Hazratqulova Ozoda Abdug‘anievnaning 
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon 

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): O‘zbek va ingliz tillaridagi paremiyalarda “Afv etish” konsepti, 10.00.06. – Qiyosiy adabiyotshunoslik, chog‘ishtirma tilshunoslik va tarjimashunoslik (filologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.2.PhD/Fil2632.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Termiz iqtisodiyot va servis  universiteti.
Ilmiy rahbar: Raupova Laylo Rahimovna, filologiya fanlari doktori, professor.
Ilmiy kengash faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, Ilmiy kengash raqami: Termiz davlat universiteti, PhD.03/31.03.2021.Fil.78.04.
Rasmiy opponentlar: Mamatov Abdi Eshonqulovich, filologiya fanlari doktori, professor; Xoshimova Dildora Madaminovna, filologiya fanlari doktori, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Samarqand davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy va nazariy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi o‘zbek va ingliz tillardagi “afv etish” konseptli paremiyalarni chog‘ishtirish orqali ularning umumiy hamda farqli jihatlarini aniqlash, lingvomadaniy xususiyatlarini ochib berishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
paremiyaning o‘zbek va ingliz tillarida maqol, matal, aforizm, frazema, sarlavha, chaqiriqlar kabi turlarining, olamning lisoniy manzarasini rivojlantirish va bayon qilishdagi steriotiplarni, metaforik so‘zlarni aniqlash jarayonida o‘zbek va ingliz tillarida lingvokulturologik birliklarning ifodalanish shakllari aniqlangan;     
o‘zbek va ingliz tillari tashuvchilarining paremiologik olam manzarasida  “afv etish” konseptining kognitiv strukturasi, insonning uzr, kechirim xususiyatlarini namoyon etilishi, “Afv etish” konsepti tarkibiga kiruvchi har bir mikrokonsept o‘zbek tilida o‘zining keng qamrovligi bilan farq qilishi (leksik, frazeologik birliklar, maqol va matallar, aforizmlar va so‘z birikmalar) orqali ochib berilgan;
paremiyalar o‘zbek va inglizlarning lisoniy dunyoqarashlarida folklor g‘oyalarini, jamiyatning rivojlanishi, tartibi va yashashiga doir qoidalar bo‘lgan madaniyat me’yorlarini lisoniy konseptlar orqali aks ettirishi, lingvomadaniy kompetensiyaga ega bo‘lishi, o‘zbek tilida afv etish konseptosferasining uch yirik semantik maydoni: afv etish, afv etilish, afv so‘rashni qiyoslashlar orqali to‘g‘ri interpretatsiya qilish imkonini berishi dalillangan; 
chog‘ishtirilayotgan tillarda “afv etish” konseptini hosil qiluvchi lisoniy birliklarning turlari, statistik tahlillari amalga oshirilgan hamda konsept tushunchasi asosida “afv etish” konseptining umumiy konseptosferasi shakllantirilgan tillarda “afv etish” konseptining semantik maydonining yadro va periferiyalari ochib berilgan;
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Tadqiqot natijalari quyidagi sohalarda joriy etildi:
paremiyaning o‘zbek va ingliz tillarida maqol, matal, aforizm, frazema, sarlavha, chaqiriqlar kabi turlarining, olamning lisoniy manzarasini rivojlantirish va bayon qilishdagi steriotiplarni, metaforik so‘zlarni tahlil qilish jarayonida o‘zbek va ingliz tillarida lingvokulturologik birliklarning ifodalanish shakllari aniqlanganligiga doir  natija va xulosalardan O‘zbekiston Respublika Fanlar akademiyasi Qoraqalpog‘iston bo‘limining FA-F1-G003 raqamli “Hozirgi qoraqalpoq tilida funksional so‘z yasalishi” fundamental loyihada foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Qoraqalpog‘iston bo‘limining 2022 yil  14 dekabrdagi 527/1-son ma’lumotnomasi). Natijada turli tizimli tillarda lingvomadaniy birliklarning hosil bo‘lish usullaridagi farq hosila nominatsiyasining sodir bo‘lish yo‘llari evaziga  qaror topishiga doir ma’lumotlar loyiha mazmunining lingvomadaniy jihatdan to‘ldirilishiga xizmat qilgan; 
o‘zbek va ingliz tillari tashuvchilarining paremiologik olam manzarasida  “afv etish” konseptining kognitiv strukturasi, insonning uzr, kechirim xususiyatlarini namoyon etilishi, “Afv etish” konsepti tarkibiga kiruvchi har bir mikrokonsept o‘zbek tilida o‘zining keng qamrovligi bilan farq qilinishi (leksik, frazeologik birliklar, maqol va matallar, aforizmlar va so‘z birikmalar) orqali yoritilganligi haqidagi ilmiy va amaliy tavsiyalardan O‘zbekiston davlat xoreografiya akademiyasida bajarilgan “O‘zbek raqs san’ati terminologiyasi” mavzusidagi PZ-20170930188-raqamli tadqiqot loyiha mazmunini boyitishda foydalanilgan (O‘zbekiston Davlat Xoreografiya akademiyasi 24.11.2022 yildagi 01-04-08/492-sonli ma’lumotnomasi). Natijada konsept tulari doir ma’lumotlar va ularning tahlillarini filologik jihatdan tavsiflanishiga xizmat qilgan; 
paremiyalar o‘zbek va inglizlarning lisoniy dunyoqarashlarida folklor g‘oyalarini, jamiyatning rivojlanishi, tartibi va yashashiga doir qoidalar bo‘lgan madaniyat me’yorlarini lisoniy konseptlar orqali aks ettirishi, lingvomadaniy kompetensiyaga ega bo‘lishi, o‘zbek tilida afv etish konseptosferasining uch yirik semantik maydoni: afv etish, afv etilish, afv so‘rashni qiyoslashlar va tahlillar orqali to‘g‘ri interpretatsiya qilish imkonini berishi dalillanganligi bo‘yicha olingan ilmiy-nazariy xulosalardan Surxondaryo viloyati telerodiokompaniyasining “Ma’naviyat qalb ko‘zgusi”, “Til millat ko‘zgusi”, “Ta’lim va taraqqiyot” ko‘rsatuvlarida, “Yangi asr” radio kanali dasturlarida ilmiy mavzuga bag‘ishlangan radio eshittirishlarini tayyorlashda foydalanilgan (“Surxondaryo viloyat  teleradiokompaniyasi”ning 2022 yil 9 noyabrdagi 01-01-122-son ma’lumotnomasi). Natijada ko‘rsatuv uchun tayyorlangan materiallarning ommabopligi ta’minlanganiga oid nazariy va amaliy bilimlarining mukammallashuviga erishilgan.


 

Yangiliklarga obuna bo‘lish