Narxodjaeva Xurshida Sharipovnaning
fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Rasmiy muloqot matnining lingvomadaniy va pragmatik tadqiqi”, 10.00.01 – O‘zbek tili (filologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.1.DSc/Fil508.
Ilmiy maslahatchi: Lutfullaeva Durdona Esonovna, filologiya fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Qarshi davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Qarshi davlat universiteti, DSc.03/30.12.2021.Fil.70.01.
    Rasmiy opponentlar: Umurqulov Bekpo‘lat, filologiya fanlari doktori, professor; Iskandarova Sharifa Madalievna, filologiya fanlari doktori, professor; Ko‘chimov Shuhrat Norqizilovich, filologiya fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi o‘zbek tilidagi rasmiy muloqot matnlarining lingvomadaniy va  pragmatik xususiyatlarini ochib berishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
o‘zbek rasmiy muloqot matnlarining milliy-madaniy xoslanishi hamda rasmiy munosabatlar doirasida rasmiy muhit, nutq vaziyati, rasmiylik tamoyillari kabilar bilan bog‘liq holda yaratilishi asoslangan;
nutqiy muloqotning og‘zaki, yozma, internet muloqot kabi turlari aniqlanganib, rasmiy muloqotning amalga oshishida muhim o‘rin tutuvchi nutqiy aktlar, yuqori darajada qoliplashgan jumlalar kabi lisoniy hamda rasmiy muhit, noverbal nutq etiketi, vaqt reglamenti kabi nolisoniy omillar belgilangan;
rasmiy nutqiy muloqotda adresant va adresatning  vazifasi aniqlanib, ushbu muloqot turining nutq ishtirokchilarining maqomi, yoshi, jinsi, ijtimoiy roli, kasbiy faoliyati kabilar bilan bevosita bog‘liq holda amalga oshishi dalillangan;
rasmiy muloqot matnlarining mazmuniy-sintaktik strukturasi hamda nutqda namoyon bo‘ladigan kommunikativ xususiyatlari ko‘rsatilib, rasmiy nutqiy muloqotda lisoniy vositalar tanlovi muhim ahamiyat kasb etishi asoslangan;
rasmiy muloqot matnlarining milliy-madaniy xoslanishiga ta’sir ko‘rsatuvchi leksik-grammatik vositalar, o‘zbek tiliga xos nutqiy etiketlar hamda rasmiy nutqiy muloqotda xushmuomalalik va hurmat tamoyillarini ifodalovchi o‘zbek tilining leksik, sintaktik vositalari aniqlanib, rasmiy muloqotda kommunikativ strategiya va taktikaning qo‘llanish xususiyatlari ochib berilgan.
IV.Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. O‘zbek tilida rasmiy nutqiy muloqot matning lingvomadaniy va pragmatik tadqiqi natijalari asosida:
o‘zbek rasmiy muloqot matnlarining milliy-madaniy xoslanishi hamda rasmiy munosabatlar doirasida rasmiy muhit, nutq vaziyati, rasmiylik tamoyillari kabilar bilan bog‘liq holda yaratilishi asoslangan, pragmalingvistika va lingvokulturologiya sohalarining  tadqiq obekti ekanligi  dalillanganiga doir xulosalardan Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat O‘zbek tili va adabiyoti universitetida bajarilgan Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat O‘zbek tili va adabiyoti universitetida bajarilgan PZ-2020042022 raqamli “Turkiy tillarning lingvodidaktik eliktron platformasini yaratish” amaliy loyihasida foydalanilgan (Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat O‘zbek tili va adabiyoti universitetining 2023-yil 28-apreldagi 04/1-833-son ma’lumotnomasi). Natijada loyihada ommaviy lisoniy madaniyatda rasmiy muloqot odobi, nutqiy etiketlarning muhim o‘rin tutishi asoslab berish imkonini bergan;
    o‘zbek tili materiallari asosida nutqiy muloqotning  og‘zaki, yozma, internet muloqot kabi turlari aniqlanganib, rasmiy muloqotning amalga oshishida muhim o‘rin tutuvchi lisoniy (nutqiy aktlar, yuqori darajada qoliplashgan jumlalar kabilar) hamda nolisoniy omillar (rasmiy muhit, noverbal nutq etiketi, vaqt reglamenti kabilar) belgilanganiga doir xulosalardan Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi tomonidan darslik sifatida tavsiya etilgan “Hozirgi o‘zbek tili” darsligida foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirining 2018-yil 27-martdagi 274-son buyrug‘iga muvofiq 274-312 raqami asosida ro‘yxatga olingan). Natijada darslikda rasmiy nutqiy muloqot turlari haqidagi nazariy qarashlar boyitish imkonini bergan;
rasmiy muloqot matnlarining milliy-madaniy xoslanishiga ta’sir ko‘rsatuvchi leksik-grammatik vositalar, o‘zbek tiliga xos nutqiy etiketlar aniqlangan, rasmiy nutqiy muloqotda xushmuomalalik va hurmat tamoyillarini ifodalovchi o‘zbek tilining leksik, sintaktik vositalari aniqlangan; rasmiy nutqiy aktlarning turlari ajratilib, rasmiy muloqotda kommunikativ strategiya va taktikaning qo‘llanish xususiyatlari yoritilganiga oid xulosalaridan Qashqadaryo viloyat teleradiokompaniyasining “Oltin voha” dasturidagi “Ochiq muloqot”, “Qadriyat” radioeshittirish ssenariylarini tayyorlashda foydalanilgan (Qashqadaryo viloyat teleradiokompaniyasining 2023-yil 2-maydagi 17-05/76-son ma’lumotnomasi). Natijada radioeshittirish ssenariysi rasmiy nutqiy muloqot xususiyatlariga oid bilimlar bilan mukammallashtish imkonini bergan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish