Karimova Xurriyat Sharipovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “O‘zbek tilida “jasorat” semali leksemalarning semantikasi, strukturasi va leksikografik talqini”, 10.00.01 – O‘zbek tili (filologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.4.PhD/Fil2826.
Ilmiy rahbar: Tojieva Gulbahor Nomozovna, filologiya fanlari doktori, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Qarshi davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Qarshi davlat universiteti, DSc.03/30.12.2021.Fil.70.01.
Rasmiy opponentlar: Pardaev Azamat Baxronovich, filologiya fanlari doktori, professor; Islomov Ikrom Xushboqovich, filologiya fanlari doktori, dotsent.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi o‘zbek tilidagi “jasorat” umumiy semali atov birliklarning struktur, semantik va leksikografik muammolarini ochib berishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
o‘zbek tilidagi “jasorat” umumiy semali birliklarining leksik tizimda alohida lug‘aviy-ma’noviy guruh sifatida barqaror o‘ringa egaligi, atov birliklarning tarkibi ham boshqa mavzuiy guruhlar singari til tizimida shakl, mazmun va semantik strukturaga ega ekanligi isbotlangan;
“jasorat” umumiy semali atov birliklarning ma’nodoshlari va umumiy, xususiy semantik ma’nosi orqali qo‘llanishidagi o‘zaro faol va nofaolligi bilan xarakterlanishi aniqlanib, atov birliklarning shakl va ma’no munosabatining strukturaviy va sistemaviy xususiyatlaridan kelib chiqadigan lisoniy va nolisoniy omillari mavjudligi dalillangan;
o‘zbek tilidagi “jasorat” umumiy semali atov birliklari shakliy strukturasiga ko‘ra so‘z, sodda, qo‘shma, juft so‘z shakllarida hamda murakkab va barqaror birikmalar shaklida ham uchrashi, so‘z shaklidagi birikmalar tub va birikma shaklidagi atov birliklar sodda va murakkab birikma shaklidagi birliklarga bo‘linishi aniqlangan;
o‘zbek adabiy tilida “jasorat” umumiy semali atov birliklari ko‘lami kattaligi, ularda xalqning mental dunyosi va fikriy olami yorqin ifodalanishi, maqollar inson ma’naviyati, hayotiy tutumlarining shakllanishi va rivojida katta ahamiyatga molikligi aniqlangan.
IV.Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. “Jasorat” umumiy semali atov birliklarni o‘rganish bo‘yicha olingan natijalar asosida:
o‘zbek tilidagi “jasorat” umumiy semali birliklarining leksik tizimda alohida lug‘aviy-ma’noviy guruh sifatida barqaror o‘ringa egaligi atov birliklarning tarkibi ham boshqa mavzuiy guruhlar singari til tizimida shakl, mazmun va semantik strukturaga ega ekanligi isbotlanganiga oid xulosalaridan 5120100 – Filologiya va tillarni o‘qitish (o‘zbek tili) bakalavriat ta’lim yo‘nalishi uchun mo‘ljallangan “Hozirgi o‘zbek tili” darsligining “Leksika, leksik-semantik sath, leksikologiya va leksikografiya” deb nomlangan qismini tayyorlashda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirining 2018 yil 27 martdagi 274-son buyrug‘iga muvofiq 274-312 raqami asosida ro‘yxatga olingan). Natijada darslikdagi leksemada shakl va mazmun yaxlitligini tahlil va tasnif qilish talqiniga doir ma’lumotlar nazariy va amaliy jihatdan boyitish imkonini bergan;
“jasorat” umumiy semali atov birliklarning ma’nodoshlari va umumiy, xususiy semantik ma’nosi orqali qo‘llanishidagi o‘zaro faol va nofaolligi bilan xarakterlanishi aniqlanib, atov birliklarning shakl va ma’no munosabatining strukturaviy va sistemaviy xususiyatlaridan kelib chiqadigan lisoniy va nolisoniy omillari mavjudligi dalillanganiga oid xulosalaridan Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetida bajarilgan PZ-2020042022 raqamli “Turkiy tillarning lingvodidaktik elektron platforma yaratish” nomli amaliy grant loyihasida foydalanilgan (Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetining 2023-yil 1-iyundagi 04/1-1070-son ma’lumotnomasi). Natijada turkiy tillarda “jasorat” semali leksemalarni lingvodidaktik elektron platformaga joylashtirishda ilmiy va amaliy xulosalar chiqarish imkonini bergan;
o‘zbek tilidagi “jasorat” umumiy semali atov birliklari shakliy strukturasiga ko‘ra so‘z, sodda, qo‘shma, juft so‘z shakllarida hamda murakkab va barqaror birikmalar shaklida ham uchrashi, so‘z shaklidagi birikmalar tub va birikma shaklidagi atov birliklar sodda va murakkab birikma shaklidagi birliklarga bo‘linishi aniqlanganiga oid xulosalaridan Qashqadaryo viloyat teleradiokompaniyasining “Oltin voha” dasturidagi “Ochiq muloqot” dasturining ssenariysini tayyorlashda foydalanilgan (Qashqadaryo viloyat teleradiokompaniyasining 2023-yil 5-apreldagi 17-07/71-son ma’lumotnoma). Natijada ushbu dastur uchun tayyorlangan materiallar mazmun jihatidan takomillashgan, ilmiy dalillar bilan boyitilgan.