Razuvaeva Irina Yurevnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I.    Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Talabalarning jismoniy tarbiyasini gandbol vositalari yordamida takomillashtirish”, 13.00.04-Jismoniy tarbiya va sport mashg‘ulotlari nazariyasi va metodikasi (pedagogika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2021.2.PhD/Ped2636.
Ilmiy rahbar: Erdonov Orif Latipovich, pedagogika fanlari doktori (DSc), dotsent. 
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti.
Ilmiy kengash faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti, DSc.03/30.12.2019.Ped.28.01.
Rasmiy opponentlar: Allamuratov Shuxratulla, biologiya fanlari doktori, professor; Ismailov Damir Kanganovich, pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent.
Yetakchi tashkilot: Namangan davlat universiteti.
Dissertatsiya yo'nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II.    Tadqiqotning maqsadi gandbol vositalaridan foydalanish asosida jismoniy tarbiya bo‘yicha ta’lim jarayoni samaradorligini takomillashtirishdan iborat.
III.    Tadqiqotning ilmiy yangiligi: 
ta’lim tizimida talabalarning jismoniy tarbiya bo‘yicha o‘quv jarayonini ta’minlashga qaratilgan gandbol sport o‘yinining texnik-taktik harakatlarini bajartirishda yurak ritmini nazorat qilish orqali boshqariladigan texnologik konseptual modelni takomillashtirish hisobiga tezkor axborotlarni multimedia sharoitida qo‘llash uslubiyati kengaytirilgan;
gandbol bilan shug‘ullanuvchi talabalarning o‘yindagi barqarorlik darajasidan kelib chiqib maxsus murakkab koordinasiyali harakatlarni bajarishda (blok ustidan sakragan holatdagi yiqilish fazasida to‘pni uloqtirish) maxsus gandbol o‘yin harakatlarni faol (bir nechta texnik harakatlarni qo‘shib bajartirish) turlarini kombinasiyalash hisobiga texnik tayyorgarligini rivojlantirish imkoniyati kengaytirilgan;
talabalarning jismoniy tarbiya va sport o‘quv jarayonidagi gandbol bo‘yicha o‘tkazilgan amaliy mashg‘ulotlarda organizmning etarli darajada zo‘riqishini hamda ortiqcha toliqishni oldini olishga qaratilgan aerob va anaerob shiddat zonalarini (yurak urish soni bo‘yicha) belgilab berish hisobiga funksional va jismoniy rivojlanish ko‘rsatkichlarini yaxshilash imkoniyati kengaytirilgan;
talabalar uchun gandbol o‘quv-mashg‘ulotlar monotonligini yo'qotish maqsadida mikrotsikllarining turli yo'nalishlarida yuklamalarni o‘zgartirish (tanlov oldidan interaktiv doska va multimedia dasturidan foydalanish) hisobiga katta hajm va shiddatdagi o‘yin elementlar va kombinasiyalarni o‘zlashtirish uslubiyati takomillashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Talabalarning o‘quv jarayonida gandbol vositalaridan foydalanish bo‘yicha oliy ta’lim muassasalari sharoitlarida o‘tkazilgan tajribalar asosida:
ta’lim tizimida talabalarning jismoniy tarbiya bo‘yicha o‘quv jarayonini ta’minlashga qaratilgan gandbol sport o‘yinining texnik-taktik harakatlarini bajartirishda yurak ritmini nazorat qilish orqali boshqariladigan texnologik konseptual modelini takomillashtirish bo‘yicha taklif va tavsiyalar O‘zbekiston Respublikasi gandbol federasiyasi faoliyatida foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi sportni rivojlantirish vazirligining 2022 yil 16 martdagi 03-13/225-son ma’lumotnomasi). Natijada gandbol bo‘yicha musobaqa faoliyati jarayonida taktik harakatlarni bajarish samaradorligini 10-15% ga oshirishga xizmat qilgan;
gandbol bilan shug‘ullanuvchi talabalarning o‘yindagi barqarorlik darajasidan kelib chiqib maxsus murakkab koordinasiyali harakatlarni bajarishda (blok ustidan sakragan holatdagi yiqilish fazasida to‘pni uloqtirish) maxsus gandbol o‘yin harakatlarni faol (bir nechta texnik harakatlarni qo‘shib bajartirish) turlarini kombinasiyalash bo‘yicha takliflar O‘zbekiston Respublikasi gandbol federasiyasi faoliyatida foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi sportni rivojlantirish vazirligining 2022 yil 16 martdagi 03-13/225-son ma’lumotnomasi). Natijada talabalarning funksional holati 9-10% ga va harakat tayyorgarligi 9,4% ga yaxshilangan;
talabalarning jismoniy tarbiya va sport o‘quv jarayonidagi gandbol bo‘yicha o‘tkazilgan amaliy mashg‘ulotlarda organizmning etarli darajada zo‘riqishini hamda ortiqcha toliqishni oldini olishga qaratilgan aerob va anaerob shiddat zonalarini (yurak urish soni bo‘yicha) belgilab berish bo‘yicha amaliy tavsiyalar oliy o‘quv yurti (TDIU) talabarinig o‘quv-mashg‘ulotlariga tadbiq qilingan (O‘zbekiston Respublikasi sportni rivojlantirish vazirligining 2022 yil 16 martdagi 03-13/225-son ma’lumotnomasi). Natijada talabalarning jismoniy tayyorgarligi 8-9% ga yaxshilangan;
talabalar uchun gandbol o‘quv-mashg‘ulotlar monotonligini yo'qotish maqsadida mikrotsikllarining turli yo'nalishlarida yuklamalarni o‘zgartirish (tanlov oldidan interaktiv doska va multimedia dasturidan foydalanish) hisobiga katta hajm va shiddatdagi o‘yin elementlar va kombinasiyalarni o‘zlashtirish uslubiyati «Sportivne igr v sisteme fizicheskogo vospitaniya studentov vsshix obrazovatelnx uchrejdeniy» deb nomlangan o‘quv qo‘llanma mazmuniga sindirilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2021 yil 23 noyabrdagi 500-son bo‘yrug‘iga asosan 500-167-raqamli guvohnoma). Natijada texnik tayyorgarlik bo‘yicha 26 ta test sinovlari ko‘rsatkichlarida natijalar 9-10% ga oshgan.
        


 

Yangiliklarga obuna bo‘lish