Yuldashev Ravshan Muslimovichning

fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

 

I. Umumiy ma’lumotlar.

Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Umurtqa pog‘onasining ko‘krak va bel sohalari deformatsiyalari va nostabilligiga olib keluvchi kasalliklarni jarrohlik yo‘li bilan davolash», 14.00.28–Neyroxirurgiya (tibbiyot fanlari).

Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2017.1.DSc/Tib112.

Ilmiy maslahatchi: Kariev Gayrat Maratovich, tibbiyot fanlari doktori, professor.

Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Respublika ixtisoslashtirilgan neyroxirurgiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi.

IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Respublika ixtisoslashtirilgan neyroxirurgiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi, DSc.28.02.2018.Tib.62.01.

Rasmiy opponentlar: Alixodjaeva Gulnaraxan Allautdinovna, tibbiyot fanlari doktori, professor; Mirzabaev Marat Jumabekovich, tibbiyot fanlari doktori; Shodiev Amirkul Shodievich, tibbiyot fanlari doktori.

Yetakchi tashkilot: Andijon davlat tibbiyot instituti.

Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.

II. Tadqiqotning maqsadi: umurtqa pog‘onasining ko‘krak va bel sohalari deformatsiyalari va nostabilliklari bo‘lgan bemorlarni jarrohlik yo‘li bilan davolash natijalarini kompleks klinik-radiologik tashxis usullarini takomillashtirish va differensial jarrohlik davolash taktikasini ishlab chiqish asosida yaxshilash.

III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi: 

umurtqa pog‘onasining ko‘krak va bel sohalari deformatsiyalari va beqarorligi bo‘lgan bemorlarga umurtqalar tanasi jarohatining O‘zbekiston sharoitidagi etiologiyasiga hamda patologiyaning klinik, klinik-rentgenologik ko‘rinishlariga,  jarrohlik davolash xususiyatlari va bashoratga ko‘ra to‘liq tavsif berilgan;

bemor shifoxonaga tushganda orqa miya va umurtqa pog‘onasining haqiqiy jarohat hajmini va kasallik bashoratini faqatgina nevrologik ko‘rinish asosidagina aniqlab bo‘lmasligi aniqlangan;

ilk bor ma’lum nevrologik va klinik-radiologik ko‘rsatkichlarning tashxis va bashorat imkoniyatlari aniqlangan, ulardan umurtqa kompressiyasi ko‘rsatkichi (UKK), umurtqaning ponasimon deformatsiyasi ko‘rsatkichi (UPDK) va og‘riq (vizual analog miqyosi)  alohida ahamiyatga ega ekanligi isbotlangan;

yangi kompleks tashxis ko‘rsatkichlari ishlab chiqilgan – vertebroindeks (klinik-radiologik ma’lumotlar asosida) va umurtqa pog‘onasi beqarorligining integral indeksi (UNII klinik-nevrologik va vertebroindeks ma’lumotlari asosida), ularning ma’lum bo‘lgan ko‘rsatkichlaridan (UKK, UPDK, Kobb burchagi) tashxis va bashorat ahamiyati yuqori ekanligi statistik tasdiqlangan;

yangi tashxis ko‘rsatkichlarini o‘z ichiga olgan vertebral statusni baholovchi original klinik ball miqyosi asosida bemorning boshlang‘ich holati, davolash dinamikasi va davolash natijalarini baholovchi tashxis kompleksi hamda klinik ball miqyoslari ko‘rsatkichlarini va tashxis indekslarini hisoblash uchun «ARM-Vertebroindex» dastur kompleksi ishlab chiqilgan;

yondashuv hajmi, jarrohlik amaliyotining asosiy turi, stabilizatsiya hajmi umurtqalar jarohatining etiologiyasi, xarakteri va hajmiga ko‘ra ishlab chiqilgan tartib asosida umurtqa pog‘onasining ko‘krak va bel sohalari deformatsiyasi va beqarorligida differensial jarrohlik taktikasi ishlab chiqilgan;

umurtqa pog‘onasining ko‘krak va bel sohalarida deformatsiyalari va  beqarorligini stabilizatsiyalashda va umurtqa pog‘onasi o‘qini korreksiya qilishda ishlab chiqilgan differensial jarrohlik taktikasi va umurtqa pog‘onasini CD (Cotrel Y. i Dubousset J.) sterjen tizimlari orqali tranpedikulyar stabilizatsiyaning (TPS) afzalliklari an’anaviy – laminektomiya va VSP Spine System (Variable Screw Placement Spinal Fixation System) yordamida transpedikulyar fiksatsiya (TPF) jarrohlik taktikasidan ustunligi yangi tashxis kompleksi va statistik usullar tahlili yordamida  isbotlangan.

IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.

Ko‘krak va bel qismlarida umurtqa deformatsiyasi va beqarorligiga olib keluvchi kasalliklarni jarrohlik yo‘li bilan davolashga oid ilmiy tadqiqot natijalari asosida:

«Umurtqa pog‘onasi o‘smalarini jarrohlik yo‘li bilan davolash usullari» nomli ixtiro uchun (№IAP  05227-2012y.) patent olingan. O‘tkazilgan tadqiqotlar natijalari jarohat, o‘sma kasalliklari va exinokokkozda davolash taktikasini tanlashni optimallashtirish, tashxislash va davolash natijalarini yaxshilash imkonini bergan.

«Umurtqa pog‘onasida o‘smasi bo‘lgan bemorlarni davolashda perkutan vertebroplastika» nomli uslubiy tavsiyanoma sog‘liqni saqlash amaliyotiga, jumladan Qoraqalpog‘iston Respublikasida klini amaliyotga tatbiq etilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2017 yil 13 sentyabrdagi 8N-d/21-son ma’lumotnomasi). Ushbu tavsiyalar diagnostik tartibni qo‘llash, umurtqa pog‘onasida yangi hosila paydo bo‘lgan bemorlarda vertebroplastikani qo‘llash yoki qo‘llamaslikka ko‘rsatma berish imkoniyatini yaratgan;

«Umurtqa pog‘onasida metastatik hosilalar bo‘lgan bemorlar uchun prognostik omillar va davolash tavsiyalari» sog‘liqni saqlash amaliyotiga tatbiq etilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2017 yil 3 fevraldagi 8N-d/102-son ma’lumotnomasi). Uslubiy tavsiyalar klinik ma’lumotlar va radiologik tekshiruvlar asosida umurtqa pog‘onasida metastazlar bo‘lgan bemorlarning prognostik ko‘rsatkichlarini baholash, bunday bemorlar uchun terapevtik tavsiyalar berish imkonini yaratgan;

«O‘smali umurtqa pog‘onasida patologik sinishlar bo‘lgan bemorlarni jarrohlik yo‘li bilan davolashda orqa yonboshdan kirish» va «Umurtqa pog‘onasining ko‘krak va bel qismlari jarohatlarida dekompressiyalovchi-stabilizatsiyalovchi operatsiyalar» nomli uslubiy tavsiyanomalar sog‘liqni saqlash amaliyotiga, jumladan Farg‘ona va Buxoro viloyatlarida, jarohatlarda umurtqa pog‘onasi deformatsiyasi va nostabilligida orqa yonboshdan jarrohlik yo‘li bilan kirib borish modifikatsiyasini asoslashda foydalanilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2017 yil 13 sentyabrdagi 8N-d/21-son ma’lumotnomasi), natijada mutaxassislarga amaliyot jarayonida kerakli jarrohlik usulini tanlab olish imkoniyatini yaratgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish