Shamshidinov Umarxon Turaxodjaevich
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I.Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri: “Fuqarolik sud ishlarini yuritishda prokuror ishtirokini takomillashtirish masalalari”,
12.00.04 - Fuqarolik protsessual huquqi. Iqtisodiy protsessual huquqi. Hakamlik jarayoni va mediatsiya (yuridik fanlar).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.2.PhD/Yu747.
Ilmiy rahbar: Mamasiddiqov Muzaffarjon Musajonovich, yuridik fanlar doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston Respublikasi Huquqni muhofaza qilish akademiyasi.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: O‘zbekiston Respublikasi Huquqni muhofaza qilish akademiyasi, DSc.31/31.12.2020.Yu.67.01
Rasmiy opponentlar: Aminjonova Matluba Axmedovna, yuridik fanlar doktori, professor; Davletov O‘tkirbek Matmurotovich, yuridik fanlar bo‘yicha falsafa doktori, dotsent.
Yetakchi tashkilot: O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi Yuristlar malakasini oshirish markazi.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II.Tadqiqotning maqsadi fuqarolik sud ishlarini yuritishda prokuror ishtirokini takomillashtirish masalalari bo‘yicha taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III.Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
fuqarolik sud ishlarini yuritishda prokuror ishtiroki prokurorning sudlarga qonunda belgilangan tartibda va shaklda da’vo ariza (ariza) taqdim etish hamda boshqa shaxslar tomonidan boshlangan protsessda inson va fuqarolar, yuridik shaxslarning huquqlari, davlat va jamiyatning qonun bilan qo‘riqlanadigan manfaatlarini sudda samarali himoya qilinishini ta’minlash, protsessda qonuniylik va qonun ustuvorligini mustahkamlash,  shuningdek qonunda belgilangan vakolatlar orqali sud qarorlarining qonuniy, asosli va adolatli chiqarilishiga erishishdan iborat faoliyatidir, degan ta’rif ishlab chiqilgan;
O‘zbekiston Respublikasining “Prokuratura to‘g‘risida”gi Qonuniga fuqarolik sud ishlarini yuritishda prokuror ishtirokiga bag‘ishlangan bob kiritish va unda fuqarolik protsessida prokuror ishtirokining mazmuni, prokuror ishtirokining chegarasi va uning vakolatlari, prokurorning sudga murojaat etish huquqi va suddan fuqarolik ishlarni talab qilib olish masalalarini belgilash taklifi asoslab berilgan;
inson qadrini ulug‘lash, har kimning huquqlari va erkinliklari, qonuniy manfaatlarini ta’minlash mamlakatimizda amalga oshirilayotgan islohotlarning ustuvor yo‘nalishi ekanligidan kelib chiqib, jamiyatda kam ta’minlangan, ijtimoiy himoyaga muhtoj aholi qatlamining sud orqali himoyalanish borasidagi imkoniyatlarini oshirish, ularning buzilgan huquqlari va qonuniy manfaatlarini sudlarda beg‘araz va malakali himoya qilinishini ta’minlash maqsadida fuqarolik protsessida prokuror ishtirokining samaradorligi va ta’sirchanligini oshirish, davlat va jamiyat manfaatlarini himoya qilish borasida prokuror vakolatlarini kengaytirish lozimligi asoslantirilgan;
prokuror qonunda belgilangan tartibda va o‘z vakolatlari doirasida fuqarolik ishlar bo‘yicha sudlarda ishtirok etish, qonunchilik hujjatlariga zid bo‘lgan sud hujjatlariga qonunda belgilangan tartibda apellyasiya, kassatsiya, xususiy tartibda va ishni kassatsiya tartibida takroran ko‘rish haqidagi protest keltirish, protestni to‘ldirish, o‘zgartirish yoki qaytarib olish, O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokurori va ularning o‘rinbosarlari, Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar, Toshkent shahar prokurorlari hamda ularning o‘rinbosarlari kassatsiya protesti kiritish masalasini hal etish uchun tegishli suddan fuqarolik ishini talab qilib olishga oid normalarni belgilash asoslab berilgan.
