Juraev Xusan Atamuratovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar. 
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Mahalliy ishbilarmonlik salohiyatidan samarali foydalanish asosida mintaqani kompleks rivojlantirish», 08.00.12 – Mintaqaviy iqtisodiyot (iqtisodiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2020.2.PhD/Iqt1337.
Ilmiy rahbar: Ruzmetov Baxtiyor, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Termiz iqtisodiyot va servis universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Urganch davlat universiteti, PhD.03/28.08.2020.I.55.03.
Rasmiy opponentlar: Kadirov Abdurashid Majidovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor;  Ibodullaev Dilshad Ibragimovich, iqtisodiyot fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD).
Yetakchi tashkilot: Qoraqalpoq davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi Surxondaryo viloyatini ishbilarmonlik muhitini faollashtirish asosida kompleks rivojlantirishga qaratilgan taklif va amaliy tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
mahalliy ishbilarmonlik salohiyatini yuksaltirish manbalarini aniqlash (mahoratli tadbirkor - 68 foiz, salohiyatli tadbirkor -20 foiz) asosida mintaqani kompleks rivojlantirishni tashkiliy-iqtisodiy modeli taklif etilgan;
mintaqada hukumat qarori bilan beshinchi toifaga kiritilgan (Qiziriq, Bandihon, Muzrabod) tumanlarni kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish, tadbirkorlikka qulay shart-sharoitlar yaratish klaster tizimi  ishlab chiqilgan;
mintaqada ishbilarmonlik muhitini faollashtirishda kichik biznesni strategik rivojlantirish hududlari (Oltinsoy, Boysun, Denov, Uzun tumanlari), kovorking markazlari (Termiz va Boysun shaharlari, Sherobod, Boysun tumanlarida), mahallalarni ixtisoslashuvi negizida mikromarkazlar (Angor, Bandihon, Jarqo‘rg‘on, Qumqo‘rg‘on, Sariosiyo, Sho‘rchi tumanlarida) tashkil qilish asoslangan;
mintaqani yalpi hududiy mahsulotini o‘sish darajasi ko‘rsatkichlarini 2023-2027-yillarga mo‘ljallangan prognoz qiymatlari ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Mahalliy ishbilarmonlik salohiyatidan samarali foydalanish  asosida mintaqani kompleks rivojlantirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
mahalliy ishbilarmonlik salohiyatini yuksaltirish manbalarini aniqlash (mahoratli tadbirkor - 68 foiz, salohiyatli tadbirkor -20 foiz) asosida mintaqani kompleks rivojlantirishni tashkiliy-iqtisodiy modeli bo‘yicha taklif xalq deputatlari Surxondaryo viloyati Kengashining 2021-yil 15- iyundagi “Viloyatda investisiyalarni jalb qilish va investisiya loyihalari yuzasidan amalga oshirilgan ishlar to‘g‘risida”gi VI-29-7-8-0-K/21-son qarorini ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Surxondaryo viloyati hokimligining 2023-yil 26-apreldagi   07-07/142- son ma’lumotnomasi). Ushbu taklifning amalga oshishi Surxondaryo viloyatining 2023-yilgi ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish dasturi doirasida 7,8 trln, so‘mlik 512 ta investision loyihalarni ishlab chiqish va amaliyotga joriy etish imkonini bergan;
mintaqada hukumat qarori bilan beshinchi toifaga kiritilgan (Qiziriq, Bandihon, Muzrabod) tumanlarni kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish, tadbirkorlikka qulay shart-sharoitlar yaratish klaster tizimi bo‘yicha taklif Surxondaryo viloyati hokimining 2022-yil 31-maydagi “2022-2026-yillarda Surxondaryo viloyati hududlarini kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish va aholi turmush darajasini yanada yaxshilashga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi 341-8-0-Q/22-son qarorini ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Surxondaryo viloyati hokimligining 2023-yil 26-apreldagi 07-07/142-son ma’lumotnomasi). Natijada, ushbu tumanlarni yuqori toifaga o‘tkazish imkoniyatlari asoslangan va klaster tizimini takomillashtirish imkoniyatini bergan;
mintaqada ishbilarmonlik muhitini faollashtirishda kichik biznesni strategik rivojlantirish hududlari (Oltinsoy, Boysun, Denov, Uzun tumanlari), kovorking markazlari (Termiz va Boysun shaharlari, Sherobod, Boysun tumanlarida), mahallalarni ixtisoslashuvi negizida mikromarkazlar (Angor, Bandihon, Jarqo‘rg‘on, Qumqo‘rg‘on, Sariosiyo, Sho‘rchi tumanlarida) tashkil qilish bo‘yicha taklif Surxondaryo viloyati hokimining 2021-yil 27-avgustdagi “Ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishda iqtisodiy tadqiqotlar sifati va rolini oshirishning qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi 119-8-0-Q/21-son qarorini ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Surxondaryo viloyati hokimligining 2023-yil 26-apreldagi 07-07/142-son ma’lumotnomasi). Ushbu taklif orqali kichik va o‘rta biznesni rivojlantirish bo‘yicha jami 5,2 mlrd. so‘mlik loyihalarni amalga oshirish imkoni yaratilgan;
mintaqani yalpi hududiy mahsulotini o‘sish darajasi ko‘rsatkichlarini 2023-2027-yillarga mo‘ljallangan prognoz qiymatlari Surxondaryo viloyati hokimining 2022-yil 31-maydagi “2022-2026-yillarda Surxondaryo viloyati hududlarini kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish va aholi turmush darajasini yanada yaxshilashga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi 341-8-0-Q/22-son qarorini ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Surxondaryo viloyati hokimligining 2023-yil 26-apreldagi   07-07/142-son ma’lumotnomasi). Natijada, 2026-yilga kelib YaHM hajmi 1,4 barobarga va kichik va o‘rta biznes sub’ektlari soni 2 barobarga oshishi prognoz qilinib, Surxondaryo viloyatini kompleks rivojlantirish darajasini oldindan aniqlash va samarali rejalashtirish imkoni yaratilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish