Abdullaeva Xulkar Raxmatullaevnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar:
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Ilmiy bilish imkoniyatlarining falsafiy tahlili”, 09.00.01 – Ontologiya, gnoseologiya va mantiq (falsafa fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2018.1.PhD/Fal154.
Ilmiy rahbar: Abdullaeva Mahbuba Nurullaevna, falsafa fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi huzuridagi Ijtimoiy va ma’naviy tadqiqotlar instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: O‘zbekiston Milliy universiteti, DSc.03/30.12.2019.F.01.05.
Rasmiy opponentlar: Davronov Ziyod Davronovich, falsafa fanlari doktori, professor; Izzetova Emine Mustafaevna, falsafa fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Toshkent davlat transport universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy-amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi ilmiy bilishning imkoniyatlarining falsafiy jihatlarini ochib berishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
raqamli dunyo, virtual borliq, atom konsepsiyalari zamonaviy ontologik muammo sifatida olamni bilish va anglashning ilk usullari, imkoniyatlari sifatida yuzaga kelganligi va transformatsiyalashuv natijasida ijtimoiy voqelikka aylanganligi asoslab berilgan;
postnoklassik fandagi verifikatsiya, falsifikatsiya, tadqiqot dasturlari, proliferatsiya, paradigma tamoyillarining demarkatsiya, ilmiylik mezonini belgilashda va metodologik yondashuvdagi pragnoz qilishga ko‘ra farqi, dunyoning yaxlit ilmiy manzarasini hosil qilishdagi o‘ziga xosligi ochib berilgan;
inson, jamiyat va tabiatni yaxlit tizim sifatida talqin qiluvchi zamonaviy paradigmalarda insonning kognetiv qobiliyatlari hamda shaxsiy bilimlar natijadorligi evolyusion jarayonga muvofiq taraqqiy etishi hamda bilimlarning o‘sishi anologik tarzda yuz berishi isbotlab berilgan;
texnokratlashib borayotgan murakkab tizimlarga ega dunyoda suniy intellekt hamda NBIKI (nano-, bio-, informatsion-, kognetiv-, ijtimoiy-) konvergensiyaning salbiy oqibatlarini kamaytirishda fanlararo va trasfanlararo yondashuvlar asosidagi nanoepistemologiya va nanoepistemologik etikani global ta’lim makonida shakllantirish zarurati dalillangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Ilmiy bilish imkoniyatlarining falsafiy tahlili ahamiyatini aniqlash jarayonida qo‘lga kiritilgan ilmiy natijalar asosida:
raqamli dunyo, virtual borliq, atom konsepsiyalari zamonaviy ontologik muammo sifatida olamni bilish va anglashning ilk usullari, imkoniyatlari sifatida yuzaga kelganligi va transformatsiyalashuv natijasida ijtimoiy voqelikka aylanganligiga oid taklif, tavsiya hamda xulosalardan Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazining 2022 yilda ma’naviy-ma’rifiy ishlar samaradorligini oshirish va sohani rivojlantirish bo‘yicha chora-tadbirlar dasturining III yo‘nalishida belgilangan “Oila, ta’lim tashkilotlari va mahallalarda ma’naviy tarbiyaning uzviyligini ta’minlashga doir chora-tadbirlar” 11-bandi “Baxtli bo‘lishning 10 sharti” rukni ostida o‘quvchi-yoshlarda Vatanga sadoqat, tadbirkorlik, irodalilik, mehr-oqibatlilik, mas’uliyatlilik, bag‘rikenglik, huquqiy madaniyat, innovatsion fikrlash, mehnatsevarlik tayanch fazilatlari mazmun-mohiyatini yoshlar ongi va qalbiga singdirish hamda ushbu fazilatlarni shakllantirish” mavzusida o‘tkazilgan targ‘ibot ishlarida dissertatsiya materiallaridan foydalanilgan (Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazining 2022-yil 13-dekabrdagi 02-22/543-son ma’lumotnomasi). Natijada targ‘ibot tadbirlari davomida aholining, ayniqsa, yoshlarning ilmiy, falsafiy, ma’naviy-axloqiy dunyoqarashi yanada kengayishiga erishilgan;
postnoklassik fandagi verifikatsiya, falsifikatsiya, tadqiqot dasturlari, proliferatsiya, paradigma tamoyillarining demarkatsiya, ilmiylik mezonini belgilashda va metodologik yondashuvdagi pragnoz qilishga ko‘ra farqi, dunyoning yaxlit ilmiy manzarasini hosil qilishdagi o‘ziga xosligi asosida ishlab chiqilgan xulosa, taklif va tavsiyalardan O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi “Madaniyat va ma’rifat” telekanalida mamlakat rivojida ilm-fanning o‘rni mavzusiga bag‘ishlangan 2022-yil 22-noyabrda efirga uzatilgan “Bugun intervyu” ko‘rsatuvida unumli foydalanilgan (O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi “Madaniyat va ma’rifat” telekanali davlat muassasining 2022-yil 1-dekabrdagi 01-02-03/409-son ma’lumotnomasi). Natijada ilmiy xulosa va takliflar ko‘rsatuvning ilmiy mazmunini boyitishga, teletomoshabinlar ilmiy dunyoqarashini kengaytirishga, ilmiy salohiyatini o‘stirishga xizmat qilgan;
inson, jamiyat va tabiatni yaxlit tizim sifatida talqin qiluvchi zamonaviy paradigmalarda insonning kognetiv qobiliyatlari hamda shaxsiy bilimlar natijadorligi evolyusion jarayonga muvofiq taraqqiy etishi hamda bilimlarning o‘sishi anologik tarzda yuz berishi asosida ishlab chiqilgan xulosalar, taklif va tavsiyalardan Yoshlar agentligining amaliy tadbirlarida foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Yoshlar ishlari agentligining 2022-yil 26-noyabrdagi 4-13-23-4033-son ma’lumotnomasi). Natijada ilmiy xulosa va takliflar tadbir ishtirokchilarining ilmiy, falsafiy, ma’naviy, axloqiy dunyoqarashini shakllanishiga xizmat qilgan;
texnokratlashib borayotgan murakkab tizimlarga ega dunyoda suniy intellekt hamda NBIKI (nano-, bio-, informatsion-, kognetiv-, ijtimoiy-) konvergensiyaning salbiy oqibatlarini kamaytirishda fanlararo va trasfanlararo yondashuvlar asosidagi nanoepistemologiya va nanoepistemologik etikani global ta’lim makonida shakllantirish zaruratiga oid xulosa, taklif va tavsiyalardan Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi huzuridagi Mehnat bozori tadqiqotlar institutining ilmiy-amaliy loyihalarida tatbiq etilgan (Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi huzuridagi Mehnat bozori tadqiqotlar institutining 2023 yil 1 martdagi 04/00-01/01-180-son dalolatnomasi). Natijada dissertatsiyada ilgari surilgan ilmiy yangilik va xulosalar, metodologiyadan ilmiy loyihalarning nazariy asoslarini ishlab chiqishda va ilmiy-amaliy taklif va tavsiyalar, uslubiy ko‘rsatmalar berishda unumli foydalanilgan.