IV.Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Tadqiqot ishi bo‘yicha olingan ilmiy natijalardan quyidagilarda foydalanilgan:
fuqarolik sud ishlarini yuritishda prokuror ishtiroki uning sudlarga belgilangan tartibda da’vo ariza (ariza) taqdim etish hamda uni qo‘llab-quvvatlash orqali fuqarolar, yuridik shaxslar, jamiyat va davlatning huquqlari va qonun bilan qo‘riqlanadigan manfaatlarini sud yo‘li bilan samarali himoya qilinishini ta’minlash, shuningdek qonunda belgilangan vakolatlar orqali sud qarorlarining qonuniy, asosli va adolatli chiqarilishiga erishishdan iborat bo‘lgan faoliyat ekanligi O‘zbekiston Respublikasining “Prokuratura to‘g‘risida”gi Konstitutsiyaviy Qonuni loyihasi 68-moddasida o‘z ifodasini topgan (O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasining 2023 yil 4 apreldagi 27/2-244–22-son dalolatnomasi). Mazkur taklifning qabul qilinishi sudlarda fuqarolik ishlarining ko‘rilishida prokurorning faoliyat yo‘nalishlarini aniqlashtirishga, uning fuqarolik protsessida ishtirok etish maqsad va vazifalarni to‘g‘ri belgilanishiga xizmat qilgan;
“Fuqarolik, iqtisodiy va ma’muriy sud ishlarini yuritishda prokuror ishtiroki” nomli yangi bob kiritilishini belgilash haqidagi taklif O‘zbekiston Respublikasining “Prokuratura to‘g‘risida”gi konstitutsiyaviy qonuni loyihasi 9-bobida o‘z ifodasini topgan (O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasining 2023 yil 4 apreldagi 27/2-244–22-son dalolat-nomasi). Mazkur taklifning qabul qilinishi fuqarolik sud ishlarini yuritishda prokuror ishtirokini tartibga soladigan normalarni tizimlashtirishga xizmat qilgan;
prokuror fuqarolar va yuridik shaxslarning, shuningdek jamiyat va davlatning huquqlari va qonun bilan qo‘riqlanadigan manfaatlarini himoya qilib, tegishliligi bo‘yicha fuqarolik ishlar bo‘yicha sudga da’vo arizasi (ariza) bilan murojaat qilish huquqiga ega ekanligini belgilash O‘zbekiston Respublikasining “Prokuratura to‘g‘risida”gi Konstitutsiyaviy Qonuni loyihasi 69-moddasida o‘z ifodasini topgan (O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasining 2023 yil 4 apreldagi 27/2-244–22-son dalolatnomasi). Mazkur taklifning qabul qilinishi prokurorning shaxslarning buzilgan huquqlari va qonuniy manfaatlarini sud orqali himoya qilish imkoniyatini kengaytirgan;
prokuror qonunda belgilangan tartibda va o‘z vakolatlari doirasida fuqarolik ishlar bo‘yicha sudlarda ishtirok etish, qonunchilik hujjatlariga zid bo‘lgan sud hujjatlariga qonunda belgilangan tartibda apellyasiya, kassatsiya, xususiy tartibda va ishni kassatsiya tartibida takroran ko‘rish haqidagi protest keltirish, protestni to‘ldirish, o‘zgartirish yoki qaytarib olish, O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokurori va ularning o‘rinbosarlari, Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar, Toshkent shahar prokurorlari hamda ularning o‘rinbosarlari kassatsiya protesti kiritish masalasini hal etish uchun tegishli suddan fuqarolik ishini talab qilib olishga oid normalarni belgilash O‘zbekiston Respublikasining “Prokuratura to‘g‘risida”gi Konstitutsiyaviy Qonuni loyihasi 70-71-moddalarida o‘z ifodasini topgan (O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasining 2023 yil 4 apreldagi 27/2-244–22-son dalolatnomasi). Mazkur taklifning qabul qilinishi prokurorning fuqarolik ishlari bo‘yicha sud qarorlarining qonuniyligi, asoslantirilganligi va adolatliligini tekshirish bo‘yicha faoliyatining samaradorligi va natijadorligini oshirishga xizmat qilgan.

 

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish