Sheraliev Axror Sodiqovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): 
“Agroservis sohasini diversifikatsiyalash va rivojlantirishning tashkiliy-iqtisodiy mexanizmlarini takomillashtirish”, 08.00.05 – “Xizmat ko‘rsatish tarmoqlari iqtisodiyoti” va 
08.00.04 – “Qishloq xo‘jaligi iqtisodiyoti” tutash ixtisosliliklari, iqtisodiyot fanlari bo‘yicha.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2017.2.PhD/Iqt101
Ilmiy rahbar: Mirzaev Kulmamat Djanzakovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Samarqand iqtisodiyot va servis instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Samarqand iqtisodiyot va servis instituti, PhD.03/28.02.2022.I.18.01 raqamli Ilmiy kengash asosida bir martalik ilmiy darajalar beruvchi Ilmiy kengash. 
Rasmiy opponentlar: Choriev Qurbon Amirovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor; 
Arabov Nurali Urolovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Toshkent Davlat Agrar universiteti. 
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi raqamli iqtisodiyot sharoitida agroservis sohasini rivojlantirish, xizmat ko‘rsatuvchi subʼektlar faoliyatini diversifikatsiyalashning tashkiliy-iqtisodiy mexanizmlarini takomillashtirish bo‘yicha ilmiy taklif va amaliy tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
uslubiy yondashuvga ko‘ra agroservis sohasini diversifikatsiyalash va innovatsion rivojlantirishda “faoliyatni innovatsion differensiasiyalash”, “xarajatlar bo‘yicha absolyut ustunlikka erishish” va “fokus” strategiyalaridan integratsiya asosida foydalanishning ahamiyati va obektiv zaruriyati ilmiy asoslangan;
agrar sohada xizmat ko‘rsatishga ixtisoslashgan tashkiliy-iqtisodiy tuzilmalarni nisbiy afzallik jihatlarini qiyosiy baholash bo‘yicha uslubiy yondashuv asosida agroservis kooperativining agroservis klasteriga nisbatan afzallik indeksining [IA = 2,5-3,0] miqdoriy chegarasi asoslangan;
qishloq xo‘jaligi kooperativi va agroservis kooperativi tuzilmalarini integratsiyalash asosida  “Qo‘shma (gibrid) qishloq xo‘jaligi kooperativi”ning tashkiliy-tarkibiy tuzilmasini yo‘lga qo‘yish taklifi ishlab chiqilgan; 
Samarqand viloyatida agroservis sohasini modernizatsiyalash va diversifikatsiyalash asosida fermer xo‘jaliklariga ko‘rsatiladigan servis xizmatlar hajmining 2026 yilga qadar prognoz ko‘rsatkichlari ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Agroservis korxonalari raqobatbardoshligi va iqtisodiy samaradorligini oshirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
uslubiy yondashuvga ko‘ra agroservis sohasini diversifikatsiyalash va innovatsion rivojlantirishda “faoliyatni innovatsion differensiasiyalash”, “xarajatlar bo‘yicha absolyut ustunlikka erishish” va “fokus” strategiyalaridan integratsiya asosida foydalanishning ahamiyati va obektiv zaruriyati ilmiy asoslangan nazariy-uslubiy materiallardan oliy o‘quv yurtlari talabalari uchun mo‘ljallangan “Xizmatlar sohasi iqtisodiyoti” nomli o‘quv qo‘llanmani tayyorlashda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2022 yil 22 avgustdagi 284-sonli buyrug‘i hamda Samarqand iqtisodiyot va servis instituti Kengashining 2023 yil 30 maydagi 10-sonli majlis qarori). Mazkur ilmiy yangilikning amaliyotga joriy etilishi natijasida talabalarda agroservis sohasini diversifikatsiyalash va innovatsion rivojlantirishda faoliyatni innovatsion differensiasiyalash, xarajatlar bo‘yicha absolyut ustunlikka erishish va fokus strategiyalaridan integrasiya asosida foydalanish to‘g‘risidagi bilim va ko‘nikmalarni shakllantirish imkoni yaratilgan. 
agrar sohada xizmat ko‘rsatishga ixtisoslashgan tashkiliy-iqtisodiy tuzilmalarni nisbiy afzallik jihatlarini qiyosiy baholash bo‘yicha uslubiy yondashuv asosida agroservis kooperativining agroservis klasteriga nisbatan afzallik indeksining [IA = 2,5-3,0] miqdoriy chegarasi O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi Agrar tadbirkorlikni rivojlantirish boshqarmasi tomonidan qishloq xo‘jaligidagi samarali tashkiliy-iqtisodiy tuzilmalar faoliyatini baholash uslubiyotini takomillashtirishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligining 2023 yil 17 fevraldagi 07/22-05/674-sonli ma’lumotnomasi). Mazkur ilmiy yangilikning amaliyotga joriy etilishi natijasida respublikada agroservis kooperativining agroservis klasteriga nisbatan 2,5-3,0 marta yuqori afzallik indeksi ilmiy asoslanib, sohada samarali rivojlanish taraqqiyotiga yo‘l ochib berish imkoni yaratilgan.
qishloq xo‘jaligi kooperativi va agroservis kooperativi tuzilmalarini integrasiyalash asosida  “Qo‘shma (gibrid) qishloq xo‘jaligi kooperativi”ning tashkiliy-tarkibiy tuzilmasini yo‘lga qo‘yish taklifi O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi Agrar tadbirkorlikni rivojlantirish boshqarmasi tomonidan qishloq xo‘jaligidagi samarali tashkiliy-iqtisodiy tuzilmalar faoliyatini baholash uslubiyotini takomillashtirishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligining 2023 yil 17 fevraldagi 07/22-05/674-sonli ma’lumotnomasi). Mazkur ilmiy yangilikning amaliyotga joriy etilishi natijasida respublikada “Qishloq xo‘jaligi kooperativi” va “Agroservis kooperativi” ta’sischiligida “Qo‘shma (gibrid) qishloq xo‘jaligi kooperativi”ning tashkiliy-tarkibiy tuzilmasi loyihasi va ta’sischilari o‘rtasidagi munosabatlar tizimi ishlab chiqilib, sohani jadal taraqqiy ettirishning yangi imkoniyatlari ochib berilgan.
Samarqand viloyatida agroservis sohasini modernizasiyalash va diversifikatsiyalash asosida fermer xo‘jaliklariga ko‘rsatiladigan servis xizmatlar hajmining 2026 yilga qadar ishlab chiqilgan prognoz ko‘rsatkichlari O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi tomonidan hududlardagi fermer xo‘jaliklariga servis xizmatlar ko‘rsatishni rivojlantirish istiqbol dasturlarini ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligining 2023 yil 17 fevraldagi 07/22-05/674-sonli ma’lumotnomasi). Mazkur ilmiy yangilikning amaliyotga joriy etilishi natijasida respublikada, jumladan Samarqand viloyatida fermer xo‘jaliklariga ko‘rsatiladigan servis xizmatlar hajmining 2026 yilgacha bo‘lgan prognoz parametrlari ishlab chiqilishi natijasida agroxizmatlardan olinadigan daromad 2026 yilga borib 249,2 mlrd. so‘mni tashkil etishi va 2021 yilga nisbatan 30 foiz barqaror o‘sishini aniqlash imkoni yaratilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish