Sabirova Zebo Zokirovnaning 
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

    I. Umumiy ma’lumotlar.
    Globallashuv davri o‘zbek she’riyatining asosiy xususiyatlari, 10.00.02 – O‘zbek adabiyoti (filologiya fanlari).    
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2021.3.PhD/Fil1955.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti.
Ilmiy rahbar: Hamdamov Ulug‘bek Abduvaxobovich, filologiya fanlari  doktori (DSc), professor.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Urganch davlat universiteti, PhD.03/30.12.2019.Fil.55.02. 
Rasmiy opponentlar: Karimov Bahodir Nurmatovich, filologiya fanlari doktori, professor; Sariev San’atjon Matchonboevich, filologiya fanlari  doktori, professor. 
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II.Tadqiqotning maqsadi globallashuv davri o‘zbek she’riyatining muhim xususiyatlari, o‘ziga xos tamoyillari, internet adabiyoti, an’ana va yangilikka ijodiy munosabat masalasi, ijodkor uslubi va individualligi, shakl va mazmunda kuzatilayotgan o‘zgarishlarni ochib berishdan iborat.  
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi: 
globallashuv hodisasining madaniy-ma’rifiy, ilmiy-nazariy asoslari, dunyo, xususan, ingliz (Aurobindo Sri, Arac Jonathan, Coste Didier, Dimock Wai Chee,  Dubreuil Loran), rus (A. Assman, U.Bek, E.V. Petrova, P.V. Semyaninov, V.S. Stepin, S.M. Frolova, Yu.V. Xen, Alizade e.), hind (Shubha Tivari), usmonli turk (Kirsch Adam, Parks Tim) adabiyotida globallashuv davrida insonlar o‘rtasidagi o‘zaro munosabatlarga oid ijtimoiy, dunyo xaritasi, davlatlararo aloqalarga doir siyosiy, milliy qadriyatlar ifodasiga oid madaniy, shaxs kamoloti, jamiyatdagi yurish-turishlariga doir axloqiy qarashlarning o‘zbek adabiyotiga kirib kelishi, ijodkorlar dunyoqarashiga ta’siri hamda globallashuv va adabiy jarayon munosabatlari dalillangan; 
globallashuv davri adabiyotida o‘zbek xalqining o‘ziga xos urf-odatlari, marosimlari, xarakter xususiyatlari kabi milliylik, inson qadri, uni ulug‘lash bilan bog‘liq umuminsoniylik g‘oyalarining tarannum etilishi, internet adabiyotining paydo bo‘lishi va badiiy asarlarda namoyon bo‘lishi, ijtimoiy tarmoqlarda (telegram, instagram va h.k.) kechayotgan adabiy jarayon manzaralari asoslangan;
globallashuv davri o‘zbek she’riyatida shakl va mazmunning o‘zaro mutanosibligi, erkinlikka intilish, yorug‘ kelajakka umid va ishonch, yaratuvchanlik, yangilikka talpinish kabi tamoyillar, poetik obraz mazmunidagi davr bilan aloqador o‘zgarishlar, ijodkorlarning obraz inkishofidagi badiiy mahorati, tarix, haqiqat, tajriba va his-tuyg‘ularni poetik jihatdan ifoda etish qobiliyati isbotlangan;  
zamonaviy o‘zbek she’riyatida ijodkorning ijtimoiy, madaniy, tabiat hodisalarida doir voqeliklarni badiiy aks ettirish usuli, she’riy obrazning fikr va tuyg‘u ifodalashi kabi badiiy-estetik vazifasi, shakl va mazmundagi tafovutlar, jumladan, shakllar orqali ramziy, ya’ni yashirin – ishoraviy fikr aytish, erkin she’r, intertekstuallik, mumtoz adabiyotga yaqinlik, bir she’rda bir nechta tuyg‘ularning qorishiq holda kelishi (paralelaks), meta-hikoya, metaforadan noan’anaviy, aniqrog‘i, individual tarzda foydalanish kabi yangicha ifodalar ochib berilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. “Globallashuv davri o‘zbek she’riyatining asosiy xususiyatlari” tadqiqot ishi bo‘yicha olingan  ilmiy natijalardan: 
globallashuv hodisasining madaniy-ma’rifiy, ilmiy-nazariy asoslari, dunyo, xususan, ingliz (Aurobindo Sri, Arac Jonathan, Coste Didier, Dimock Wai Chee,  Dubreuil Loran), rus (A. Assman, U.Bek, E.V. Petrova, P.V. Semyaninov, V.S. Stepin, S.M. Frolova, Yu.V. Xen, Alizade e.), hind (Shubha Tivari), usmonli turk (Kirsch Adam, Parks Tim) adabiyotida globallashuv davrida insonlar o‘rtasidagi munosabatlarga oid ijtimoiy, dunyo xaritasi, davlatlararo aloqalarga doir siyosiy, milliy qadriyatlar ifodasiga oid madaniy, shaxs kamoloti, jamiyatdagi yurish-turishlariga doir axloqiy qarashlarning o‘zbek adabiyotiga kirib kelishi, ijodkorlar dunyoqarashiga ta’siri hamda globallashuv va adabiy jarayon munosabatlari dalillangani, globallashuv davri adabiyotida o‘zbek xalqining o‘ziga xos urf-odatlari, qadriyatlari, xarakter xususiyatlari kabi milliylik, inson qadri, uni ulug‘lash bilan bog‘liq umuminsoniylik g‘oyalarining tarannum etilishi, internet adabiyotining paydo bo‘lishi va badiiy asarlarda namoyon bo‘lishi, ijtimoiy tarmoqlarda (telegram, instagram va h.k.) kechayotgan adabiy jarayon manzaralari asoslangani haqidagi xulosalardan 2012-2016-yillarda amalga oshirilgan FA-F-1-005-raqamli “Qoraqalpoq fol`klorshunosligi va adabiyotshunoslik tarixini tadqiq qilish” (2017-2020) mavzusidagi fundamental tadqiqoti loyihasida foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Qoraqalpog‘iston bo‘limining 2023 yil 4 yanvardagi 3/1-son ma’lumotnomasi). Natijada globallashuv davri o‘zbek she’riyatining asosiy xususiyatlarini o‘rganishda shoirlarning ijod jarayoni, o‘zbek she’riyatida folklorning sintezi, xalq og‘zaki ijodiga yangicha yondashuvi orqali ijodkorning badiiy mahoratini namoyon qiluvchi jihatlarni o‘rganish lozim, degan xulosaga kelingan;  
globallashuv davri o‘zbek she’riyatida shakl va mazmunning o‘zaro mutanosibligi; erkinlikka intilish, yorug‘ kelajakka umid va ishonch, yaratuvchanlik, yangilikka talpinish kabi tamoyillar, poetik obraz mazmunidagi davr bilan aloqador o‘zgarishlar; ijodkorlarning obraz inkishofidagi badiiy mahorati,  tarix, haqiqat, tajriba va his-tuyg‘ularni poetik jihatdan ifoda etish qobiliyati isbotlangani, zamonaviy o‘zbek she’riyatida ijodkorning ijtimoiy, madaniy, tabiat hodisalarida doir voqeliklarni badiiy aks ettirish usuli, she’riy obrazning fikr va tuyg‘u ifodalashi kabi badiiy-estetik vazifasi; shakl va mazmundagi tafovutlar, jumladan, shakllar orqali ramziy, ya’ni yashirin – ishoraviy fikr aytish, erkin she’r, intertekstuallik, mumtoz adabiyotga yaqinlik, bir she’rda bir nechta tuyg‘ularning qorishiq holda kelishi (paralelaks), meta-hikoya, metaforadan noan’anaviy, aniqrog‘i, individual tarzda foydalanish kabi yangicha ifodalar ochib berilgani haqidagi xulosalardan O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi “Xorazm” telekanalining “Assalom, Xorazm”, “Milliy totuvlik”, “Adabiy muhit”, “Tilimizni o‘rganamiz”, “Ma’rifatnoma”, “Najot bilimda” ko‘rsatuv, eshittirishlarida foydalanilgan (Xorazm viloyat teleradiokompaniyasining 2023 yil 7 yanvardagi 11-son ma’lumotnomasi). Natijada teletomoshabinlarning davr she’riyatining mavzu qamrovi, mazmun ifodasi, badiiy jarayondagi shoirlar mahorati yuzasidan bilimlari boyishiga erishilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish