Panjiueva Nodira Normaxmatovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Mintaqa raqobatbardoshligini oshirishda investision faollikni jadallashtirish yo‘nalishlari (Surxondaryo viloyati misolida)”, 08.00.12 – Mintaqaviy iqtisodiyot (iqtisodiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B.......….PhD/Iqt2844.
Ilmiy rahbar: Ruzmetov Baxtiyor, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Termiz davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Urganch davlat universiteti, PhD.03/28.08.2020.I.55.03.
Rasmiy opponentlar: Egamberdiev Farmonqul Tursunqulovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor; Eshimbetov Uktamjon Xudayberganovich, iqtisodiyot fanlari bo‘yicha falsafa doktori, PhD.
Yetakchi tashkilot: Qoraqalpoq davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi mintaqa raqobatbardoshligini oshirishda investision faollikni jadallashtirish yo‘nalishlari bo‘yicha ilmiy taklif va amaliy tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
mintaqada investision faollikni jadallashtirish manbalarini ishlab chiqarish salohiyati boʻyicha yuqori (69,6 foiz), mehnat salohiyati boʻyicha oʻrtacha (62,4 foiz) va tadbirkorlik salohiyati boʻyicha past (44,9 foiz) darajada bogʻliqligini aniqlash asosida investisiya hajmini oshirish yuzasidan yondashuv taklif etilgan;
Surxondaryo viloyatida iqtisodiyot tarmoqlarini rivojlantirishning ustuvor yoʻnalishlari aniqlanib, tarmoq va tarmoqlararo klasterlarni (koʻmir klasteri Sariosiyo, Boysun, Sherobod tumanlarida, turistik klasterlar Termiz shahri, Sherobod, Termiz tumanlarida, tarmoqlararo klasterlar Termiz, Denov, Qiziriq, Shoʻrchi, Jarqoʻrgʻon, Muzrabot tumanlarida, qurilish materiallari klasteri Jarqoʻrgʻon, Sherobod, Sariosiyo, Oltinsoy, Qumqoʻrgʻon, Uzun tumanlarida) shakllantirish ssenariylari ishlab chiqilgan;
mintaqa iqtisodiyot tarmoqlarida raqobatbardoshlik darajasini oshirish kichik sanoat zonalari (Qumqoʻrgʻon, Muzrabot, Shoʻrchi tumanlari), kichik va oʻrta biznes (Termiz shahri, Angor, Denov tumanlari), xizmatlar sohasida ausorsing, turizm, agrologistika markazlarini tashkil qilish asoslangan;
Surxondaryo viloyatida investisiyalarni jalb qilish hamda yalpi hududiy mahsulotni oʻsish darajasi koʻrsatkichlarini 2023-2027-yillarga moʻljallangan prognoz qiymatlari ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Mintaqada raqobatbardoshlikni oshirishda investision faollikni jadallashtirish boʻyicha olingan ilmiy natijalar asosida:
mintaqada investision faollikni jadallashtirish manbalarini ishlab chiqarish salohiyati bo‘yicha yuqori (69,6 foiz), mehnat salohiyati bo‘yicha o‘rtacha (62,4 foiz) va tadbirkorlik salohiyati bo‘yicha past (44,9 foiz) darajada bog‘liqligini aniqlash asosida investisiya hajmini oshirish yuzasidan yondashuv bo‘yicha taklif xalq deputatlari Surxondaryo viloyat Kengashining 2021-yil 15-iyundagi “Viloyatda investisiyalarni jalb qilish va investisiya loyihalari yuzasidan amalga oshirilgan ishlar to‘g‘risida”gi VI-29-7-8-0-K/21-son qarorini ishlab chiqishda foydalanilgan (Surxondaryo viloyat hokimligining 2023-yil 27-fevraldagi 04-04/554-son ma’lumotnomasi). Ushbu taklifning amalga oshishi natijasida viloyatda tadbirkorlik subektlarining investision faolligini jadallashtirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlarni ishlab chiqish hamda ustuvor tamoqlarga jalb qilinadigan investisiya hajmini oshirish imkonini bergan;
Surxondaryo viloyatida iqtisodiyot tarmoqlarini rivojlantirishning ustuvor yo‘nalishlari aniqlanib, tarmoq va tarmoqlararo klasterlarni (ko‘mir klasteri Sariosiyo, Boysun, Sherobod tumanlarida, turistik klasterlar Termiz shahri, Sherobod, Termiz tumanlarida, tarmoqlararo klasterlar Termiz, Denov, Qiziriq, Sho‘rchi, Jarqo‘rg‘on, Muzrabot tumanlarida, qurilish materiallari klasteri Jarqo‘rg‘on, Sherobod, Sariosiyo, Oltinsoy, Qumqo‘rg‘on, Uzun tumanlarida) shakllantirish ssenariylari ishlab chiqish bo‘yicha taklif Surxondaryo viloyati hokimining 2022-yil 31-maydagi “2022-2026-yillarda Surxondaryo viloyati hududlarini kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish va aholi turmush darajasini yanada yaxshilashga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi 341-8-0-Q/22-son qarorini ishlab chiqishda foydalanilgan (Surxondaryo viloyat hokimligining 2023-yil 27-fevraldagi 04-04/554-son maʻlumotnomasi). Buning natijasida viloyatda korxonalar soni 7-10 foizga va yalpi hududiy mahsulot hajmi 3-7 foizga oshishi asoslangan;
mintaqa iqtisodiyot tarmoqlarida raqobatbardoshlik darajasini oshirish kichik sanoat zonalari (Qumqo‘rg‘on, Muzrabot, Sho‘rchi tumanlari), kichik va o‘rta biznes (Termiz shahri, Angor, Denov tumanlari), xizmatlar sohasida ausorsing, turizm, agrologistika markazlarini tashkil qilish bo‘yicha taklif Surxondaryo viloyati hokimining 2021-yil 27-avgustdagi “Ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishda iqtisodiy tadqiqotlar sifati va rolini oshirishning qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi 119-8-0-Q/21-son qarorini ishlab chiqishda foydalanilgan (Surxondaryo viloyat hokimligining 2023-yil 27-fevraldagi 04-04/554-son ma’lumotnomasi). Ushbu taklif natijasida iqtisodiyot tarmoqlarida jami 5,2 mlrd. so‘mlik loyihalarni amalga oshirish imkoni yaratilgan;
Surxondaryo viloyatida investisiyalarni jalb qilish hamda yalpi hududiy mahsulotning o‘sish darajasi ko‘rsatkichlarini 2023-2027-yillarga mo‘ljallangan prognoz qiymatlarini ishlab chiqish bo‘yicha taklif Surxondaryo viloyati hokimining 2022-yil 31-maydagi “2022-2026-yillarda Surxondaryo viloyati hududlarini kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish va aholi turmush darajasini yanada yaxshilashga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi 341-8-0-Q/22-son qarorini ishlab chiqishda foydalanilgan (Surxondaryo viloyat hokimligining 2023-yil 27-fevraldagi 04-04/554-son maʻlumotnomasi). Natijada, 2027-yilda mintaqa iqtisodiyot tarmoqlariga yo‘naltirilgan investisiyalar hajmi 1,4 barobarga va yalpi hududiy mahsulot hajmi 1,4 barobarga oshishi prognoz qilinib, Surxondaryo viloyati iqtisodiyot tarmoqlariga investisiyalarni jalb qilish darajasini oldindan aniqlash va samarali rejalashtirish imkoni yaratilgan.