Xusanov Dostonjon Rustamjon o‘g‘lining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Yonoq-orbital kompleksi nuqsonlarini jarrohlik yo‘li bilan tiklash», 14.00.21-Stomatologiya (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2021.1.PhD/Tib1727.
Ilmiy rahbar: Shomurodov Qahramon Erkinovich, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat stomatologiya instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Toshkent davlat stomatologiya instituti, DSc04/30.12.2019.Tib.59.01.
Rasmiy opponentlar: Perova Marina Dmitrievna, tibbiyot fanlari doktori, professor (Rossiya Federatsiyasi); Azimov Muxamadjon Ismailovich, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Janubiy Qozog‘iston tibbiyot akademiyasi (Qozog‘iston).
Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: YoOK nuqsonlarini jarrohlik tiklashda rentgenokontrast suyak sementidan tayyorlangan individual implantatlarni qo‘llash hisobiga davolash samaradorligini oshirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
YoOK nuqsonlarida suyak sementidan shakllantirilgan individual implantatlarni MSKT ma’lumotlari asosida kompyuter modellashtirish uslubi ishlab chiqilgan;
YoOK posttravmatik nuqsonlarini jarrohlik yo‘li bilan davolashda 3D texnologiyalar yordamida tayyorlangan nuqsonga mos keluvchi individual impalantatlar orqali davolash usulining samaradorligi ko‘z kosasining MSKT tasvirdagi o‘lchamlari va okulomotrikaning tiklanishi, bemorlar hayot sifatining yaxshilanishi, operatsiya muddatining qisqarishi orqali isbotlangan;
YoOK nuqsonli bemorlarda davolashning operatsiyadan oldingi va keyingi bosqichlarida nur tashhislash usullarining diagnostik samaradorligi ko‘z kosasining operatsiyadan keyingi aksial, frontal, qiya-sagittal tekisliklardagi vertikal, gorizontal o‘lchamlari, ko‘z olmasining yuqori-pastki yo‘nalishdagi siljish (gipoftal`m) va old-orqa yo‘nalishdagi siljishi (enoftal`m) darajalaridagi o‘zgarishlar bilan asoslangan;
YoOK nuqsonli bemorlarda tashhislash, operatsiyadan oldingi rejalashtirish va 3D texnologiyalar bilan asoslangan o‘tkazilgan jarrohlik usulini samaradorligini baholash algoritmi ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Toshkent davlat stomatologiya instituti ekspert kengashining 2023 yil 3 apreldagi 04-r-22-son xulosasiga ko‘ra:
birinchi ilmiy yangilik: yonoq-orbital kompleksi jarohatdan keyingi nuqsonlari mavjud bemorlarni tashhislash va jarrohlik usulida davolashda 3D texnologiya yordamida tayyorlangan individual implantatlarni qo‘llash bu toifadagi bemorlarning diagnostikasini engillashtirishi, nuqsonlarni bartaraf etish maqsadida olib boriladigan jarrohlik aralashuvini maksimal darajada aniq rejalashtirilishi, shuning natijasida davolash samaradorligini oshirishi va ko‘zlangan natijani oldindan ko‘rish imkoniyatini berishi hamda davolashga ketgan vaqtni qisqartirishi bilan izohlanadi. Ilmiy yangilikning amaliyotga joriy qilinishi: Yonoq-orbital kompleksi jarohatdan keyingi nuqsonlari mavjud bemorlarda davolash samaradorligini oshirish va jarrohlik davolash usulini takomillashtirish bo‘yicha olingan natijalar Toshkent shahar 7-son klinik kasalxonasi va Toshkent davlat stomatologiya instituti klinikasi yuz-jag‘ jarrohligi bo‘limlari amaliyotiga joriy etildi (Buyruq №02.09/122, №02.09/123). Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi quyidagilardan iborat: Yonoq-orbital kompleksi jarohatdan keyingi nuqsonlari mavjud bemorlarni tashhislash va davolashda 3D texnologiyalar asosida tayyorlangan individual implantatlarni qo‘llash, nuqsonlarni bartaraf etish maqsadida olib boriladigan jarrohlik aralashuvini yuqori darajada aniq rejalashtirish imkoniyatini berdi. Bu esa davolash samaradorligi oshishi va ko‘zlangan natijani oldindan bashorat qilish imkoniyatini berishi hamda davolashga ketgan vaqtni qisqartirishga imkon beradi. Davolanish muddatini 25% gacha va operatsiya vaqtini 36,7% ga qisqartirish orqali bemorning hayot sifati yaxshilanadi va mehnatga loyiqatsizlik davri qisqaradi. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi quyidagilardan iborat: Yonoq-orbital kompleksi jarohatdan keyingi nuqsonlari mavjud bemorlarni davolashda 3D texnologiyalar asosida tayyorlangan individual implantatlarni qo‘llash bemorlarni tashhislashni va davolanish davrining kisqarishiga hamda ikkilamchi asoratlar kelib chiqishini, buning oqibati qo‘shimcha jarrohlik aralashuvlarining o‘tkazilishini oldini oladi. Tibbiy diagnostika va samarali jarrohlik yo‘li bilan davolash chora-tadbirlarini amalga oshirish iqtisodiy xarajatlar o‘rtasidagi farq tufayli iqtisodiy samara pul ko‘rinishida har bir bemor uchun o‘rtacha 2.531.000 so‘mgacha mablag‘larni iqtisod qilish imkonini beradi. Xulosa: Yonoq-orbital kompleksi jarohatdan keyingi nuqsonlari mavjud bemorlarni davolashda 3D texnologiyalarni qo‘llash bemorlarni tashhislashni va davolanish davrining kisqarishiga hamda ikkilamchi asoratlar kelib chiqishini oldini olish, davolash samaradorligini oshirish imkonini beradi va shu bilan qo‘shimcha jarrohlik aralashuvlarining o‘tkazilishni oldini oladi. Ilmiy yangilikning kengaytirilgan holda foydalanishi: “Yonoq-orbital kompleks nuqsonlarini tiklash uchun 3D implantatlarini tayyorlash usuli” mavzusida ilmiy yangiliklarni boshqa sog‘liqni saqlash muassasalariga joriy etish bo‘yicha Toshkent davlat stomatologiya instituti Muvofiqlashtiruvchi ekspert kengashining 2023 yil 3 apreldagi 04-r-21-son xulosasi taqdim etilgan.
ikinchi ilmiy yangilik: yonoq-orbital kompleksi nuqsonlari mavjud bemorlarni davolashda rentgenkontrast suyak sementidan tayyorlangan individual implantat va MSKT asosida jarrohlik aralashuvi hamda individual kompyuter modellashtirish uslubining ahamiyati, ushbu patologiyali bemorlardagi jarohatdan keyingi nuqsonlarni o‘ta aniqlik bilan tiklanishiga, yuz simmetriyasi hamda funksional va estetik jihatdan o‘tkaziladigan jarrohlik aralashuvidan olinadigan natijaning samaradorligini oshishi bilan izohlanadi. Ilmiy yangilikning amaliyotga joriy qilinishi: Yonoq-orbital kompleksi jarohatdan keyingi nuqsonlari mavjud bemorlarda davolash samaradorligini oshirish va jarrohlik davolash usulini takomillashtirish bo‘yicha olingan natijalar Toshkent shahar 7-son klinik kasalxonasi va Toshkent davlat stomatologiya instituti klinikasi yuz-jag‘ jarrohligi bo‘limlari amaliyotiga joriy etildi (Buyruq №02.09/122, №02.09/123). Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi quyidagilardan iborat: yuzning estetik va funksional jihatdan tiklanishi bemorning ishga loyiqatsizligini kamaytirishi, odamlar bilan ijtimoiy aloqalarning tiklanishi, bemorning ruhiy holatiga ta’siri va bemor yuzidagi nuqson sababli shakllangan komplekslarning bartaraf etilishi orqali ijtimoiy hayotini yaxshilashga yordam beradi. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi quyidagilardan iborat: Yonoq-orbital kompleksi jarohatdan keyingi nuqsonlari mavjud 1 nafar bemor uchun yangi jarroxlik usulining joriy qilinishi hisobiga qayta o‘tkaziladigan jarrohlik amaliyoti darajasini 53% dan 4,1% ga kamaytirish hisobiga 5 300 000 so‘m iqtisod qilinadi (tajribaga ko‘ra 53% bemorlarda qayta jarroxlik opresiyasi amalga oshirildi, individual tayyorlangan implantatlar yordamida yonoq-orbital kompleksi jarohatdan keyingi nuqsonlarini to‘laqonli bartaraf etilishi hisobiga bemorlar hayot sifatini yaxshilash va bemorlarni statsionarda davolanish muddatlarini qisqartirishi xisobiga iqtisodiy samaradorlikka erishildi. Xulosa: Yonoq-orbital kompleksi jarohatdan keyingi nuqsonlari mavjud bemorlarda suyak sementidan shakllantirilgan individual implantatlarni qo‘llash orqali yuzning estetik va funksional jihatdan to‘laqonli tiklanishiga, bemorning ishga loyiqatsizligini kamaytirilishiga, odamlar bilan ijtimoiy aloqalarning tiklanishiga, bemorning ruhiy holatiga ta’siri va bemor yuzidagi nuqson sababli shakllangan komplekslarning bartaraf etilishiga erishiladi. Ilmiy yangilikdan kengaytirilgan holda foydalanishi: “Yonoq-orbital kompleks nuqsonlari va deformatsiyalarini tiklashda 3D implantatlarini qo‘llash usuli” mavzusida ilmiy yangiliklarni boshqa sog‘liqni saqlash muassasalariga joriy etish bo‘yicha Toshkent davlat stomatologiya instituti Muvofiqlashtiruvchi ekspert kengashining 2023 yil 3 apreldagi 04-r-22-son xulosasi taqdim etilgan.
uchinchi ilmiy yangilik: ushbu patologiyali bemorlarda preoperatsion davrda tashhisning aniqligiga va postoperatsion davrda davolash samaradorligini oshishiga hamda davo muddatining qisqarishiga olib keladi. Ilmiy yangilikning amaliyotga joriy qilinishi: Yonoq-orbital kompleksi jarohatdan keyingi nuqsonlari mavjud bemorlarda davolash samaradorligini oshirish va jarrohlik davolash usulini takomillashtirish bo‘yicha olingan natijalar Toshkent shahar 7-son klinik kasalxonasi va Toshkent davlat stomatologiya instituti klinikasi yuz-jag‘ jarrohligi bo‘limlari amaliyotiga joriy etildi (Buyruq №02.09/122, №02.09/123). Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi quyidagilardan iborat: Yonoq-orbital kompleksi jarohatdan keyingi nuqsonlari mavjud bemorlarni jarrohlik davolash bosqichlarini nur tashhislashning zamonaviy usullaridan foydalangan holda rejalashtirish, ko‘z kosasining avvalgi holatini qayta tiklashga, shuning natijasida ko‘z harakatlari va ko‘rish funksiyasining tiklanishiga olib keladi. Bu o‘z navbatida bemorlarning ish qobiliyatini oshishiga jamiyatda o‘z o‘rnini topishiga olib keladi. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi quyidagilardan iborat: davolashning operatsiyadan oldingi va keyingi bosqichlarida nur tashhislash (rentgenografiya, MSKT) usullaridan foydalanish ushbu patologiyali bemorlarda o‘tkaziladigan jarrohlik aralashuvlarini rejalashtirish va davolash natijalarini baholash uchun qulay sharoit yaratib beradi. Shu tufayli, bemorlarning davolash muassasalariga qatnovi 2 barobar kamayadi, iqtisodiy samara pul ko‘rinishida o‘rtacha 1 500 000 so‘mni tashkil etadi. Xulosa: Bemorlarni tashhislash va davolash bosqichlarida nur tashhislashning zamonaviy usullaridan foydalanish ushbu patologiyali bemorlarni tashhislash va davolash natijalarinining samaradorligini baholash imkonini beradi. Ilmiy yangilikdan kengaytirilgan holda foydalanishi: “Yonoq-orbital kompleks nuqsonlarini tiklash uchun 3D implantatlarini tayyorlash usuli” mavzusida ilmiy yangiliklarni boshqa sog‘liqni saqlash muassasalariga joriy etish bo‘yicha Toshkent davlat stomatologiya instituti Muvofiqlashtiruvchi ekspert kengashining 2023 yil 3 apreldagi 04-r-21-son xulosasi taqdim etilgan.
to‘rtinchi ilmiy yangilik: yonoq-orbital kompleksi jarohatdan keyingi nuqsonlari mavjud bemorlarda 3D texnologiyalar qo‘llash orqali davolashning operatsiyadan oldingi va keyingi bosqichlarida tashhislash, operatsiyadan oldingi rejalashtirish va o‘tkazilgan jarrohlik aralashuvining samaradorligini baholash algoritmini qo‘llashning ahamiyati, ushbu patologiyali bemorlarni tashhislash va davolashda qo‘llaniladigan jarrohlik aralashuvi va transplantat yoki implantatning samaradorligini baholash, nuqson turiga qarab kerakli usul va materialni tanlash imkonini beradi. Ilmiy yangilikning amaliyotga joriy qilinishi: Yonoq-orbital kompleksi jarohatdan keyingi nuqsonlari mavjud bemorlarda davolash samaradorligini oshirish va jarrohlik davolash usulini takomillashtirish bo‘yicha olingan natijalar Toshkent shahar 7-son klinik kasalxonasi va Toshkent davlat stomatologiya instituti klinikasi yuz-jag‘ jarrohligi bo‘limlari amaliyotiga joriy etildi (Buyruq №02.09/122, №02.09/123). Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi quyidagilardan iborat: Yonoq-orbital kompleksi jarohatdan keyingi nuqsonlari mavjud bemorlarni tashhislash va davolashda ishlab chiqilgan algoritmning qo‘llanishi, ularga ko‘rsatilayotgan malakali tibbiy yordamdan, xususan amalga oshirilgan jarrohlik aralashuvi natijasining samaradorligidan, keng ma’noda mamlakatimiz sog‘lig‘ni saqlash tizimidan qoniqish hissining paydo bo‘lishiga, bemorning zamonaviy tibbiyotga, tibbiyot xodimlariga bo‘lgan qarashlarini ijobiy tomonga o‘zgartiribgina qolmay, uning jamiyatga to‘laqonli qaytishiga, hayot sifatining yaxshilanishiga yordam beradi. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi quyidagilardan iborat: Yonoq-orbital kompleksi jarohatdan keyingi nuqsonlari mavjud bemorlarni tashhislash va davolash jarayonida tug‘ri tashhis qo‘yish va davolash usuli hamda materialini to‘g‘ri tanlanishi bemorning davolash muassasalariga qatnovlari sonini 2 baravar kamaytiradi va ikkilamchi deformatsiyalarning shakllanishini qisqartirish hisobiga kaytadan jarrohlik amaliyotini amalga oshirishni oldini oladi, iqtisodiy samara pul ko‘rinishida o‘rtacha 5 600 000 so‘mni tashkil etadi. Xulosa: Yonoq-orbital kompleksi jarohatdan keyingi nuqsonlari mavjud bemorlarda 3D texnologiyalar asosida tayyorlangan individual implantatlarni qo‘llash orqali davolashning operatsiyadan oldingi va keyingi bosqichlarida tashhislash, operatsiyadan oldingi rejalashtirish va o‘tkazilgan jarrohlik aralashuvining samaradorligini baholash algoritmini qo‘llash, ushbu patologiyali bemorlarni tashhislash va davolashda qo‘llaniladigan jarrohlik aralashuvi to‘g‘ri tanlash orqali davolash samaradorligini oshirish imkonini beradi. Ilmiy yangilikdan kengaytirilgan holda foydalanishi: “Yonoq-orbital kompleks nuqsonlari va deformatsiyalarini tiklashda 3D implantatlarini qo‘llash usuli” mavzusida ilmiy yangiliklarni boshqa sog‘liqni saqlash muassasalariga joriy etish bo‘yicha Toshkent davlat stomatologiya instituti Muvofiqlashtiruvchi ekspert kengashining 2023 yil 3 apreldagi 04-r-22-son xulosasi taqdim etilgan.