Shamansurova Nargiza Xayotovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Bachadon bo‘yni saratonining tarqalishini baholashda ul`tratovushning innovatsion texnologiyalari» 14.00.19 - Klinik radiologiya (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2020.2.PhD/Tib1219.
Ilmiy rahbar: Mamadalieva Yashnar Mamasolievna, tibbiyot fanlari doktori.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Tibbiyot xodimlari malakasini oshirishni rivojlantirish markazi.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Respublika ixtisoslashtirilgan onkologiya va radiologiya ilmiy amaliy tibbiyot markazi, DSc.04/30.12.2019Tib.77.01.
Rasmiy opponentlar: Karimov Axmadjon Xoshimovich, tibbiyot fanlari doktori, professor; Alieva Dil`fuza Abdullaevna, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Andijon davlat tibbiyot instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: bachadon bo‘yin saratonining tarqalishini va kasallikning og‘irligini baholashda majmuaviy ul`tratovush tekshiruvining klinik ahamiyatini oshirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
bachadon bo‘yni saratoni hajmini aniqlashda ul`tratovush ko‘rsatkichlaridan, V-rejimida ikkilamchi ko‘paytma (IK) va kompression elastografiyada uchlamchi ko‘paytma (UK) dan, foydalanilishi samaradorligi isbotlangan;
ilk marotaba majmuaviy ul`tratovush tekshiruvi kompression elastografiya texnikasi yordamida bachadon bo‘yni nuqsonining mavjudligi, katta o‘sma o‘lchamlari (UK>216 sh.b.), 6 turdagi elastografik bo‘yalishi, bachadon bo‘yni saratonining progressiyasi rivojlanish ko‘rsatkichlar ekanligi isbotlangan;
o‘sma jarayonining bachadon tanasining distal qismlariga, qinning yuqori uchdan bir qismiga va old parametriyga tarqalishini baholashda kompression elastografiyasining V-rejimiga nisbatan samaradorligi isbotlangan;
ilk marotaba majmuaviy ul`tratovush tekshiruvi yordamida aniqlangan bachadon tanasi miometriyning ingichkalanishi, o‘rtacha intratumoral qon oqimi Vps<9 sm/s, UK qiymatlari <10 sh.b., E-indeksining qiymati <4,5 va 4-5 turdagi elastografik bo‘yalishi bachadon bo‘yni saratonining nisbatan stabil kechish tavsiflashi isbotlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. 
Tibbiyot xodimlarining kasbiy malakasini rivojlantirish markazi ekspert kengashining 2023 yil 23 iyuldagi 5-son xulosasiga ko‘ra:
birinchi ilmiy yangilik: Kompression elastografiya yordamida murakkab ul`tratovush tekshiruvi (UTT) qo‘llanilishining diagnostik informativligini oshiradigan va qimmatbaho nurli tasvirlash usullarini amalga oshirish qiyin yoki mumkin bo‘lmagan hollarda, ishlab chiqilgan va xaqiqiyligi tadiqlangan ul`tratovush sintetik o‘simta hajm ko‘rsatkichlari ishlatilishi isbotlandi. Ilmiy yangilikning amaliyotga joriy qilinishi: Olingan ilmiy-amaliy ma’lumotlar Respublika ixtisoslashtirilgan onkologiya va radiologiya ilmiy amaliy tibbiyot markazining Namangan viloyati filialiga buyruq (19.07.2022 y.; № 52 – ilova 1) bilan markazning onkoginekologiya bo‘lim amaliyotiga, MChJ “MedFayTem” buyruq (11.07.2022 y.; № 11/01 - ilova 2) va “Parents Holiday” buyruq (22.07.2022 y.; № 14/01 - ilova 3) bilan diagnostik markazlarning faoliyatiga joriy etildi. Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi. Ishlab chiqilgan sintetik IK va UK ko‘rsatkichlaridan foydalangan holda, bachadon bo‘yin o‘simtasining haqiqiy hajm o‘lchamlarini o‘z vaqtida, samarali usul bilan o‘lchab olinadi; muqobil diagnostika muolajalari uchun sarflangan vaqtni qisqartiradi; bemorlarning boshqa nurli tadqiqot usullariga sarflangan xarajatlarini kamaytiradi, shuningdek, tanlangan terapiya yo‘nalish samaradorligini monitoring qilishda ishtirok etadi. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi. BBSda MRT/MSKT yordamida o‘lchangan o‘sma hajm ko‘rsatkichlari, kompression elastografiya rejimi qo‘llanilgan murakkab UTTda, o‘sma hajmini muqobil ravishda hisoblash uchun ishlab chiqilgan sintetik ko‘rsatkichlardan (IK va UK) foydalanish imkoniyatini hisobga olgan holda, quyidagi iqtisodiy hisob-kitoblarga olib keldi: diagnostika markazlari o‘rtasida tos a’zolarining MRT va kompression elastografiya yordamida murakkab UTT narxlarini tahlil qilishda, o‘rtacha narx mos ravishda 282,5+26,2 ming so‘mni va 142,5+18,1 ming so‘mni tashkil qildi. Tadqiqot xarajatlaridan hisoblangan farq natijasida, kompression elastografiya rejimi bilan ishlangan murakkab UTTdan foydalanganda, 1 bemorga diagnostika muolajalariga ishlatilgan o‘rtacha narx kamayishi 140+8,1 ming so‘mni tashkil qildi. Xulosa: Kompression elastografiya rejimi qo‘llanilgan murakkab UTTda, BBSning IK va UK ko‘rsatkichlar foydalangan hollarda, saraton bilan chalinganm bemorlar uchun, o‘ta muhim bo‘lgan, diagnostika va muolajalarga ajratilgan vaqti qisqarishi, hamda narxlari kamayishiga imkonini berdi.
ikkinchi ilmiy yangilik: BBSda o‘sma jarayonining tarqalish darajasini (mahalliy tarqalish) baholashda kompression elastografiya rejimidan foydalanilgan murakkab UTTning, faqat V-rejimidan foydalangan standart UTTga nisbatan yuqori diagnostik informativligi va afzalligi isbotlangan. Bu BBS diagnostika muolajalarida murakkab UTT, va ayniqsa, kompression elastografiyaning informativligini va ahamiyatini sezilarli darajada oshirishi aniqlangan. Ilmiy yangilikning amaliyotga joriy qilinishi: Olingan ilmiy-amaliy ma’lumotlar Respublika ixtisoslashtirilgan onkologiya va radiologiya ilmiy amaliy tibbiyot markazining Namangan viloyati filialiga buyruq (19.07.2022 y.; № 52 – ilova 1) bilan markazning onkoginekologiya bo‘lim amaliyotiga, MChJ “MedFayTem” buyruq (11.07.2022 y.; № 11/01 - ilova 2) va “Parents Holiday” buyruq (22.07.2022 y.; № 14/01 - ilova 3) bilan diagnostik markazlarning faoliyatiga joriy etildi. Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi. BBSning mahalliy tarqalish darajasini baholashda murakkab UTT kompression elastografiya texnikasi bilan foydalanilgan holda, BBSning to‘g‘ri bosqichni aniqlash ehtimolini oshishi isbotlangan. Bu esa, to‘g‘ri terapiya yo‘nalishini tanlash vaqtini qisqartirishga, tanlangan davolanish yo‘nalishining samaradorligini baholashda bemorlarni dinamik kuzatishga, va, shuningdek, bemorlarning boshqa nurli diagnostika usullari uchun xarajatlarini kamaytirishga imkon berishi aniqlangan. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi: BBSning birlamchi mahalliy tarqalish darajasini baholash uchun nurli usullarga (MRT / MSKT) muqobil ravishda bo‘lgan murakkab UTT (V-rejim, dopplerografiya va kompression elastografiya) foydalanganda, bemorlarni dinamik kuzatish imkoniyatini hisobga olgan holda, quyidagi xarajatlar tahlili o‘tkazildi: 10 ta xususiy klinikalar o‘rtasida tos a’zolarining MRT va murakkab UTT o‘rtacha narx qiymati, mos ravishda 274+29,6 va 139+17,8 ming so‘m miqdorida aniqlandi. Mahalliy tarqalish darajasini baholashda fakat murakkab UTTdan foydalanilganda, har bir bemor uchun tejamkorlik 135+11,8 ming so‘mni tashkil etdi. Tanlangan terapiya yo‘nalishining samaradorligini aniqlashda, qorin bo‘shlig‘i va kichik tos a’zolarining vizualizatsiyasini o‘tkazishida MRT va murakkab UTT o‘rtacha narx qiymati mos ravishda 677,5 + 58,7 va 331,5+38,2 ming so‘mni tashkil qildi. Tanlangan terapiya yo‘nalishining samaradorligini aniqlashda qorin bo‘shlig‘i va kichik tos a’zolarining fakat murakkab UTTdan foydalanilganda, har bir bemor uchun tejamkorlik 346+20,5 ming so‘mni tashkil etdi. Hulosa. Murakkab UTTning kompression elastografiya texnikasidan foydalanilganda BBSning bosqichini to‘g‘ri aniqlash ehtimoli oshishi isbotlandi, adekvat terapiya yo‘nalishini tanlash vaqti qisqarildi, shuningdek, BBS bilan og‘rigan bemorlarni dastlabki tekshirish va tanlangan terapiya yo‘nalishi monitoringini iqtisodiy tarafdan tejamkorroq bo‘lishi aniqlandi.
uchinchi ilmiy yangilik: murakkab UTT kompression elastografiya texnikasi yordamida, BBSning rivojlanishiga eng katta hissa qo‘shadigan belgilari aniqlangan, ular tufayli, davolanishning rejalashtirish bosqichida tajovuzkor terapiyaga muhtoj bo‘lgan bemorlar kontingentini aniqlanishi isbotlandi, bu esa, BBS bilan og‘rigan bemorlarning omon qolish prognozini yaxshilanishiga olib kelishi aniqlangan. Ilmiy yangilikning amaliyotga joriy qilinishi. Olingan ilmiy-amaliy ma’lumotlar Respublika ixtisoslashtirilgan onkologiya va radiologiya ilmiy amaliy tibbiyot markazining Namangan viloyati filialiga buyruq (19.07.2022 y.; № 52 – ilova 1) bilan markazning onkoginekologiya bo‘lim amaliyotiga, MChJ “MedFayTem” buyruq (11.07.2022 y.; № 11/01 - ilova 2) va “Parents Holiday” buyruq (22.07.2022 y.; № 14/01 - ilova 3) bilan diagnostik markazlarning faoliyatiga joriy etildi. Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi quyidagilardan iborat: • progressiv kechishli BBS bilan kasallangan bemolarni, umumiy bemorlarning kontingentidan, statistik jihatdan ishonchli ajratib berishga imkon beradi; • BBSning progressiv kechishli bemorlar toifasi uchun adekvat va to‘g‘ri terapiya yo‘nalishini tanlashga imkon beradi; • davolanib kelayotgan bemorlarni, olib borilayotgan terapiya yo‘nalishining samaradorligini kuzatishga imkon beradi. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi: Amalda kasallikning progressiv kechishini aniqlashga o‘zini hissasini qo‘shgan va statistik jihatdan ishonchli BBSda uchraydigan ul`tratovush belgilaridan foydalanilgan holda, quyidagi iqtisodiy hisob-kitoblar amalga oshirildi: BBS bilan og‘rigan 25 nafar bemorni murakkab UTT kompression elastografiya rejimi qo‘llanilishi yordamida bachadon bo‘yni saratoni progressiv turi 14 nafar bemorda aniqlandi (sarflangan mablag‘ – 1.995.000 so‘m), qolgan 9 nafar bemorga qo‘shimcha nurli tadqiqot usullari – MRT/MSKT o‘tkazildi (narxi 3.107.500 so‘m). Agar barcha bemorlarga faqat MRT/MSKT o‘tkazilsa, shunda 7.062.500 so‘m mablag‘ sarflanardi edi. (Umumiy iqtisodiy samaradorlik 1.960.000 so‘mni, bir bemor uchun – 78.400 so‘mni tashkil qildi). Xulosa: Murakkab UTT kompression elastografiyasi bilan foydalanilganda, adekvat terapiya yo‘nalishiga muhtoj bo‘lgan odamlar kontingentini aniqlashga imkon berdi, shuningdek, 1 nafar bemor uchun terapiya kursining samaradorligini monitoring qilishda 78.400 so‘m iqtisod qilish imkonini berdi.
to‘rtinchi ilmiy yangilik: ishlab chiqilgan tashxisot jadvali, bemorlarni aniqlash algoritmi, elektron kal`kulyator BBS bilan og‘rigan bemorlarning klinik va bashoratli holatini qimmat yuqori texnologiyali nurli tasvirlash usullarini amalga oshirish qiyin va/yoki imkoniyati bo‘lmagan taqdirda baholashga imkon berishi aniqlandi. Ilmiy yangilikning amaliyotga joriy qilinishi: Olingan ilmiy-amaliy ma’lumotlar Respublika ixtisoslashtirilgan onkologiya va radiologiya ilmiy amaliy tibbiyot markazining Namangan viloyati filialiga buyruq (19.07.2022 y.; № 52 – ilova 1) bilan markazning onkoginekologiya bo‘lim amaliyotiga, MChJ “MedFayTem” buyruq (11.07.2022 y.; № 11/01 - ilova 2) va “Parents Holiday” buyruq (22.07.2022 y.; № 14/01 - ilova 3) bilan diagnostik markazlarning faoliyatiga joriy etildi. Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi Qimmatbaho nurli tadqiqot usullarini o‘tkazish imkoniyati qiyin (qarshi ko‘rsatmalarni hisobga olgan holda) yoki iloji bo‘lmasa (chekka hududlarda MRT/MSKT apparatlarining yo‘q bo‘lgan holda), bunday vaziyatlarda murakkab UTTda kompression elastografiya rejimini foydalanilgandan ishlab chiqilgan va statistik jihatdatdan ishonchli bo‘lgan xususiyatlarga asoslangan elektron kalkulyator, diagnostika algoritmidan foydalanish, eng qulay, ommabop va informativlik jihatdan yuqori darajali usuli isbotlandi. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi. BBSni tibiati kechishiga qarab, bemorlar kontingentini aniqlashga mo‘ljallangan va ishlab chiqilgan modellashtirish usuli va diagnostika algoritmini qo‘llash va amaliy ishlatish asosida quyidagi iqtisodiy hisob-kitoblar amalga oshirildi: BBS bilan og‘rigan bemorlarda kompression elastografiya yordamida o‘tkazilgan 32 ta murakkab UTTdan 17 nafar bemorda BBSning progressiv turi (sarflangan mablag‘ – 2.422.500 so‘m), 6 nafar bemorda nisbatan barqaror kechish (sarflangan mablag‘ – 855.000 so‘m) bo‘lgan, 9 nafar bemorda esa, noaniq natijalarga erishildi va ularga qo‘shimcha yuqori texnologik nurli tekshirish usullari (MRT/MSKT) o‘tkazish tavsiya qilindi (sarflangan mablag‘ – 3.825.000 so‘m). Umumiy sarflangan mablag‘ qiymati 7.102.500 so‘mni tashkil qildi. Agar ushbu bemorlarga faqat yuqori texnologik nurli tekshirish usullari (MRT/MSKT) o‘tkazilsa, 9.040.000 so‘m mablag‘ sarflanar edi. (Iqtisodiy samaradorlik 1.937.500 so‘mni tashkil etdi). Xulosa: Ishlab chiqilgan diagnostik algoritmi va elektron kalkulyator BBSning kechish tabiatini klinik va prognostik baholashda qimmatli iqtisodiy mahsulot, shuningdek, yuqori texnologiyali nurli tadqiqot usullarini qiyin va / yoki imkon bo‘lmagan hollarda ijtimoiy tarafdan ommabop foydalanish mumkin bo‘lgan materialdir.
 

Yangiliklarga obuna bo‘lish