Axmedova Djamilya Adizovnaning
falsafa doktori (PhD) Dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Badiiy gimnastikada xoreografik tayyorgarlikni takomillashtirish asosida ijro mahoratni oshirish”. Ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): 13.00.04 – Jismoniy tarbiya va sport mashg‘ulotlari nazariyasi va metodikasi (pedagogika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2020.3.PhD/Ped1843.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti, DSc.03/30.12.2019.Ped.28.01. 
Ilmiy rahbar: Xasanova Galina Mamutovna, pedagogika fanlari nomzodi, dotsent.
Rasmiy opponentlar: Umarov Djamshid Xasanovich, pedagogika fanlari doktori (DSc), professor; Xankeldiev Sher Xakimovich, pedagogika fanlari doktori, professor. 
Yetakchi tashkilot: O‘zbekiston milliy universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi yosh gimnastikachilarning maxsus-harakat tayyorgarlik darajasini xoreografiya mashqlari yordamida oshirish va ular asosida yuqori darajadagi ijro mahorat va plastik ifodalilikga ega musobaqa kompozisiyalarni yaratishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi: 
10-12 yoshli badiiy gimnastikachilarning musobaqa oldi tayyorgarlik bosqichining kunlik, mikro, mezotsikllarida trenirovka yuklamasi va tarkibiy qismiga musobaqa kompozisiyalarni ijro etishning artistizm va plastik darajasini oshirishga imkon beradigan yuqori murakkablikdagi xoreografiya mashqlarini kiritish hisobiga tayyorgarlikni yangi tuzilmasi takomillashtirilgan; 
10-12 yoshli gimnastikachilarning ijro mahoratida plastik ifodalilik va artistizmni shakllantirish uchun o‘quv-trenirovka mashg‘ulotining samaradorligini oshirishga imkon beradigan mumtoz, xalq, tarixiy-maishiy, zamonaviy bal raqslari elementlari asosida buyumlar bilan bajariladigan musobaqa kompozisiyalarning murakkab-koordinatsion element hamda birikmalarini o‘z ichiga olgan xoreografiya model va klassik mashg‘ulotlarining model tuzilmasi takomillashtirilgan;
gimnastikachilarning harakat tayyorgarligida yuqori darajadagi omillar bog‘liqligi bo‘yicha mashg‘ulotlarga maxsus tanlangan xoreografik majmualar va bazaviy jismoniy sifatlarni rivojlantirishga qaratilgan mashqlar turkumini kiritish hisobiga zahira sportchilarini tayyorlash imkoniyati kengaytirilgan;
badiiy gimnastikaning dasturiy elementlari va xoreografiya mashqlarini o‘z ichiga olgan musobaqa kompozisiyalarining birikma va bog‘lanishlarni oqilona taqsimlash hisobiga o‘quv guruhidagi gimnastikachilarning bazaviy tayyorgarligi takomillashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Yosh gimnastikachilarning jismoniy va maxsus-harakat tayyorligini xoreografik kompleks mashg‘ulotlar yordamida takomillashtirish bo‘yicha olib borilgan joriy tadqiqotlar va pedagogik tajriba natijalari hamda ularning qiyosiy tahlili asosida:
10-12 yoshli badiiy gimnastikachilarning musobaqa oldi tayyorgarlik bosqichining kunlik, mikro, mezotsikllarida trenirovka yuklamasi va tarkibiy qismiga musobaqa kompozisiyalarni ijro etishning artistizm va  plastik darajasini oshirishga imkon beradigan yuqori murakkablikdagi xoreografiya mashqlar O‘zbekiston Davlat jismonoy tarbiya va sport universiteti talabalari va Respublika ixtisoslashtirilgan olimpiya zaxiralari bolalar va o‘smirlar sport maktabi shug‘ullanuvchilari uchun nazariy va amaliy ma’lumot sifatida qo‘llanilgan (O‘zbekiston Respublikasi jismoniy tarbiya va sport vazirligining 2021 yil 15 fevraldagi 03-07-08-518-son ma’lumotnomasi). Natijada gimnastikachi qizlar o‘rtasida bajarilgan kompozisiyalarning "ishonchlilik" koeffitsienti 42,8%ga oshgan;
badiiy gimnastikaning dasturiy elementlari va xoreografiya mashqlarini o‘z ichiga olgan musobaqa kompozisiyalarining birikma va bog‘lanishlarni oqilona taqsimlash hisobiga o‘quv guruhidagi gimnastikachilarning bazaviy tayyorgarligi takomillashtirish bo‘yicha takliflar Toshkent shahridagi Gimnastika sport turlari bo‘yicha ixtisoslashtirilgan bolalar va o‘smirlar sport maktabining trenirovka jarayonida qo‘llanilgan (O‘zbekiston Respublikasi jismoniy tarbiya va sport vazirligining 2021 yil 15 fevraldagi 03-07-08-518-son ma’lumotnomasi). Natijada bajarilgan musobaqa kompozisiyalar soni va intensivligi (hissasi - 50,1%), maxsus texnik tayyorgarlik (15,7%), harakatlar “maktabi” – maxsus-harakat (xoreografik) tayyorgarlik (14,2%), maxsus jismoniy tayyorgarlik  (12,3%), mikro va mezotsikldagi trenirovka mashg‘ulotlarning vaqt ko‘rsatkichlari (7,7%) yaxshilangan;
10-12 yoshli gimnastikachilarning ijro mahoratida plastik ifodalilik va artistizmni shakllantirish uchun o‘quv-trenirovka mashg‘ulotining samaradorligini oshirishga imkon beradigan mumtoz, xalq, tarixiy-maishiy, zamonaviy bal raqslari elementlari asosida buyumlar bilan bajariladigan musobaqa kompozisiyalarning murakkab-koordinasion element hamda birikmalarini o‘z ichiga olgan xoreografiya model va klassik mashg‘ulotlarining model tuzilmasi “Badiiy gimnastika nazariyasi va uslubiyati” nomli o‘quv qo‘llanma mazmuniga singdirilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2021 yil 1-martdagi 110-son buyrug‘i asosida 110 071-raqamli guvohnoma). Natijada maxsus harakat tayyorligi 10,55% ga oshgan;
gimnastikachilarning harakat tayyorgarligida yuqori darajadagi omillar bog‘liqligi bo‘yicha mashg‘ulotlarga maxsus tanlangan xoreografik majmualar va bazaviy jismoniy sifatlarni rivojlantirishga qaratilgan mashqlar turkumi Toshkent shahridagi Gimnastika turlari bo‘yicha Respublika oliy sport mahorati maktabi hamda Navoiy shahridagi Gimnastika bo‘yicha ixtisoslashtirilgan bolalar va o‘smirlar sport maktabining o‘quv-trenirovka jarayoniga tadbiq etilgan  (O‘zbekiston Respublikasi jismoniy tarbiya va sport vazirligining 2021 yil 15 fevraldagi 03-07-08-518-son ma’lumotnomasi). Natijada harakatlar "maktabi" va sport-texnik mahorati 20,67% ga oshgan.


 

Yangiliklarga obuna bo‘lish