Qurbonov Alijon Sarabek o‘g‘lining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar:
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Binolarning er osti qismidan yo‘qoladigan issiqlikni kamaytirish hisobiga energiya samaradorligini oshirish”, 05.09.01- “Qurilish konstruksiyalari, bino va inshootlar”.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.4.PhD/T1870.
Ilmiy rahbar: Tulakov Elmurad Salamovich, texnika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: “Mirzo Ulug‘bek nomidagi Samarqand davlat arxitektura-qurilish instituti”.
Samarqand davlat arxitektura-qurilish universiteti. PhD 26/26.01.2023.T.109.02
Rasmiy opponentlar: texnika fanlari doktori, professor Zulpuev Abdivap Momunovich hamda texnika fanlari nomzodi, dotsent Pirmatov Rahmatullo Hamidulloevich.
Yetakchi tashkilot: Namangan muhandislik-qurilish instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy va nazariy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi er osti to‘siq konstruksiyalariga issiqlik izolyasiya qatlamini o‘rnatish hisobiga, to‘siq konstruksiyalarning issiqlik uzatishga qarshiligini oshirish va unda kondensat paydo bo‘lish ehtimolini yo‘qotish, erto‘lada joylashgan xonalarning shinamlilik darajasini oshirish hamda bu echimning binolar energiya samaradorligiga va ekspluatatsion xususiyatlariga ta’sirini ilmiy asoslab berishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
tashqi to‘siq konstruksiyalarda issiqlik-namlik uzatilishining nazariyasiga asosan, erto‘la tashqi devorlarida kondensatsion namlikni paydo bo‘lishi va issiqlikni intensiv yo‘qolishi, tashqi muhitga, haroratga, namlikka va issiqlik izolyasiya qatlamiga hamda uning qalinligiga bog‘liqligi nazariy jihatdan isbotlangan;
issiqlik uzatishga qarshilikning talab etilgan qiymatini ta’minlash shartidan kelib chiqqan holda, erto‘la tashqi devorining er sathidan pastda joylashgan qismi uchun issiqlik izolyasiya qatlamining qalinligini hisoblashning takomillashtirilgan ifodasi ishlab chiqilgan;
issiqlik izolyasiya qatlami erto‘la devorining tashqi tomonidan qo‘yilganda, suv bug‘i diffuziyasi, issiqlik oqimining miqdori, tashqi sirt harorati, tashqi muhit namligi ta’sirining o‘zgartirilishi hisobiga devor tanasida kondensatsion namlikning paydo bo‘lmasligiga erishilgan;
issiqlik izolyasiya plitalarini erto‘la tashqi devorining ichki tomonidan ham tashqi tomonidan ham o‘rnatilganda, ichki havo harorati va tashqi to‘siq konstruksiya ichki sirtining orasidagi farq me’yoriy farqdan katta bo‘lmasligi asoslangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi: Binolarning er osti qismidan yo‘qoladigan issiqlikni kamaytirish hisobiga, energiya samaradorligini oshirish bo‘yicha olingan natijalar asosida:
erto‘la devorlarida ichki va tashqi tomondan issiqlik izolyasiya qatlam hosil qilish usuli “Qishloqquriliishloyiha” MChJ, “Agromir Buildings” MChJ hamda “ParvizProektServis” MChJlarda joriy qilingan (O‘zbekiston Respublikasi Qurilish va uy -joy kommunal xo‘jaligi vazirligining 2023 yil 19 apreldagi №08-06/3502-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, erto‘la devorlarining 1 m2 yuzasidan yo‘qotiladigan issiqlik miqdorini 12 barobargacha kamaytirishga va taklif etilgan analitik usul yordamida issiqlik izolyasiya materialining qalinligini hisoblash orqali material sarfini (issiqlik izolyasiyani) 40% gacha tejalishiga erishilgan.