Eshmuratova Dildor Urolovnaning 
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): O‘zbek va ingliz tillarida teonim komponentli frazeologik birliklarning lingvo-qiyosiy tadqiqi”, 10.00.06. – Qiyosiy adabiyotshunoslik, chog‘ishtirma tilshunoslik va tarjimashunoslik (filologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2021.1.PhD/Fil1681.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Termiz davlat universiteti.
Ilmiy rahbar: Mamatov Abdug‘ofur Eshonqulovich, filologiya fanlari doktori, professor.
Ilmiy Kengash faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, Ilmiy kengash raqami: Termiz davlat universiteti, PhD.03/31.03.2021.Fil.78.04. 
Rasmiy opponentlar: Mirsanov G‘aybulla Qulmurodovich, filologiya fanlari doktori, dotsent; Donieva Maysara Djamalovna, filologiya fanlari doktori, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Buxoro davlat universiteti
Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy va nazariy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi o‘zbek va ingliz tillarida teonim komponentli  frazeologik birliklarning funksional uslubiy xususiyatlarini ochib berishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
har ikkala tilda teonim komponentli frazeologik birliklarning leksik, semantik, funksional, grammatik yasalish usullarining umumbashariy (aksariyat tillar va millatlar tafakkurida mavjud) va xususiy (muayyan til va millatga tegishli) tipologik qirralari ochib berilib, o‘zbek tilidagi teonom komponentli frazeologik iboralarning konseptual tarkibi tug‘ilish, hayot, o‘lim kabi tushunchalardan tashkil topganligi, ingliz tilidagi teonom birliklarning frazeologik va sintaktik tuzilishi esa gnoseologik hamda ontologik konseptlar bilan chambarchas bog‘liqligi dalillangan;
o‘zbek teonim komponentli frazeologik birliklari tarkibida Olloh komponentli frazeologik birliklardan badiiy, publisistik, diniy-ma’rifiy uslublarda hamda ingliz teonim komponentli frazeologizmlar negizida Bibliya iboralaridan badiiy va so‘zlashuv uslublarida foydalanish ustuvor ekanligi aniqlangan;
o‘zbek va ingliz tillaridagi frazeologik birliklarda konseptual stereotiplar rivoji, ularning paydo bo‘lishi va shakllanishi, tarixiy-tadrijiy jarayonlari ijtimoiy muhit, ijtimoiy-siyosiy hayot, siyosiy-maʼnaviy qarashlar, tilning pragmatik qonun-qoidalari kabi omillar bilan uzviy bog‘liqligi isbotlanib, ushbu tillarning milliy lisoniy manzarasida teonimlarning tarkibiy unsurlari va ular bilan yasalgan frazeologizmlar lingvomadaniy va pragmatik aspektda dalillangan;
qiyoslanayotgan tillarda teonim komponentli frazeologik birliklarining estetik baholash mezoni – shaxs tasavvuridagi xulq-atvorga tayangan holda muallif idiolekti va mentalitetida qo‘llanish konteksti ta’sirida ijobiy va salbiy xususiyatlariga ko‘ra tasniflanishi isbotlanib, shunga ko‘ra, har ikkala tilda farishta, jannat (angel, heaven) kabi ma’naviy, estetik, emotsional xarakterdagi leksemalar bilan ifodalangan teonimlar ijobiy, jahannam/do‘zax, narigi dunyo, iblis/shayton (hell, nether world, devil/demon) kabi so‘zlardan tashkil topgan frazeologik birliklar salbiy sifatlarga egaligi asoslangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. O‘zbek va ingliz  tillarida teonim komponentli frazeologik birliklarning lingvo-qiyosiy tadqiqi tahlili yuzasidan olingan ilmiy natijalar asosida:
har ikkala tilda teonim komponentli frazeologik birliklarning leksik, semantik, funksional, grammatik yasalish usullarining umumbashariy (aksariyat tillar va millatlar tafakkurida mavjud) va xususiy (muayyan til va millatga tegishli) tipologik qirralari yoritilgan, o‘zbek tilidagi teonom komponentli frazeologik iboralarning konseptual tarkibi tug‘ilish, hayot, o‘lim kabi tushunchalardan tashkil topganligi, ingliz tilidagi teonom birliklarning frazeologik va sintaktik tuzilishi esa gnoseologik hamda ontologik konseptlar bilan chambarchas bog‘liqligiga oid xulosalardan Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti tomonidan olib borilgan A-OT-2019-10 raqamli “O‘zbek tilida neyming: me’yoriy-huquqiy asoslarini yaratish” mavzusidagi amaliy loyihada foydalanilgan (Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetining 2022-yil 8-sentyabrdagi 04/1-2472-son ma’lumotnomasi). Natijada o‘zbek va ingliz tillaridagi teonim komponentli frazeologik birliklarning chog‘ishtirma tahlili amalga oshirilib, frazeologizmlarning boyish omillari, leksik-semantik, grammatik xususiyatlari hamda iboralarning struktur qurilishida ro‘y bergan o‘zgarishlardan mazkur loyiha doirasida dasturlar tuzishda hamda qo‘llanmalar tayyorlashda, mavjud manbalarning yanada takomillashuviga ilmiy-nazariy asos bo‘lib xizmat qilgan;
o‘zbek teonim komponentli frazeologik birliklari tarkibida Olloh komponentli frazeologik birliklardan badiiy, publisistik, diniy-ma’rifiy uslublarda hamda ingliz teonim komponentli frazeologizmlar negizida Bibliya iboralaridan badiiy va so‘zlashuv uslublarida foydalanish ustuvor ekanligi haqidagi ilmiy xulosalaridan O‘zbekiston Respublikasi Fanlar Akademiyasi Qoraqalpog‘iston bo‘limi Qoraqalpoq gumanitar fanlar ilmiy-tadqiqot instituti tomonidan olib borilgan FA-F1-G003 “Hozirgi qoraqalpoq tilida funksional so‘z yasalishi” mavzusidagi fundamental ilmiy-tadqiqot loyihada foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Fanlar Akademiyasi Qoraqalpog‘iston bo‘limi Qoraqalpoq Gumanitar Fanlar Ilmiy-tadqiqot institutining 2022-yil 9-apreldagi 17.01/143-son ma’lumotnomasi). Natijada teonim komponentli frazeologizmlarning hosil bo‘lishiga aloqador nazariy va amaliy fikr-mulohazalardan so‘z yasalish tizimining shaklanishi va rivojlanishini o‘rganish jarayonida qo‘llash orqali mavzuga taalluqli ilmiy manbalarni boyitishga xizmat qilgan;
qiyoslanayotgan tillarda teonim komponentli frazeologik birliklarining estetik baholash mezoni – shaxs tasavvuridagi xulq-atvorga tayangan holda muallif idiolekti va mentalitetida qo‘llanish konteksti ta’sirida ijobiy va salbiy xususiyatlariga ko‘ra tasniflanishi isbotlangan, shunga ko‘ra, har ikkala tilda farishta, jannat (angel, heaven) kabi ma’naviy, estetik, emotsional xarakterdagi leksemalar bilan ifodalangan teonimlar ijobiy, jahannam/do‘zax, narigi dunyo, iblis/shayton (hell, nether world, devil/demon) kabi so‘zlardan tashkil topgan frazeologik birliklar salbiy sifatlarga egaligi misollar yordamida asoslanganligiga  oid xulosalardan O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi Surxondaryo viloyati teleradiokompaniyasining “Najot bilimda” ko‘rsatuvini tayyorlashda foydalanilgan (O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi Surxondaryo viloyati teleradiokompaniyasining 2022-yil 13- sentyabrdagi 01-01/99-son ma’lumotnomasi). Natijada ommaviy auditoriyaning teolingvistika, teonim komponentli frazeologizmlar va ularning badiiy, publisistik, so‘zlashuv, diniy-ma’rifiy uslublarda qo‘llanilishiga oid nazariy va amaliy bilimlarining mukammallashuviga erishilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish