Bolikulov Farxod Olimovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Bodringni (Cucumis sativus L.) ochiq maydonlarda simbag‘az usulida etishtirish texnologiyasini takomilashtirish”, 06.01.06 - Sabzavotchilik (Qishloq xo‘jaligi fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.2.PhD/Qx376
Ilmiy rahbar: Yunusov Salohiddin Adxamovich qishloq xo‘jalik fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat agrar universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent davlat agrar universiteti, DSc.05/29.04.2022.Qx.13.04
Rasmiy opponentlar: Sanaev Sobir Toirovich, qishloq xo‘jalik fanlari doktori, professor; Xodjimuratov Furqat Abdikarimovich, qishloq xo‘jalik fanlari nomzodi.
Yetakchi tashkilot: Andijon qishloq xo‘jaligi va agrotexnologiyalar instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi bodringni ochiq maydonlarda tik simbag‘az usulda etishtirish texnologiyasini takomillashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ilk bor bodringni tik simbag‘azda etishtirishga mos Sevinch navi yaratilgan va unga Intellektual mulk agentligidan patent (NAP 00270) olingan;
bodringni tik simbag‘azda etishtirishga mos istiqbolli 4 ta - Fantina, Superina, Beyt-Alfa duragaylari va Sevinch navi ajratilgan;
bodringni tik simbag‘azda etishtirishda Fantina va Superina duragaylariga Ifo Seed preparatini 2 gr/l qo‘llash me’yori (91,9-92,0 t/ga yoki nazoratga nisbatan 44 % yuqoriligi) samaradorligi aniqlangan;
bodringni tik simbag‘azda ko‘chatidan ekib etishtirishda 15 kunlik ko‘chatlarni asosiy muddatda ekish hosildorlikni 19,0 t/ga, takroriy muddatda esa 23,9 t/ga oshirganligi isbotlangan;
bodringni tik simbag‘azda etishtirishda maqbul ( ) ekish sxemasi yuqori (65,2 t/ga, 176 mln. 475 ming so‘m/ga) samaradorlikka erishganligi aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Bodringni (Cucumis sativus L.) ochiq maydonlarda simbag‘az usulida etishtirish texnologiyasini takomilashtirish bo‘yicha olib borilgan ilmiy-tadqiqot natijalari asosida:
ochiq maydonlarda bodringni simbag‘az usulida ko‘chatlaridan etishtirish ishlanmasi Andijon viioyati Asaka tuman “SAMARAGROZOOVETSERVIS” MChJ ning xo‘jalik maydonida 0,50 ga ochiq maydonga joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligining 2022 yil 13 apreldagi №07/33-04/2244-sonli ma’lumotnomasi). Buning natijasida 1 ga maydondan o‘rtacha  84,9 t/ga hosil etishtirishga erishilgan. Ya’ni  bodringni urug‘idan etishtirishga taqqoslanganda 39 % yuqori samaradorlikka erishilgan;
ochiq maydonlarda bodringni ko‘chatlaridan tik simbag‘az usulida  etishtirish ishlanmasi Andijon viloyati Oltinko‘l tumani “GREEN VALLEY SEEDS” xususiy korxona xo‘jaligida 0,60 ga ochiq maydonda joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligining 2022 yil 13 apreldagi №07/33-04/2244-sonli ma’lumotnomasi). Buning natijasida 1 ga maydondan o‘rtacha 93,2 t/ga hosil etishtirishga erishilgan. Ya’ni bodringni urug‘idan etishtirishga taqqoslanganda 26 % yuqori samaradorlikka erishilgan;
ochiq maydonlarda bodringni ko‘chatlaridan tik simbag‘az usulida  etishtirish ishlanmasi Toshkent viloyati Yuqori chirchiq tumani “Qishloq xo‘jaligida bilim va innovatsiyalar milliy markazi” ning xo‘jalik maydoniga 0,20 ga ochiq maydonga joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligining 2022 yil 13 apreldagi №07/33-04/2244-sonli ma’lumotnomasi). Buning natijasida 1 ga maydondan o‘rtacha 83,3 t/ga hosil etishtirishga erishilgan. Ya’ni bodringni urug‘idan etishtirishga taqqoslanganda 36 % yuqori samaradorlikka erishilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish