 31 martdagi 7n-z/11-sonli xulosasi Sog‘liqni saqlash vaziriligiga taqdim etilgan. Ilmiy yangiliklarning amaliyotga joriy qilinishi natijasida bir martalik davolashda 1 nafar bemor hisobiga davlat byudjetidan 328 200 so‘m iqtisod qilingan.

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish