Ashrapov Jamshid Raufovichning

falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

 

I. Umumiy ma’lumotlar.

Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Bolalarda bosh miyaning  supratentorial glial o‘smalari klinikasi, tashxisi va davolash istikbollari», 14.00.28–Neyroxirurgiya (tibbiyot fanlari).

Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2017.1.PhD/Tib122.

Ilmiy maslahatchi: Alixodjaeva  Gul`naraxan Alautdinovna, tibbiyot fanlari doktori, professor.

Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent tibbiyot akademiyasi.

IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent tibbiyot akademiyasi, DSc.28.02.2018.Tib.62.01.

Rasmiy opponentlar: Kadirbekov  Ravshanbek Tursunbekovich, tibbiyot fanlari doktori; Ubaydullaeva Zebiniso Nurullaevna, tibbiyot fanlari nomzodi.

Yetakchi tashkilot: Samarqand davlat tibbiyot instituti.

Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.

II. Tadqiqotning maqsadi: bosh miyasida supratentorial glial o‘sma bo‘lib, ular qaytalangan va o‘sishda davom etayotgan bemor bolalarni tashxislash va davolashning jarrohlik amaliyotini optimallashtirish va perioperatsion davrda ular hayot sifatini dinamikada baholashni takomillashtirishdan iborat.

III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi: 

hosila hajmini hisoblash bo‘yicha uning hajmini aniqlash, kasallikning erta davrlarida o‘smaning qaytalanishi va davomiy o‘sishini aniqlash va perioperatsion davrda bemorlarni kuzatish imkonini beradigan tartibi ishlab chiqilgan;

o‘smaning qaytalanishi va davomiy o‘sishining xavf sabablari olib tashlangan o‘sma hajmi, ularning gistologik tuzilishi va yoshga bog‘liqligi isbotlangan;

bosh miya supratentorial o‘smalari bo‘lgan kichik va katta yoshdagi bolalarning perioperatsion hayot sifatini baholash o‘lchov jadvali ishlab chiqilgan;

bemorlarda bosh miyaning supratentorial o‘smalarini perioperatsion davrda klinik va instrumental mezonlardan foydalanishga asoslangan holda tashxislash va davolashning  takomillashtirilgan tartibi ishlab chiqilgan.

IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.

Bolalarda bosh miyaning supratentorial glial o‘smalari klinikasi, tashxisi va davolash istiqbollari bo‘yicha olingan natijalar asosida:

«Bosh miyaning supratentorial o‘smalarni bemorlarning hayot sifatiga ta’sirini baholash, bashoratlash tashxislash va davolash» uslubiy qo‘llanmasi Sog‘liqni saqlash vazirligi tomonidan tasdiqlangan. Mazkur uslubiy qo‘llanma bolalarda bosh miyaning supratentorial glial o‘smalari tashxislashda kompyuter dasturlash orqali kasallikning kelib chiqish sabablari va tashxislash imkonini bergan;

«Bolalarda bosh miya supratentorial o‘smalarning tashxislash va davolashga zamonaviy yondashuvi» uslubiy qo‘llanmasi Sog‘liqni saqlash vazirligi tomonidan tasdiqlangan. Mazkur uslubiy qo‘llanma bolalarda bosh miyaning supratentorial o‘smalarini tashxislash va davolashda zamonaviy yondashuvlarni tanlash va bemorlarning hayot sifatini oshirish imkon bergan;

Bolalarda bosh miyaning supratentorial glial o‘smalarini tashxislash va jarrohlik amaliyotini qo‘llagan holda davolash samaradorligini oshirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar sog‘liqni saqlash amaliyotiga, jumladan, Respublika neyroxirurgiya ilmiy markazining jarrohlik bo‘limlarida, Andijon viloyati ko‘p tarmoqli bolalar tibbiyot markazi hamda Samarqand tibbiyot instituti klinikasining jarrohlik bo‘limi klinik amaliyotiga joriy qilingan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2017 yil 3 fevraldagi 8n-d\\102-son ma’lumotnomasi). Olingan tadqiqotlarning klinik amaliyotga joriy qilinishi natijasida bolalarda bosh miya glial o‘smalarini jarrohlik amaliyotini qo‘llagan holda davolash samaradorligi 2 barobarga, ya’ni 95%ga, hayot davomiyligini esa 3,5±0,12 yilga oshirish imkonini bergan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish