Mamatova Mahliyo Adhamovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Ko‘p qatlamli kristall strukturalarda elektronlarni tashishning nazariy tadqiqi” 01.04.10–yarimo‘tkazgichlar fizikasi (fizika-matematika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.4. PhD/FM 818
Ilmiy rahbar: Rasulov Rustam Yavkachovich, fizika-matematika fanlari doktori, prof.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Farg‘ona Davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: O‘zbekiston Respublikasi Fanlar Akademiyasi Fizika-texnika instituti xuzuridagi ilmiy darajalar beruvchi DSc.02/27.02.2020.FM/T.110.01 raqamli Ilmiy kengash
Rasmiy opponentlar: Imamov Erkin Zunnunovich, fizika-matematika fanlari doktori, prof; Yodgorova Dilbara Mustafaevna, texnika fanlari doktori, prof.
Yetakchi tashkilot: Namangan muhandislik qurilish instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II.Tadqiqotning maqsadi ko‘p qatlamli kristalli strukturalarda tok tashuvchilar taqsimotining, tok tashuvchilar oqimining klassik va elektronli holatlarining, struktura potensial to‘sig‘i shaffofligining hamda strukturadagi o‘lchamli kvantlashish hodisasining kvant mexanikaviy mexanizmlarini nazariy tadqiq qilishdan iborat.
III.Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ilk marta kvaziklassik yaqinlashishda potensial energiya operatorining koordinataga nisbatan chiziqli, kvadratik, kub va bikvadrat yaqinlashishida tok tashuvchilarning to‘lqin funksiyalari va energetik spektrlari aniqlangan;
ilk marta sferik va silindrik simmetriyali ko‘p qatlamli yarimo‘tkazgichli nanostrukturadagi elektron holatlar va ularda o‘lchamli kvantlashishning kvaziklassik nazariyasi Bastard shartini e’tiborga olgan holda rivojlantirilgan;
bitta va ikki potensial to‘siqli uch va besh qatlamli strukturalarda elektronlarning holat funksiyalari va ularning oqim zichligi hamda tok tashuvchilar energiyasiga bog‘liq holda potensial to‘siqlarning shaffoflik koeffisienti hisoblangan;
ko‘p qatlamli strukturalar potensial to‘sig‘i tiniqlik koeffisientining geometrik o‘lchamlar hamda tok tashuvchilar energiyasiga bog‘liq holda ossillyasiyalanishi to‘siqqa kelayotgan va undan qaytayotgan de Broyl to‘lqinlarining interferensiyasi tufayli sodir bo‘lishi aniqlangan;
uch qatlamli strukturaning bazasidagi chuqur energetik sathlar ishtirokidagi generatsiya va rekombinatsiyalar e’tiborga olingan holda nomuvozanatdagi tok tashuvchilar konsentratsiyasi hamda oqimining baza bo‘ylab taqsimoti va ularga asoslangan holda vol`t-amper xarakteristika aniqlangan;
bazasi oltin atomlari bilan kompensirlangan kremniydan tashkil topgan p+-n-n+ diodli strukturaning vol`t-amper xarakteristikasiga oid nazariy natijalarning tajriba natijalariga tok kuchining past qiymatlar sohasida 90%, tok kuchining yuqori qiymatlar sohasida 85% aniqlik bilan mos kelishi hisoblangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Ko‘p qatlamli kristall strukturalarda elektronlarni tashishning mexanizmlarini tadqiq qilish bo‘yicha olingan natijalar asosida:
sferik va silindr simmetriyali nanostrukturalardagi hamda ko‘p qatlamli yarimo‘tkazgichli strukturalardagi elektron holatlarning kvaziklassik nazariyasi bo‘yicha olib borilgan tadqiqot natijalaridan Andijon Mashinasozlik institutining bajarilishi 2021-2023 yillarga mo‘ljallangan UZB-Ind-2021-92-sonli “Mikro- va nanoo‘lchamli (granullangan) yarimo‘tkazgichli termoelektrik materiallarini ishlab chiqish va joriy etish” mavzusidagi O‘zbekiston-Hindiston hamkorligidagi xalqaro loyihada mikro- va nanoo‘lchamli termoelektrik energiya manbalari xossalarini tadqiq qilishda foydalanilgan (Andijon Mashinasozlik institutining 2022 yil 1 fevraldagi 38-03/133-son ma’lumotnomasi). Natijada ko‘p qatlamli nanostrukturalar asosida ishlab chiqilgan termoelektrik energiya manbalarining termik samaraviyligini 15% ga orttirish imkoni yaratilgan;
uch va besh qatlamli yarimo‘tkazgichli struktura potensial to‘sig‘i tiniqlik koeffisientining ularning energiyasiga hamda strukturaning geometrik o‘lchamlariga bog‘lanishlariga oid natijalaridan Urganch davlat universitetining «Fizika» kafedrasida 2021-2023 yillarga mo‘ljallangan OT F-74 «Zatvor bilan o‘ralgan tartiblangan nanoplastinkalar asosidagi MOYa (Nanosheet FET) tranzistorida o‘z-o‘zidan qizish effektini o‘rganish» mavzusidagi fundamental loyihada foydalanilgan (Urganch davlat universitetining 2022 yil 23 noyabrdagi 04-265/14-son ma’lumotnomasi). Natijada , , , , tur strukturalarga asoslangan fotoditektorlarning ishchi parametrlarini yanada orttirish imkoni yaratilgan;
past o‘lchamli elektronli tizimlarga ko‘ra olingan kinetik hodi-salar, shuningdek, tunel o‘tishlarining fizikaviy parametrlarini hisoblash natijalaridan Namangan muhandislik-qurilish institutining «Fizika» kafedrasida 2020-2022 yillarga mo‘ljallangan F2-21 «Yarimo‘tkazgich-dielektrik chegarasidagi sirt holatlar zichligini aniqlashning matematik modellashtirish» mavzusidagi fundamental loyihada foydalanilgan (Namangan muhandislik-qurilish institutining 2022 yil 06 dekabrdagi 32/10-09/1156-son ma’lumotnomasi). Natijada natijalar yarimo‘tkazgichlarning strukturalari asosida tayyorlangan asboblarda kuzatiladigan kinetik hodisalar sohasida olib boriladigan ilmiy tadqiqotlarni, xususan optik qabul qilgichlarning ishchi chastotalar sohasini yanada kengaytirish imkoni yaratilgan.