G‘ulomov Abdullo Nurillo o‘g‘lining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan tarmog‘i nomi): «Mahmud Lomishiyning kalom ilmiga oid merosi va uning bugungi kundagi ahamiyati», 24.00.03 – Fiqh, kalom ilmi. Ilohiyot (islomshunoslik fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2020.2.PhD/Isl41.
Ilmiy rahbar: Oqilov Saidmuxtor Saydakbarovich, tarix fanlari doktori, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasalar nomi: O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi, DSc.35/30.12.2019.Isl/Tar/F.57.01.
Rasmiy opponentlar: Ziyodov Shovosil Yunusovich, tarix fanlari doktori, dotsent; Primov Soatmurot Uralovich islomshunoslik fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD).
Yetakchi tashkilot: O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Sharqshunoslik instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: Mahmud Lomishiyning kalom ilmiga oid merosi va uning bugungi kundagi ahamiyatini ochib berishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
Lomishiy tavfiq (توفيق) va hidoyat (هداية)ning ilohiyligi e’tiboridan imonning maxluq emasligi to‘g‘risidagi Buxoro mutakallimlari qarashlaridan farqli o‘laroq insonning amali hisoblangan hamda imonning mohiyatini tashkil etgan iqror (إقرار) va tasdiq (تصديق) nuqtai nazaridan imonning maxluq ekanligi borasidagi Samarqand olimlari qarashlarini qo‘llab-quvvatlagani aniqlangan;
olim oyat va hadislarda xamr, mut’a nikohi, meros taqsimoti, qiblaning o‘zgarishi borasida nasx (نسخ – bekor qilish) hukmi kelgani, imon esa o‘zgarmas, yaxlit narsa bo‘lib, nasxni qabul qilmasligi sababli amallar imon tarkibiga kirmasligini ta’kidlab, xorijiya va mo‘taziliya oqimlariga raddiya bergani dalillangan;
alloma mo‘tazilalarning “aslah” (أصلح – Allohning banda uchun eng manfaatli ishni qilishga majburligi) tamoyiliga raddiya bildirib, Alloh taolo ular iddao qilgandek bandalari uchun zimmasidagi vojib ishni qilishining noto‘g‘riligini Uning “Muhsin” (محسن) – ehson qiluvchi, “Mufzil” (مفضل) – fazl ko‘rsatuvchi, “Mun’im” (منعم) – ne’mat beruvchi ism-sifatlari misolida isbotlagani ochib berilgan;
Lomishiy “at-Tamhid” asarida “sanaviya” (dualist)lardan bo‘lgan “monaviya” (مانوية) va “daysoniya” (ديصانية) firqasidan farqli ravishda “marqiyuniya” (مرقيونية) toifasi olamni yaratuvchi nur va zulmatdan tashqari uchinchi aslning mavjudligi borasidagi da’volarini yoritib bergani isbotlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Mahmud Lomishiyning kalom ilmiga oid merosi, xususan, “at-Tamhid” asarining bugungi ahamiyati bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
Lomishiy tavfiq (توفيق) va hidoyat (هداية)ning ilohiyligi e’tiboridan imonning maxluq emasligi to‘g‘risidagi Buxoro mutakallimlari qarashlaridan farqli o‘laroq insonning amali hisoblangan iqror (إقرار) va tasdiq (تصديق) nuqtai nazaridan imonning maxluq ekanligi borasidagi Samarqand olimlari qarashlarini qo‘llab-quvvatlagani to‘g‘risidagi ilmiy xulosalar buyurtma asosida nashr etilgan “Mahmud ibn Zayd Lomishiy va uning “at-Tamhid” asari” nomli monografiya mazmuniga singdirilgan (O‘zbekiston Respublikasi Din ishlari bo‘yicha qo‘mitasining 2023-yil 9-iyundagi 02-02-1/4624-son ma’lumotnomasi). Natijada, ushbu kitobda taqdim qilingan ma’lumotlar fuqarolar, xususan, yoshlarni zamonaviy oqimlarning yot g‘oyalari ta’siridan muhofaza qilishga xizmat qilgan;
alloma mo‘tazilalarning “aslah” (أصلح – Allohning banda uchun eng manfaatli ishni qilishga majburligi) tamoyiliga raddiya bildirib, Alloh taolo ular iddao qilgandek bandalari uchun zimmasidagi vojib ishni qilishining noto‘g‘riligini Uning “Muhsin” (محسن) – ehson qiluvchi, “Mufzil” (مفضل) – fazl ko‘rsatuvchi, “Mun’im” (منعم) – ne’mat beruvchi ism-sifatlari misolida isbotlagani to‘g‘risidagi ilmiy xulosalardan O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi huzuridagi Malaka oshirish markazi tomonidan nashr etilgan “Yot g‘oyalarga qarshi immunitetni mustahkamlash asoslari” nomli o‘quv qo‘llanma mazmuniga singdirilgan (O‘zbekiston musulmonlari idorasining 2023-yil 21-iyundagi 1829-son ma’lumotnomasi). Natijada, diniy soha xodimlarining aqidaviy masalalardagi ixtiloflarga raddiya berish borasidagi nazariy bilimlari mustahkamlanishiga xizmat qilgan;
olim oyat va hadislarda xamr, mut’a nikohi, meros taqsimoti, qiblaning o‘zgarishi borasida nasx (نسخ – bekor qilish) hukmi kelgani, imon esa o‘zgarmas, yaxlit narsa bo‘lib, nasxni qabul qilmasligi sababli amallar imon tarkibiga kirmasligini ta’kidlab xorijiya va mo‘taziliya oqimlariga raddiya bergani to‘g‘risidagi ilmiy xulosalardan buyurtma asosida chop etilgan “Movarounnahrda Moturidiya kalom ilmi maktabi” nomli kitob mazmuniga singdirilgan (O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazining 2023-yil 16-iyundagi 02/291-son ma’lumotnomasi). Natijada, ushbu ma’lumotlar oliy ta’lim muassasalarida tahsil olayotgan yoshlar orasida jaholat va ilmsizlik g‘oyalariga berilishning oldini olish hamda milliy-diniy qadriyatlarga hurmat bilan yondashishga xizmat qilgan;
allomaning “at-Tamhid li qavoid at-tavhid” asari tavsifi, asarning bugungi kundagi ahamiyati sifatida uning biror manbaga sharh emas, aksincha mustaqil matn ekani, kalom ilmiga oid manba sifatida Movarounnahr hamda moturidiya ta’limoti keng tarqalgan hududlarda yuksak e’tirof etilgani, tili sodda, bayoni oson, hajmi muxtasar bo‘lgani bois XII asrdan to bugungi kungacha madrasalarda kalom fani bo‘yicha muhim qo‘llanma vazifasini bajarib kelayotgani to‘g‘risidagi ilmiy xulosalardan buyurtma asosida “O‘zbekiston tarixi” telekanalining “Taqdimot” hamda “Buyuk yurt allomalari” turkum ko‘rsatuvi ssenariylarini tayyorlashda foydalanilgan (O‘zbekiston milliy teleradiokompaniyasining 2023-yil 19-maydagi 02-31-788-son ma’lumotnomasi). Natijada, fuqarolarning ajdodlar ilmiy merosiga doir yangi ilmiy ma’lumotlar bilan tanishishi, tarixiy bilimlarining oshishi va ularda milliy g‘urur tuyg‘usining mustahkamlanishiga asos bo‘lgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish