Kasimova Muqaddas Bekpo‘latovnaning 
falsafa doktori (PhD) dissertatsiya himoyasi haqida e’lon

I.Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “O‘zbek tilidagi fe’llarda semantik graduonimiya va uning leksikografik ahamiyati”, 10.00.01 – O‘zbek tili (filologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.1.PhD/Fil3053. 
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Termiz davlat universiteti.
Ilmiy rahbar: Mengliev Baxtiyor Rajabovich, filologiya fanlari doktori, professor.
Ilmiy kengash faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, Ilmiy kengash raqami: Termiz davlat universiteti, PhD.03/31.03.2021.Fil.78.04.
Rasmiy opponentlar: Ahmedov Oybek Safarboevich, filologiya fanlari doktori, professor; Do‘stmatov Hikmatilla Hayitboevich, filologiya fanlari doktori, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Qarshi davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy va nazariy ahamiyatga molik.
 II. Tadqiqotning maqsadi o‘zbek tilidagi fe’llarda semantik graduonimiya  hodisasi va uni leksikografik talqin qilish mezonlarini ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
tilshunoslikda darajalanish hodisasi tizim sifatida leksik-semantik munosabatlar tarkibida paradigma ko‘rinishida alohida o‘rganilganligi sinonimiya, giponimiya, xolonimiya kabi munosabatdosh birliklar qiyosi asosida ochib berilgan;
sifatlar yetakchi ma’no belgi-xususiyatni ifodalagani uchun ularda darajalanish yuqori bo‘lishi va fe’llar esa belgi yoki holatni harakatda ifodalaganligi uchun ulardagi graduonimik qatorlar turlicha ekanligi aniqlangan;
lug‘atlarda graduonimiya tushunchasiga yaqin daraja, gradatsiya, gradual oppozisiya, daraja kategoriyasi, darajali oppozisiya, daraja shakli kabi shakllarda berilgan bo‘lsa ham ular garaduonimiya tushunchasini ifodalay olmasligi yangi nashrlarda esa aynan graduonimiya tushunchasining izohi berilishi zarurligi asoslangan; 
o‘zbek tilining o‘quv darajalanish lug‘atida darajalanuvchi so‘zlarning mavzuviy ko‘lamiga ko‘ra bir xil, darajalanish belgisiga ko‘ra turlicha berilganligi aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. O‘zbek tilidagi fe’llarda semantik graduonimiya va uning leksikografik ahamiyati tadqiqi yuzasidan olingan ilmiy natijalar asosida:
lug‘atlarda graduonimiya tushunchasiga yaqin daraja, gradatsiya, gradual oppozisiya, daraja kategoriyasi, darajali oppozisiya, daraja shakli kabi shakllarda berilgan bo‘lsa ham ular garaduonimiya tushunchasini ifodalay olmasligi yangi nashrlarda esa aynan graduonimiya tushunchasining izohi berilishi zarurligi asoslanganligiga oid natijalaridan Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetida bajarilgan AM-F3-201908172 “O‘zbek tilining ta’limiy korpusini yaratish” nomli amaliy grant loyihasida foydalanilgan (Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetining 2023-yil 09-fevraldagi 04/1-268-son ma’lumotnomasi). Natijada o‘zbek tili ta’limiy korpusini yaratishda darajalanish belgilari va darajalanish qatorlarining berilishini tahlil va tavsiflash, materiallarni boyitish imkonini bergan; 
tilshunoslikda darajalanish hodisasi tizim sifatida leksik-semantik munosabatlar tarkibida paradigma ko‘rinishida alohida o‘rganilganligi sinonimiya, giponimiya, xolonimiya kabi munosabatdosh birliklar qiyosi asosida ochib berilganligiga doir natija va xulosalardan Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetida bajarilgan PZ-2020042022 “Turkiy tillarning lingvodidaktik elektron platformasini yaratish” nomli amaliy grant loyihasida foydalanilgan (Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetining 2023-yil 09-fevraldagi 04/1-269-son ma’lumotnomasi). Natijada turkiy tillarda lingvodidaktik qarashlarni dalillash uchun keltirilgan misollarning ilmiy asoslarga egaligi ta’minlangan;
sifatlar yetakchi ma’no belgi-xususiyatni ifodalagani  uchun ularda darajalanish yuqori bo‘lishli va fe’llar esa belgi yoki holatni harakatda ifodalaganligi uchun ulardagi graduonimik qatorlar turlicha ekanligi aniqlanganligiga oid natija va xulosalardan Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetida bajarilgan PZ-20170927147 “Qadimgi davrlardan XIII asrgacha bo‘lgan turkiy yozma manbalar tadqiqi” mavzusidagi amaliy grant loyihasida foydalanilgan (Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetining 2023-yil 09-fevraldagi 04/1-270-son ma’lumotnomasi). Natijada turkiy yozma manbalar tadqiqini  so‘z turkumlari doirasida ham tavsiflash imkoniyati ta’minlangan.    

Yangiliklarga obuna bo‘lish