Abduazimov Akbar Muxtorovichning

dissertatsiya himoyasisiz seleksiya yutug‘i (ixtiro patenti) asosida falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini berish bo‘yicha e’lon matni

 

I. Umumiy ma’lumotlar.

Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Bahorgi bug‘doyning ertapisharlilik hamda issiqlikka chidamlilik xususiyatlari asosida boshlang‘ich manba yaratish», 06.01.05–Seleksiya va urug‘chilik (qishloq xo‘jaligi fanlari).

Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2017.1.PhD/Qx16.

Ilmiy-tadqiqot ishi bajarilgan muassasa nomi: Don dukkakli ekinlar ilmiy-tadqiqot instituti Qashqadaryo filiali

Ilmiy rahbar: Amanov Amir, qishloq xo‘jaligi fanlari doktori, professor.

IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent davlat agrar universiteti, DSc.27.06.2017.Qx.13.01.

O‘zbekiston Respublikasi Intellektual mulk agentligining ixtiroga patenti olingan: yumshoq bug‘doyning «Janub gavhari» navi (NAR 00180).

O‘zbekiston Respublikasi Intellektual mulk agentligining 2018 yil 6 apreldagi 02-11/828-son xulosasi.

II. Tadqiqotning maqsadi: jahon kolleksiyasi namunalaridan foydalangan holda respublikaning shimoliy va janubiy mintaqalari sug‘oriladigan maydonlari tuproq-iqlim sharoitlariga mos genetik-seleksion tadqiqotlarga boshlang‘ich ashyo sifatida foydalanish maqsadida bahorgi yumshoq bug‘doyning ertapishar va issiqlikka chidamli bo‘lgan qimmatli xo‘jalik belgilarga ega bo‘lgan navini yaratishdan iborat.

III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:

ilk bor respublikaning janubiy va shimoliy mintaqalari sug‘oriladigan maydonlari uchun bahorgi yumshoq bug‘doy navlarining morfo-biologik belgi va xususiyatlari, biotik va abiotik omillarga chidamliligi, hosildorligi va don sifat ko‘rsatkichlari baholangan;

respublikaning shimoliy va janubiy mintaqalarida bahorgi bug‘doyning ertapishar, issiqlikka chidamli bo‘lgan, hosildorligi hamda don sifati yuqori boshlang‘ich manbalari tanlab olingan;

bahorgi bug‘doy navlarining issiqlikka va qurg‘oqchilikka chidamliligini baholash asosida amaliy seleksiya uchun chidamli bo‘lgan nav namunalari tanlab olingan va boshlang‘ich manba sifatida tavsiya etilgan;

ertapishar, hosildor, kasalliklarga hamda yotib qolishga chidamli, shuningdek yuqori sifat talablariga javob beradigan bahorgi yumshoq bug‘doyning «Janub gavhari» navi yaratilgan;

«Janub gavhari» navi respublikamizda yaratilgan bahorgi yumshoq bug‘doy navlari orasida issiqlikka chidamli va eng tezpisharligi aniqlangan.

IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.

Bahorgi yumshoq bug‘doyning yuqori sifatli seleksion ashyolarini yaratish, tur ichida murakkab duragaylash va yakka tanlash bo‘yicha olib borilgan tadqiqot natijalari asosida:

qimmatli xo‘jalik belgilariga ega hosildor, issiqlikka chidamli, ertapishar bahorgi yumshoq bug‘doyning yangi yaratilgan «Janub gavhari» naviga Intellektual mulk agentligining seleksiya yutug‘iga patenti olingan (NAR 00180). Buning natijasida bug‘doyning ushbu navidan sug‘oriladigan maydonlarda yuqori va sifatli don hosili olishga erishilgan;

bahorgi yumshoq bug‘doyning yangi «Janub gavhari» navi Qashqadaryo viloyati va Qoraqalpog‘iston Respublikasi fermer xo‘jaliklari g‘alla maydonlarida 16 gektar maydonda joriy etilgan (Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligining 2018 yil 11 yanardagi 02/21-48-son ma’lumotnomasi). Natajada bahorgi muddatda ushbu navdan g‘allachilik fermer xo‘jaliklarida andoza navlariga nisbatan gektariga 4,6 sentner qo‘shimcha don hosili olishga erishilgan va 770-880 ming so‘m sof foyda olingan hamda rentabellik darajasi 65-70 foizni tashkil etgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish