Faxrutdinov Muxamadaziz Zaynidinovichning
dissertatsiya himoyasisiz seleksiya yutug‘i (ixtiro patenti) asosida fan
doktori (DSc) ilmiy darajasini berish bo‘yicha e’lon matni
I. Umumiy ma’lumotlar. Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Sitrus (limon, mandarin, greypfrut) o‘simliklarning tezpishar, sanoatbop seleksion navlarini yaratish”, 06.01.05–Seleksiya va urug‘chilik (qishloq xo‘jaligi fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.4.DSc/Qx230.
Ilmiy maslahatchi: Jo‘raev Sirojiddin Turdiqulovich, biologiya fanlari doktori, professor.
Ilmiy-tadqiqot ishi bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat agrar universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent Davlat agrar universiteti, DSc.05/04.03.2022.Qx.13.01.
O‘zbekiston Respublikasi Intellektual mulk agentligining ixtiroga patenti: limonning “Turon” (NAP 00368) va “ZM-San’at” (NAP 00369) navlari, mandarinning “Yangi O‘zbekiston mandarini” (NAP 00367) navi, greypfrut pomeloning “ZF Yubileyniy” (NAP 00366) va Renessans III (NAP 00379) navlari. O‘zbekiston Respublikasi Intellektual mulk agentligining 2021 yil 9 noyabrdagi 20210047, 20210048, 20210050, 20210051 –son va 2022 yil 19 yanvardagi 20210055 -son xulosalari.
II. Tadqiqotning maqsadi: Sitrus o‘simligi seleksiyasida bir oilaga mansub navlar va navlararo chatishtirish usullarini qo‘llash orqali sovuqqa va kasalliklarga bardoshli tezpishar, yuqori hosilli, asosiy hosilini sentyabr-oktyabr oylari muddatida beradigan navlarini yaratish va ishlab chiqarishga joriy etishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ilk marotaba sitrus mevali limon, apelsin, mandarin va greypfrut o‘simliklarining bir oilaga mansub bo‘lgan yangi navlarini navlararo payvandlash va chatishtirish usullari orqali tezpisharlikni 270 kundan 210 kunga qisqarishi, sitrus mevali o‘simliklar bo‘yining balandligi 5-10 metrdan 275 sm pakana o‘suvchi holatga kelishi, hosildorlikni har bir tupidan 30-40 kilogramm o‘rniga 60-100 kilogrammgacha etishi hisobiga yangi serhosil seleksion navlar va tizmalar yaratilgan;
sitrus mevali o‘simliklardan pakana o‘suvchi limonning Turon va ZM-San’at, greypfrutning ZM Yubileyniy va Renesanss III, mandarinning Yangi O‘zbekiston kabi navlarda tezpisharlik, yuqori hosildorlik, kasallik va zararkunandalarga bardoshlilik xususiyatlarining mavjudligi aniqlangan;
sitrus mevali limon, apelsin, mandarin va greypfrut o‘simliklarining yangi yaratilgan navlarini Toshkent, Samarqand va Surxondaryo viloyatlarining tuproq-iqlim sharoitlarida issiqxonada etishtirishga mosligi, hosili iste’molbop va eksportbop talablariga to‘liq javob berishi bilan boshqa nazorat navlaridan ustunligi tasdiqlangan;
mandarinning “Yangi O‘zbekiston mandarini” navi, greypfruktni pomelo ZF Yubileyniy” va greypfrut pomelo Renessans III navlari, limoni Turon va ZM-San’at navlari yaratilib, O‘zbekiston Respublikasi Intellektual mulk agentligining seleksiya yutug‘iga patentlar olingan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Bir oilaga mansub sitrus mevali o‘simliklar navlarini turli usullarda payvandlash, chatishtirish orqali yangi yaratilgan navlarni samaradorligini aniqlash bo‘yicha olib borilgan tadqiqot natijalari asosida:
yangi yaratilgan sitrus mevali o‘simliklardan tezpishar, serhosil, kasalliklarga bardoshli mandarining Yangi O‘zbekiston mandarini navi, greypfrukt pomeloning ZF Yubileyniy va Renessans III navlari, limonning Turon va ZM-San’at navlari Toshkent, Samarqand va Surxandaryo viloyatlari sharoitlarida issiqxonalarda ekilib, navdorligi yuqori bo‘lgan ko‘chatlari vegetativ usulda qalamchalardan ko‘paytirilgan (O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligining 2023 yil 26 yanvardagi №07/23-06/85-son ma’lumotnomasi). Natijada, yangi yaratilgan sitrus mevali o‘simliklar navlaridan seleksion izlanishlarda foydalanish hisobiga yangi donorlar yaratish uchun o‘tkaziladigan tadqiqotlarda keng miqyosda foydalanish imkonini bergan.
Samarqand viloyatining Paxtachi tumanida limonning Turon va ZM-San’at gi navlari ko‘chatlari 0,04 ga, mandarinning Yangi O‘zbekiston mandarini navi ko‘chatlari 0,02 ga va greypfrukt pomeloning ZF Yubileyniy va Renessans III navlari ko‘chatlari 0,04 ga maydonga joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligining 2023 yil 26 yanvardagi №07/23-06/85-son ma’lumotnomasi). Natijada, o‘rtacha 1 tup o‘simlikdan 40-45 kg gacha hosil etishtirilgan. Jami, 100 tup sitrus mevali o‘simliklardan 4200 kg mahsulot etishtirib, o‘rtacha 63 mln so‘m daromad olishga erishilgan.
O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi Intellektual Mulk Agentligidan limonning Turon naviga 24.08.2021 yilda (№NAP 00368), ZM-San’at naviga 24.08.2021 yilda (№ NAP 00369), mandarinning YaNGI O‘ZBEKISTON MANDARINI naviga 23.08.2021 yilda (№NAP 00367), greypfruktni pomeloning ZF Yubileyniy naviga 23.08.2021 yilda (№NAP 00366) va Renessans III naviga 08.10.2021 yilda (№NAP 00379) patentlar olingan.