Eshimbetov Maxmud Urazboevichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beradigan fan tarmog‘i nomi): “Ma’muriy organlar va ular mansabdor shaxslarining qarorlari, harakatlari (harakatsizligi) yuzasidan kelib chiquvchi nizolarni sudda ko‘rib chiqish tartibini takomillashtirish”, 12.00.02 -“Konstitutsiyaviy huquq. Ma’muriy huquq. Moliya va bojxona huquqi” ixtisosligida (yuridik fanlar).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2020.1.PhD/Yu349.
Ilmiy rahbar: Nematov Jo‘rabek, yuridik fanlar doktori.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston Respublikasi Jamoat xavfsizligi universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: O‘zbekiston Respublikasi Jamoat xavfsizligi universiteti, DSc.32/30.12.2020.Yu.74.01.
Rasmiy opponentlar: Turg‘unov Oybek Karimovich, yuridik fanlar doktori, professor; Xojiev Erkin Tuyg‘unovich, yuridik fanlar nomzodi, professor.
Yetakchi tashkilot: Berdaq nomidagi Qoraqalpoq davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi O‘zbekiston Respublikasida ommaviy huquqiy munosabatlar doirasida ma’muriy organlar va ular mansabdor shaxslarining qarorlari (ma’muriy akt), harakatlari (harakatsizligi) yuzasidan kelib chiquvchi nizolarni sudda ko‘rib chiqishning protsessual tartibini takomillashtirish bo‘yicha taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
sud ishda ishtirok etuvchi shaxslarning tushuntirishlari, arizalari, iltimosnomalari, ular tomonidan taqdim etilgan dalillar va ishning boshqa materiallari bilan cheklanmasdan ma’muriy ishning to‘g‘ri hal qilinishi uchun ahamiyatga ega bo‘lgan barcha haqiqiy holatlarni har tomonlama, to‘liq va xolisona tekshirishi lozimligi asoslab berilgan;
sud o‘z tashabbusi yoki ishda ishtirok etuvchi shaxslarning iltimosnomasi bo‘yicha qo‘shimcha dalillar to‘plashi hamda ma’muriy sud ishlarini yuritish vazifalarini hal qilishga qaratilgan boshqa harakatlarni bajarishi zarurligi asoslab berilgan;
ma’muriy ishlar bo‘yicha isbotlash majburiyatlari taqsimlanishining boshqacha tartibi nazarda tutilmagan bo‘lsa, ishda ishtirok etuvchi shaxslar o‘z talablariga yoki e’tirozlariga asos qilib keltirayotgan haqiqiy holatlarni isbotlashi kerakligi asoslangan;
ma’muriy organlar va mansabdor shaxslar qaror qabul qilishda, harakatlarni sodir etishda faqat o‘zi tayangan asoslarni keltirishi shartligi asoslangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Ommaviy huquqiy munosabatlar natijasida qabul qilingan ma’muriy aktlar va harakat (harakatsizlik) yuzasidan kelib chiquvchi nizolarni sudda ko‘rib chiqish tartibini takomillashtirish yo‘llarini tadqiq etish asosida:
sud ishda ishtirok etuvchi shaxslarning tushuntirishlari, arizalari, iltimosnomalari, ular tomonidan taqdim etilgan dalillar va ishning boshqa materiallari bilan cheklanmasdan ma’muriy ishning to‘g‘ri hal qilinishi uchun ahamiyatga ega bo‘lgan barcha haqiqiy holatlarni har tomonlama, to‘liq va xolisona tekshirishi lozimligi to‘g‘risidagi taklif O‘zbekiston Respublikasi Ma’muriy sud ishlarini yuritish to‘g‘risidagi kodeksining 11-moddasini yangi tahrirda ishlab chiqishda o‘z aksini topgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Korrupsiyaga qarshi kurashish va sud-huquq masalalari Qo‘mitasining 2022-yil 28-dekabrdagi 04/2-09/6215-son hamda O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Sud-huquq masalalari va korrupsiyaga qarshi kurashish qo‘mitasining 2023-yil 9-martdagi 06-13/23-son ma’lumotnomalari). Mazkur taklif ma’muriy organlar bilan munosabatlarda fuqarolar va tadbirkorlik subektlari huquqlarini sudning faol ishtiroki orqali samarali himoya qilinishini ta’minlashga huquqiy asos yaratgan;
sud o‘z tashabbusi yoki ishda ishtirok etuvchi shaxslarning iltimosnomasi bo‘yicha qo‘shimcha dalillar to‘playdi, shuningdek ma’muriy sud ishlarini yuritish vazifalarini hal qilishga qaratilgan boshqa harakatlarni bajarishi zarurligi to‘g‘risidagi taklif O‘zbekiston Respublikasi Ma’muriy sud ishlarini yuritish to‘g‘risidagi kodeksining 11-moddasini yangi tahrirda ishlab chiqishda o‘z aksini topgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Korrupsiyaga qarshi kurashish va sud-huquq masalalari Qo‘mitasining 2022-yil 28-dekabrdagi 04/2-09/6215-son hamda O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Sud-huquq masalalari va korrupsiyaga qarshi kurashish qo‘mitasining 2023-yil 9-martdagi 06-13/23-son ma’lumotnomalari). Mazkur taklif fuqarolarning qonuniy huquqlarini tiklash maqsadida sudga qo‘shimcha vakolatlar berish orqali qonuniy va asoslantirilgan qarorlar qabul qilinishiga xizmat qilgan;
isbotlash majburiyatlari taqsimlanishining boshqacha tartibi nazarda tutilmagan bo‘lsa, ishda ishtirok etuvchi shaxslar o‘z talablariga yoki e’tirozlariga asos qilib keltirayotgan haqiqiy holatlarni isbotlashi kerakligi to‘g‘risidagi taklif O‘zbekiston Respublikasi Ma’muriy sud ishlarini yuritish to‘g‘risidagi kodeksining 67-moddasini birinchi qismini yangi tahrirda ishlab chiqishda inobatga olingan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Korrupsiyaga qarshi kurashish va sud-huquq masalalari Qo‘mitasining 2022-yil 28-dekabrdagi 04/2-09/6215-son hamda O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Sud-huquq masalalari va korrupsiyaga qarshi kurashish qo‘mitasining 2023-yil 9-martdagi 06-13/23-son ma’lumotnomalari). Mazkur taklif ma’muriy organlar bilan munosabatlarda fuqarolar va tadbirkorlik subektlari huquqlarini samarali himoya qilinish maqsadida, ishda ishtirok etuvchi shaxslarning isbotlash jarayonida mas’uliyatini va faolligini oshirishga xizmat qilgan;
ma’muriy organlar va mansabdor shaxslar qaror qabul qilishda, harakatlarni sodir etishda faqat o‘zi tayangan asoslarni keltirishi mumkinligi to‘g‘risidagi taklif O‘zbekiston Respublikasi Ma’muriy sud ishlarini yuritish to‘g‘risidagi kodeksining 67-moddasini uchinchi qismini yangi tahrirda ishlab chiqishda inobatga olingan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Korrupsiyaga qarshi kurashish va sud-huquq masalalari Qo‘mitasining 2022-yil 28-dekabrdagi 04/2-09/6215-son hamda O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Sud-huquq masalalari va korrupsiyaga qarshi kurashish qo‘mitasining 2023-yil 9-martdagi 06-13/23-son ma’lumotnomalari). Mazkur taklif nafaqat isbotlash jarayonida ma’muriy organlar mas’uliyatini oshirishga, balki ma’muriy hujjatlar qabul qilish yoki harakatlar sodir etishdagi mas’uliyatini ham oshirishga xizmat qilgan.

 

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish