Temirov Jamshid Gulmurzaevichning
falsafa doktori (PhD) Dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Pavlovniya tomentosa (Paulownia tomentosa Steud) va lola daraxti (Liriodendron tulipofera) ko‘chatlarini intensiv usulda ko‘paytirish”, 06.03.01 – O‘rmon ekinlari. Seleksiya, urug‘chilik va shaharlarni ko‘kalamzorlashtirish. O‘rmonlar agromelioratsiyasi va himoya o‘rmonlarini barpo etish (Qishloq xo‘jaligi fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2020.4.PhD/Qx221
Ilmiy rahbar: To‘raev Alisher Melsovich, biologiya fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘rmon xo‘jaligi ilmiy-tadqiqot instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent davlat agrar universiteti, DSc.05/29.04.2022.Qx.13.04
Rasmiy opponentlar: Kayimov Abdixalil, qishloq xo‘jaligi fanlari doktori, professor; Tolipov Xojimurod Mirazimovich, biologiya fanlari nomzodi.
Yetakchi tashkilot: Akademik M.Mirzaev nomidagi Bog‘dorchilik, uzumchilik va vinochilik ilmiy-tadqiqot instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi pavlovniya (Paulownia tomentosa STEUD) va lola darxtining (Liriodendron tulipifera L.) ko‘chatlarini innovatsion texnologiyalar asosida etishtirishning muhim elementlarini ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ilk bor pavlovniya va lola daraxti urug‘larining yuqori unuvchanligini ta’minlovchi substrat, o’sishni boshqaruvchi moddalar va ularning konsentratsiyasi aniqlanib, Pavlovniya urug‘larini unuvchanligi tuproq, biogumus, qum, torf (3:2:2:2) nisbatda qo’llanganda 88 %, lola daraxti urug‘larini unib chiqishiga o’sishni boshqaruvchi modda Basfoliar Kelp Sp 100 ml/10 l meyorida suvga 12 soat ishlov berilganda urug‘larni unuvchanligi nazoratga nisbatan 270 % yuqori bo’lishi aniqlangan;
tuman hosil qiluvchi moslami issiqxona sharoitida o’sishni boshqaruvchi modda Basfoliar Kelp Sp 50 ml/10 l meyorida qo’llanilgan variantda pavlovniya qalamchalarini ildiz olishi 88 %, 75 ml /10 l meyorida 12 soat ishlov berilganda lola daraxti qalamchalarining ildiz olishi nazoratga nisbatan 12% yuqori bo’lishi aniqlangan;
pavlovniya va lola daraxtlarining vegetativ organlaridan eksplantlar va o’simlik materiallarini sterilizatsiya qilish uchun natriy gipoxloridning 0,3 % li konsentratsiyasi 15 daqiqa ishlov berilganda pavlovniya eksplantlarida 84%, Lola daraxti eksplantlariga 0,5% li konsentratsiyada 15 daqiqa ishlov berilganda 88 % zararlanmasligi isbotlangan;
Pavlovniya daraxti eksplantlarida MS+0,3 ml BAP+0,3 ml/2,4D+30 g saxaroza konsentratsiyasida 88%, lola daraxti eksplantlarida MS oziqa muhitining ½ nisbatida, 30 gr/l saxaroza va agar-agar konsentratsiyasida 87% eksplantlarning ildiz olinishiga erishilgan;
ko’chatlarni parvarishlash bo’limida ekishning maqbul muddatlarini aniqlash bo’yicha tajribalarda pavlovniya ko’chatlarini mart-aprel oylarida ekilganda tutuvchanligi 92 %, lola daraxtini kuzda ekilgan ko’chatlarining tutuvchanligi 91 % bo’lishi aniqlangan;
Pavlovniya va lola daraxti ko’chatlarini etishtirishda kompleksli o’g‘itlarning ta’siri 3 yoshli ko’chatlarga 100 kg/ga meyorida qo’llanganda 1 ga maydondan 82 % pavlovniya, 79 % lola daraxtining standart ko’chatlari chiqishi aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Pavlovniya va lola daraxti ko’chatlarini etishtirish va parvarishlashning intensiv texnologiyasini ishlab chiqish bo’yicha olib borilgan izlanishlar natijalari asosida:
o’rmonchilik va ko’chatchilikka ixtisoslashgan ilmiy-tadqiqot muassasalari, fermer, dehqon va tomorqa xo’jaliklari uchun «Pavlovniya (Paulownia) daraxti ko’chatlarini etishtirish va parvarishlash bo’yicha tavsiyanoma» tasdiqlangan (O’rmon xo’jaligi davlat qo’mitasining 2021 yil 7-iyuldagi 03/18-2839-son ma’lumotnomasi). Ushbu tavsiyanoma ilmiy-tadqiqot muassasalari, fermer, dehqon va tomorqa xo’jaliklarida pavlovniyaning sifatli ko’chatlarini etishtirish hamda parvarishlashda amaliy qo’llanma sifatida xizmat qilmoqda;
Pavlovniya daraxtining urug‘larini ekishda tuproq, biogumus, qum, torfni 3:2:2:2 nisbatta qo’llash ishlanmasi Samarqand davlat o’rmon ho’jaligida 10 gektar maydonga joriy qilingan (O’rmon xo’jaligi davlat qo’mitasining 2021 yil 7-iyuldagi 03/18-2839-son ma’lumotnomasi). Natijada pavlovniya ko’chatxonalaridan jami 1242000,0 ming. so’m daromad olinishiga erishilgan.
Pavlovniya va Lola daraxti urug‘lariga o’sishni boshqaruvchi moddalar bilan ishlov berish ishlanmasi Kattaqo’rg‘on davlat o’rmon ho’jaligida jami 11 gektar maydonga joriy etilgan (O’rmon xo’jaligi davlat qo’mitasining 2021 yil 7-iyuldagi 03/18-2839-son ma’lumotnomasi). Natijada lola daraxti ko’chatlaridan 405000,0 ming. so’m, pavlovniya ko’chatlaridan 1234000,0 ming. so’m daromad olingan. Lola daraxti urug‘lariga o’sishni boshqaruvchi moddalar bilan ishlov berilganda 0,5 gektar maydonda barpo etilgan lola daraxti ko’chatlaridan 207000,0 ming. so’m daromad olingan.
Pavlovniya va lola daraxti ko’chatlarini parvarishlashda komleksli o’g‘itlardan foydalanish ishlanmasi Oqdaryo davlat o’rmon ho’jaligida 8 gektar pavlovniya va 0,3 gektar lola daraxti, Darg‘om davlat o’rmon ishlab chiqarish korxonasida 5 gektar pavlovniya 0,7 gektar lola daraxti ko’chatzoriga joriy etilgan (O’rmon xo’jaligi davlat qo’mitasining 2021 yil 7-iyuldagi 03/18-2839-son ma’lumotnomasi). Natijada Oqdaryo davlat o’rmon ho’jaligida pavlovniya ko’chatlaridan 1314 mln. so’m, lola daraxti ko’chatlaridan 174 mln. so’m daromadga, Darg‘om davlat o’rmon ishlab chiqarish korxonasida esa mos ravishda 775 mln.so’m va 491 mln. so’m iqtisodiy samaradorlikka erishilgan.
in-vitro sharoitida etishtirilgan ko’chatlarni ochiq dala sharoitida o’stirish va ko’chatxonalar barpo etish ishlanmasi Sho’rtan va Qamashi davlat o’rmon ho’jaliklarida barpo etilgan 13 gektar maydonga joriy etilgan (O’rmon xo’jaligi davlat qo’mitasining 2021 yil 7-iyuldagi 03/18-2839-son ma’lumotnomasi). Natijada pavlovniya ko’chatxonasidan 2155 mln. so’m, 0,4 gektar maydonda barpo etilgan lola daraxti ko’chatxonasidan 270 mln. so’m iqtisodiy samaradorlikka erishilgan. Iqtisodiy samaradorlik o’rtacha 151% ni tashkil qilgan.