Jabborova Dilfuza Pushkinovnaning
dissertatsiya himoyasisiz chop etilgan maqolalar asosida
fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan tarmog‘i nomi): «Ayrim o‘simliklarning o‘sishi va fiziologik xususiyatlarini yaxshilashda biochar va foydali mikroorganizmlarning roli», 03.00.07- O‘simliklar fiziologiyasi va biokimyosi (biologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.4.DSc/B179.
Ilmiy maslahatchi: Davranov Qaxramon, biologiya fanlari doktori, professor..
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Genetika va o‘simliklar eksperimental biologiyasi instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasalar nomi, IK raqami: Genetika va o‘simliklar eksperimental biologiyasi instituti, DSc.02/30.12.2019.V.53.01.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: dorivor va oziq-ovqat ekinlarining morfofiziologik xususiyatlari, ildiz tizimining morfologik ko‘rsatkichlari va tuproq biokimyoviy xususiyatlariga biochar va foydali mikroorganizmlarning ta’sirini (qurg‘oqchil va optimal sharoitda) aniqlash hamda dorivor va oziq-ovqat ekinlarini organik etishtirishning samarali usulini ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ilk bor biocharning 2 va 3% li konsentratsiyasida rayxoning o‘sishi, xlorofill miqdori va ildiz morfologik ko‘rsatkichlari (umumiy ildiz uzunligi, ildiz yuzasi, ildiz diametri, ildiz hajmi va ildiz maydoni) oshirishi, tuproq fermentlarining (fluoressein diatsetat, fenoloksidaza, kislotali fosfomonoestraza va ishqoriy fosfomonoestraza) faolligini oshirishiga samarali ta’sir etishi ochib berilgan;
soya ildiziga B.japonicum USDA110 va P.putida TSAU1 bakteriyalari aralashmasi bilan ishlov berilgan biocharli tuproqda ildiz tizimining yaxshi rivojlanishi, tugunak hosil bo‘lishining jadallashishi, o‘simlikning Bradyrhizobium bilan simbiotik aloqasi yaxshilanishi, tuproq ozuqa moddalari va tuproq fermentlari faolligiga biochar hamda B.japonicum USDA110 va P.putida TSAU1 bakteriyalarining birgalikdagi aralashmasi samarali ta’sir etishi aniqlangan;
qurg‘oqchil sharoitida biochar va o‘simlik o‘sishini jadallashtiruvchi B. endophyticus 33 bakteriyasi bilan ishlov berilganda tuproqning agrokimyoviy xossalariga va tuproq fermentlariga ijobiy ta’sir etishi, ismaloq o‘sishini, o‘simlik barglaridagi plastid pigmentlar miqdorini oshirishi va o‘simlikning qurg‘oqchilikka chidamliligi oshganligi aniqlangan;
alohida biochar, alohida mikoriza zamburug‘i xamda biochar va mikoriza zamburug‘i birgalikda qo‘llanilganda ismaloq va xelba bargidagi umumiy xlorofill, xlorofill a, xlorofill b va karotinoidlar miqdorini sezilarli oshirganligi, bamiya va soya o‘simliklarining o‘sishiga va ildiz tizimining morfologik xususiyatlariga ijobiy ta’sir etishi aniqlangan;
biochar va mikoriza zamburug‘i birgalikda qo‘llanilganda tuproqning biokimyoviy xususiyatlariga samarali ta’sir etishi asosida tuproqning mikrob biomassasi, mikoriza zamburug‘i sporalari soni va tuproq fermentlari (ishqorli fosfomonoesteraza, digidrogenaza, fluoressein diatsetat) faolligini yaxshilashi yoritib berilgan;
o‘simlik o‘sishini jadallashtiruvchi B. endophyticus IGPEB 33 bakteriyasi va mikoriza zamburug‘i birgalikda qo‘llanilganda zanjabil o‘simligining o‘sishi, o‘simlik bargining suv saqlash xususiyatini, bargidagi umumiy xlorofill, xlorofill a, xlorofill b va karotinoidlar miqdorini oshirishi, tuproqdagi azot, fosfor, uglerod miqdori oshganligi va fermentlar (katalaza, invertaza, ureaza va fosfataza) faolligini yaxshilashi aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Ayrim o‘simliklarning o‘sishi va fiziologik xususiyatlarini yaxshilashda biochar va foydali mikroorganizmlarning roli bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida :
zanjabil va rayxon o‘simligining o‘sishi, ildiz morfologik va fiziologik xususiyatlariga va tuproq fermentlari faolligiga biocharning turli konsentratsiyalarini ta’sirini aniqlash bo‘yicha olingan natijalar 33 dan ortiq xorijdagi impakt-faktori (Web of Science) yuqori ilmiy jurnallarda chop qilingan (Horticulturae, 2021, Vol.7, №10, pp.1-15, №1, Web of Science, IF 2.923; Plants, 2022, Vol. 11, №13, pp.1-19, №1, Web of Science, IF 4.658; GCB Bioenergy, 2022, Vol.14, № 12, pp.1254-1265, №1, Web of Science, IF 5.957; PLoS ONE, 2022, Vol. 17, № 2, pp.1-24, №1, Web of Science, IF 3.752; Front. Sustain. Food Syst, 2023, Vol.7, pp.1-12, №1, Web of Science, IF 5.005; Front. Plant Sci, 2022, Vol.13, pp.1-16, №1, Web of Science, IF 6.627) maqolalarda xavolalar berilgan. Natijalar dukkakli, dorivor va boshqa ekinlarning o‘sishini va hosildorligini oshirish hamda tuproq unumdorligini yaxshilash imkonini bergan;
soya o‘simligining o‘sishi, tuproq fermentlari faolligi va tuproqning agrokimyoviy xossalarini biochar va o‘simlik o‘sishini jadallashtiruvchi bakteriyalar yordamida yaxshilash bilan bog‘liq bo‘lgan natijalar 40 dan ortiq xorijdagi impakt-faktori (Web of Science) yuqori ilmiy jurnallarda chop qilingan maqolalarda (Chem. Biol. Technol. Agric, 2022, Vol.9, №1, pp.1-29, №1, Web of Science, IF 6.6; Environmental Science and Pollution Research, 2022, Vol. 29, №30, pp.45089-45106, №1, Web of Science, IF 5.8; Plants, 2023, Vol.12, №5, p.1-30, №1, Web of Science, IF 4.658; Front Bioeng Biotechnol, 2022, Vol.10, pp.1-19, №1, Web of Science, IF 6.064) xavolalar qilingan. Natijada o‘simlikning morfologik ko‘rsatkichlari bilan o‘simlikdagi temir va yog‘ miqdorini yaxshilash o‘rtasidagi ijobiy bog‘liqlikni asoslash va o‘simlikni abiotik omillarga chidamliligini aniqlash imkonini bergan;
ismaloq va helba o‘simliklarining o‘sishi, ildiz morfologik va fiziologik xususiyatlari va tuproq fermentlari faolligini yaxshilashda biochar va mikorizaning zamburug‘ining ta’siri bilan bog‘liq bo‘lgan natijalar 39 dan ortiq xorijdagi impakt-faktori (Web of Science) yuqori ilmiy jurnallarda chop qilingan maqolalarda (Biochar, 2023; Vol.5, №1, pp.1-13 №1, Web of Science, IF 12.7; J. Fungi, 2022, Vol.8, №12, pp.1-15, №1, Web of Science, IF5.724; J. Fungi, 2021, Vol. 7, №10, pp.1-14, №1, Web of Science, IF5.724; Front. Plant Sci., 2022, Vol. 13, pp.1-16, №1, Web of Science, IF6.064; Ecological Indicators, 2023, Vol.148, pp.1-12, №1, Web of Science, IF 6.263) tahlil qilingan va xavolalar berilgan. Natijada dorivor va boshqa o‘simliklarning o‘sishini, fiziologik xususiyatlarini asoslash va o‘simlik tarkibidagi biologik faol moddalar miqdorini oshirish, tuproqning fizik-kimyoviy xossalarini yaxshilash asosida tuproq unumdorligini va ekinlar xosildorligini oshirish imkonini bergan;
bamiya va soya o‘simliklarining o‘sishi, ildiz morfologik va fiziologik xususiyatlarini yaxshilashda va o‘simlikni qurg‘oqchilikka chidamliligini oshirishda biochar va mikoriza zamburug‘ining ta’siri ta’siri bilan bog‘liq bo‘lgan natijalar 22 dan impakt-faktori (Web of Science) yuqori ilmiy jurnallarda chop qilingan maqolalarda (J. Fungi, 2022, Vol. 8, №12, pp.1-15, №1, Web of Science, IF 5.724; Agriculture, 2022, Vol. 12, №9, pp.1-14, №1, Web of Science, IF 3.408; Ecotoxicology and Environmental Safety, 2022,Vol. 249, pp.1-18, №1, Web of Science, IF 7.129; Horticulturae, 2023; Vol. 9, №2, pp.1-24, №1, Web of Science, IF 3.1; Agriculture, 2023, Vol.13, №7, p.1-16, №1, Web of Science, IF 3.408) berilgan natijalarni talqin qilish va tavsiflashda ishlatilgan. Natijada o‘simliklar o‘sishiga, ozuqa moddalarining so‘rilishiga, fiziologik xususiyatlariga va tuproq fermenlari faolligiga ta’sirini asoslash va o‘simlikning sho‘rlanishga va qurg‘oqchilikka chidamligini aniqlash imkonini bergan.