Djuraev Olimdjan Azizovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri: “Xavfli ishlab chiqarish ob’ektlarini identifikatsiyalash, hisobga olish va nazorat qilish mexanizmlarini takomillashtirish”, 21.02.24 – “Fuqarolar himoyasi. Favqulodda holatlarning oldini olish hamda ularni bartaraf etish vositalari va usullari” ixtisosligida dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.1.PhD/T1239.
Ilmiy rahbar: Shamansurov Sunnat Sultanovich, texnika fanlari nomzodi, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan tashkilot nomi: Islom Karimov nomidagi Toshkent davlat texnika universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan tashkilot nomi, IK raqami: O‘zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi Akademiyasi huzuridagi
DSc.40/29.12.2022.T.129.01 raqamli Ilmiy kengashi.
Rasmiy opponentlar: Yo‘ldosheva Ozoda Muxammadsodiq qizi – Toshkent to‘qimachilik va engil sanoati instituti professori, texnika fanlari doktori, professor; Kamolov Lazizjon Aminovich – O‘zbekiston Respublikasi FVV Akademiyasi kafedra katta o‘qituvchisi t.f.f.d, (PhD), dotsent.
Yetakchi tashkilot: Toshkent kimyo-texnologiya instituti.
II. Tadqiqotning maqsadi xavfli ishlab chiqarish ob’ektlarini identifikatsiyalash, hisobga olish, nazorat qilish mexanizmlarini takomillashtirishdan iborat.
III.Tadqiqotning ilmiy yangiliklari:
sanoat xavfsizligi sohasida yagona davlat reestirini yuritishni takomillashtirishda, ishlab chiqilgan algoritm va avtomatlashtirilgan dasturiy tizimni qo‘llash orqali, xavfli ishlab chiqarish ob’ektlarini ish faoliyati samaradorlik koeffisienti va xavfsiz ishlash darajasi mexanizmi modeli takomillashtirilgan;
xavfli ishlab chiqarish ob’ektlarini ekspertiza jarayonida soha ekspertlari guruhining eng maqbul ekspertlardan foydalanish samaradorligi koeffisientining matematik modeli ishlab chiqilgan;
fuqaro muhofazasini ta’minlashda “Xavfli ishlab chiqarish ob’ektlarini hisobga olish va davlat reestrini yuritish tartibi to‘g‘risida”gi ichki Reglamenti ishlab chiqilgan.
“Xavfli ishlab chiqarish ob’ektlarini hisobga olish va davlat reestrini yuritish tartibi to‘g‘risida”gi ichki Reglamenti ishlab chiqilib, xavfli ishlab chiqarish ob’ektlarin-i ekspertizadan o‘tkazish jarayonida sanoat xavfsizligi sohasi tizimidagi ekspert komissiyasi faoliyati mexanizmlarini takomillashtirilgan.
IV.Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Xavfli ishlab chiqarish ob’ektlarini identifikatsiyalash, hisobga olish va nazorat qilish mexanizmlarini takomillashtirish bo‘yicha olingan natijalar asosida:
fuqaro muhofazasini ta’minlash maqsadida, xavfli ishlab chiqarish ob’ektlarini hisobga va ro‘yxatga olish algoritmi va avtomatlashtirilgan axborot tizimi yaratilgan bo‘lib, Sanoat xavfsizligi davlat qo‘mitasining nazorat profilaktika faoliyatini tahlil qilish va muvofiqlashtirish boshqarmasida joriy etilgan. (O‘zbekiston Respublikasi Sanoat xavfsizligi davlat qo‘mitasining 2022 yil 5-apreldagi 01/04-329-sonli ma’lumotnomasi) Natijada xavfli ishlab chiqarish ob’ektlarini hisobga va ro‘yxatga olish samaradorligi 60 % ga oshirilishiga erishilgan.
“Xavfli ishlab chiqarish ob’ektlarini hisobga olish va davlat reestri yuritish tartibi to‘g‘risida”gi ichki Reglamenti ishlab chiqilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Mudofaa va xavfsizlik masalalari qo‘mitasining 2022 yil 10 martdagi 07/2-son ma’lumotnomasi),  (O‘zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligining 2022-yil 5-apreldagi 4/4/32-952-son malumotnomasi).
Natijada maxsus ekspert komissiyasining joriy etilishi xavfli ishlab chiqarish ob’ektlarini ekspertiza (identifikatsiya) o‘tkazish vaqtini samaradorligini 20-30 % gacha yaxshilangan

Yangiliklarga obuna bo‘lish