Mamadaliev Abror Akbarjonovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiya himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): «Sport menejeri boshqaruv kompetensiyalarini takomillashtirishning ijtimoiy-psixologik shartlari», 19.00.05 – Ijtimoiy psixologiya. Etnopsixologiya (psixologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2021.1.PhD/P263.
Ilmiy rahbar: Hayitov Oybek Eshboevich, psixologiya fanlar doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat pedagogika universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Toshkent davlat pedagogika universiteti, PhD.03/30.12.2021.P.26.02.
Rasmiy opponentlar: Umarov Baxriddin Mengboevich, psixologiya fanlari doktori, professor; Abdullaev Bobur Asqarjonovich, psixologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD).
Yetakchi tashkilot: Toshkent davlat sharqshunoslik unversiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi sport menejeri boshqaruv kompetensiyalarini ijtimoiy-psixologik jihatdan takomillashtirish shartlari bo‘yicha taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
sport menejerlari psixologik kompetentligining tarkibiy komponentlarini ekspert baholash natijasida sohaga doir masalalar echimini topishni modellashtirish va tizimli tahlil yuritish, tashkilotchilik, kelajakni ko‘ra olish, vaqtni to‘g‘ri taqsimlash, rejalashtirish qobiliyatlarining ustuvor namoyon bo‘lishi tufayli boshqaruv kompetensiyalarining mazmuni yuqori yuklamali professional sifatlarni faktorli tahlillash, differensiyalashtirish asosida takomillashtirilgan;
uzlyuksiz ravishdagi rahbar-kadrlar malakasini oshirish jarayonida boshqaruvda qo‘llanilayotgan «transformatsion liderlik uslubi»ning «shaxs yoki xulq-atvor darajasida g‘oyaviy ta’sir»ini namoyon qiluvchi sabab-oqibat komponentini rivojlantirilishi hamda «notranzaksion liderlik uslubi»dan foydalanayotgan rahbarlardagi «aralashmaslik» komponentini korreksiyalanishi sport menejerlari boshqaruv kompetensiyasini takomillashuvining muhimi jtimoiy-psixologik sharti sifatida asoslangan;
sport menejerlari boshqaruv kompetensiyasi ularning o‘z «Men»iga integral hissi, o‘zini hurmat qilish, o‘zini-o‘zi yoqtirish, qo‘lostidagilardan kutilayotgan munosabat, o‘z shaxsiyatiga qiziqish, o‘ziga o‘zi ishonch, o‘zgalardan kutilayotgan munosabat, o‘zini o‘zi qabul qilish, o‘ziga o‘zi rahbarlik qilish, o‘zini o‘zi ayblash, o‘z-o‘ziga qiziqishini ifodalash, o‘zini o‘zi tushunish kabi shaxsiy sifatlar komponentlariga asoslanuvchi «Soft skills» ko‘nikmalarini boshqaruv faoliyatiga transformatsiyalash orqali takomillashtirilgan;
sport menejeri boshqaruv kompetensiyasini takomillashtirishda yuqori bo‘g‘in rahbarlari yoki qo‘l ostidagi xodimlar bilan munosabatga kirishish vaziyatlarida muhim boshqaruv qarorlarini qabul qilishga xizmat qiluvchi sifatlarning usiuvorligi tufayli ekstremal kompetensiyalar menejerdagi «lokus nazorat» xususiyatini sport boshqaruvi faoliyatiga qo‘llashning muhim ijtimoiy-psixologik sharti sifatida dalillangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Sport menejeri boshqaruv kompetensiyalarini takomillashtirishning ijtimoiy-psixologik shartlari aniqlash bo‘yicha olib borilgan ilmiy tadqiqot natijalari: 
sport menejerlari psixologik kompetentligining tarkibiy komponentlarini ekspert baholash natijasida sohaga doir masalalar echimini topishni modellashtirish va tizimli tahlil yuritish, tashkilotchilik, kelajakni ko‘ra olish, vaqtni to‘g‘ri taqsimlash, rejalashtirish qobiliyatlarining ustuvor namoyon bo‘lishi tufayli boshqaruv kompetensiyalarining mazmuni yuqori yuklamali professional sifatlarni faktorli tahlillash, differensiyalashtirish asosida takomillashtirishga oid takliflar Toshkent davlat pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2023-yil 5-iyuldagi PM-36-son buyrug‘i bilan «Sport psixologiyasi» moduliga kiritilgan (Toshkent davlat pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2023-yil 6-iyuldagi PM-36a-son ma’lumotnomasi). Natijada, kadrlarga bo‘lgan ehtiyoj, jismoniy tarbiya va sport sohasi boshqaruv kadrlari tayyorlashni rejalashtirish va prognozlashning huquqiy va psixologik jihatlarini tahlil etishga imkon yaratilgan;
uzlyuksiz ravishdagi rahbar-kadrlar malakasini oshirish jarayonida boshqaruvda qo‘llanilayotgan «transformatsion liderlik uslubi»ning «shaxs yoki xulq-atvor darajasida g‘oyaviy ta’sir»ini namoyon qiluvchi sabab-oqibat komponentini rivojlantirilishi hamda «notranzaksion liderlik uslubi»dan foydalanayotgan rahbarlardagi «aralashmaslik» komponentini korreksiyalanishi sport menejerlari boshqaruv kompetensiyasini takomillashuvining muhimi jtimoiy-psixologik sharti sifatida asoslangan xulosalar Toshkent davlat pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2023-yil 5-iyuldagi PM-36-son buyrug‘i bilan «Boshqaruv psixologiyasi» moduliga kiritilgan (Toshkent davlat pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2023-yil 6-iyuldagi PM-36a-son ma’lumotnomasi). Natijada zamonaviy mehnat bozori kontekstida jismoniy tarbiya va sport sohasiga oid kadrlar siyosati yuritilishi va uni boshqarishning nazariy va klaster tahlilini o‘tkazish ko‘lami kengaytirilgan;
sport menejerlari boshqaruv kompetensiyasi ularning o‘z «Men»iga integral hissi, o‘zini hurmat qilish, o‘zini-o‘zi yoqtirish, qo‘lostidagilardan kutilayotgan munosabat, o‘z shaxsiyatiga qiziqish, o‘ziga o‘zi ishonch, o‘zgalardan kutilayotgan munosabat, o‘zini o‘zi qabul qilish, o‘ziga o‘zi rahbarlik qilish, o‘zini o‘zi ayblash, o‘z-o‘ziga qiziqishini ifodalash, o‘zini o‘zi tushunish kabi shaxsiy sifatlar komponentlariga asoslanuvchi «Soft skills» ko‘nikmalarini boshqaruv faoliyatiga transformatsiyalash orqali takomillashga doir takliflar Toshkent davlat pedagogika universiteti qoshidagi Psixologiya o‘quv-ilmiy Markazining 2023-yil 5-iyuldagi PM-36-son buyrug‘iga asosan «Boshqaruv psixologiyasi» moduliga kiritilgan (Toshkent davlat pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2023-yil 6-iyuldagi PM-36a-son ma’lumotnomasi). Natijada jismoniy tarbiya va sport sohasida davlat boshqaruvi tizimini tubdan takomillashtirishning ijtimoiy-psixologik shartlarini sifat menejmenti tizimining xalqaro standartini (ISO: 9001) joriy qilish nuqtai nazaridan ilmiy tahlilini amalga oshirishga muvaffaq bo‘lingan;
sport menejeri boshqaruv kompetensiyasini takomillashtirishda yuqori bo‘g‘in rahbarlari yoki qo‘l ostidagi xodimlar bilan munosabatga kirishish vaziyatlarida muhim boshqaruv qarorlarini qabul qilishga xizmat qiluvchi sifatlarning usiuvorligi tufayli ekstremal kompetensiyalar menejerdagi «lokus nazorat» xususiyatini sport boshqaruvi faoliyatiga qo‘llashning muhim ijtimoiy-psixologik sharti sifatida dalillangan xulosalar Toshkent davlat pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2023-yil 5-iyuldagi PM-36-son bilan «Kasb psixologiyasi», «Boshqaruv psixologiyasi» modullariga kiritilgan (Toshkent davlat pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2023-yil 6-iyuldagi PM-36a-son ma’lumotnomasi). Natijada, sport menejerlarining professional sifatlarini baholash, sport menejeri boshqaruv kompetensiyalarini ijtimoiy-psixologik jihatdan takomillashtirish shartlari bo‘yicha taklif va tavsiyalar takomillashtirishga erishilgan.
 

Yangiliklarga obuna bo‘lish