Mamasaidov Lutfillo Payzullo o‘g‘lining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): O‘zbekiston Respublikasi xalq ta’limi tizimi tarixi (Namangan viloyati misolida, 1991-2021 yillar), 07.00.01 - O‘zbekiston tarixi (tarix fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.4.PhD/Tar621.
Ilmiy rahbar: Dexkanov Narimon Burxonjonovich, siyosiy fanlari doktori, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Namangan davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Farg‘ona davlat universiteti, PhD.03/31.03.2021.Tar.05.05.
Rasmiy opponentlar: Ermetov Avazbek Abdullaevich, tarix fanlari doktori, professor; Shamsieva Maxfuzaxon Xo‘ja qizi, tarix fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD).
Yetakchi tashkilot: Andijon davlat universiteti.
Dissertatsiyaning yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi O‘zbekiston Respublikasi xalq taʼlimi tizimi tarixini 1991–2021-yillarda Namangan viloyati misolida ochib berishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
Namangan viloyatida mustaqillikning dastlabki yillarida yangi maktablar qurilishida sifat va me’yor darajasi, o‘quv fanlariga moslashtirilishi, demografik holat inobatga olinmaganligi sharoitida “Maktab ta’limini rivojlantirish umummilliy Dasturi” asosida maktablarda kapital rekonstruksiya va joriy ta’mirlash ishlari olib borilgani, unda muassasalarning zamonaviy kompyuterlar bilan ta’minlash masalasi Namangan shahri, Uchqo‘rg‘on, Chust, To‘raqo‘rgon timanlarida yanada ustuvor bo‘lganligi aniqlangan;
Namangan viloyatida uzlyuksiz taʼlim tizimini rivojlantirish maqsadida maktablarning boshlangʻich sinf o‘quvchilari uchun bepul ovqatlanish tizimi joriy etilgani, Buyuk Britaniya, Germaniya kabi davlatlar bilan chet tillarni o‘qitishda hamkorlikning yo‘lga qo‘yilgani, ayniqsa o‘quvchilarni tabaqalashtirilgan holda o‘qitish amaliyoti borasidagi muvaffaqiyatli tajriba respublika miqyosida ommalashtirilganligi asoslangan;
Namangan viloyatida iqtidorli o‘quvchilar bilan ishlash, ularning iste’dodini yuzaga chiqarish, rivojlantirish maqsadida yangi ixtisoslashgan hamda hududiy to‘rt yonalishdagi 222 ta tayanch maktablarining tashkil etilishi, boshqaruvni isloh qilish orqali xalq ta’limi tizimiga malakali menejerlarni tayinlash, xorijdan mutaxassislar jalb qilish kabi omillar muassasalarda ta’lim sifati va samaradorligini ortishiga xizmat qilganligi, har yili o‘tkaziladigan an’anaviy mahalliy va xalqaro miqyosdagi turli tanlovlarda 354 nafar maktab o‘quvchilarning ishtiroki orqali jahonga ma’lum bo‘lganligi ochib berilgan;
Namangan viloyati xalq ta’limi tizimida yuqori malakali, izlanuvchan, o‘zining “mahorat maktabi”ga ega muallimlarni rag‘batlantirish, ta’lim sifati past bo‘lgan maktablarda yangicha o‘qitish uslublarini o‘rgatish uchun oliy ta’lim muassasalari, akademik lisey va ixtisoslashgan maktablar o‘qituvchilaridan iborat “mobil metodik guruhlar” tashkil qilinganligi dalillangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. 1991-2021-yillarda Namangan viloyati xalq taʼlimi sohasida amalga oshirilgan islohotlar yuzasidan berilgan ilmiy xulosa va takliflar asosida;
Namangan viloyatida mustaqillikning dastlabki yillarida yangi maktablar qurilishida sifat va me’yor darajasi, o‘quv fanlariga moslashtirilishi, demografik holat inobatga olinmaganligi sharoitida “Maktab ta’limini rivojlantirish umummilliy Dasturi” asosida maktablarda kapital rekonstruksiya va joriy ta’mirlash ishlari olib borilgani, unda muassasalarning zamonaviy kompyuterlar bilan ta’minlash masalasi ustuvor bo‘lganligi, uzlyuksiz taʼlim tizimini rivojlantirish maqsadida maktablarning boshlangʻich sinf o‘quvchilari uchun bepul ovqatlanish tizimi joriy etilgani, Buyuk Britaniya, Germaniya kabi davlatlar bilan chet tillarini o‘qitishdagi hamkorlikni yo‘lga qo‘yilgani, ayniqsa o‘quvchilarni tabaqalashtirilgan holda o‘qitish amaliyoti borasidagi muvaffaqiyatli tajribasi respublika miqyosida ommalashtirilganligiga oid ma’lumotlardan O‘zbekiston milliy teleradiokompaniyasi “O‘zbekiston” teleradiokanali DM “Madaniy-maʼrifiy va badiiy eshittirishlar” muharririyatining “Taʼlim va taraqqiyot”, “O‘zbekiston yoshlari”, “Bolalar va biz” dasturlari senariylarini (2021-2022-yillar) tayyorlashda foydalanilgan (O‘zbekiston milliy teleradiokompaniyasining 2022-yil 17-noyabrdagi 04-36-1904-son maʼlumotnomasi). Natijada, radio eshittirishlarning ilmiy dolzarbligini ortishiga xizmat qilgan;
Namangan viloyatida iqtidorli o‘quvchilar bilan ishlash, ularning iste’dodini yuzaga chiqarish, rivojlantirish maqsadida yangi ixtisoslashgan hamda hududiy to‘rt yonalishdagi 222 ta tayanch maktablarini tashkil etilishi, boshqaruvni isloh qilish orqali xalq ta’limi tizimiga malakali menejerlarni tayinlash, xorijdan mutaxassislar jalb qilish kabi omillar muassasalarda ta’lim sifati va samaradorligini ortishiga xizmat qilganligi, har yili o‘tkaziladigan an’anaviy mahalliy va xalqaro miqyosdagi turli tanlovlarda 354 nafar maktab o‘quvchilarning ishtiroki orqali jahonga ma’lum bo‘lganligiga oid ma’lumotlardan Namangan viloyati tarixi va madaniyati davlat muzeyida yangi ko‘rgazma tashkil etishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi huzuridagi Madaniy meros agentligining 2022-yil 30-noyabrdagi 01-01/4070-son maʼlumotnomasi). Natijada, Namangan viloyati tarixi va madaniyati davlat muzeyiga tashrif buyruvchilarning taʼlim sohasining rivojlanishi bo‘icha bilim va tasavvurlarini boyishiga xizmat qilgan;
Namangan viloyati xalq ta’limi tizimida yuqori malakali, izlanuvchan, o‘zining “mahorat maktabi”ga ega muallimlarni rag‘batlantirish, ta’lim sifati past bo‘lgan maktablarda yangicha o‘qitish uslublarini o‘rgatish uchun oliy ta’lim muassasalari, akademik lisey va ixtisoslashgan maktablar o‘qituvchilaridan iborat “mobil metodik guruhlar” tashkil qilinganligiga oid natijalardan “O‘zbekistonning eng yangi tarixi” darsligini tayyorlashda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus taʼlim vazirligi 2022-yil 19-dekabrdagi 89-06-40-son maʼlumotnomasi). Natijada, talaba yoshlarning xalq taʼlimi sohasi rivoji doirasidagi bilimlarini yanada ortishiga xizmat qilgan.